Qulaylik

Sirdaryo viloyat Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligini saqlash boshqarmasi uning tuman va shahar bo'limlari yangi turdagi laboratoriya jihozlari, maxsus avtotransport vositalari bilan ta'minlandi. Natijada   yuqumli bo'lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash, xavfli hududlarda esa sanitariya targ'ibot tadbirlarni o'tkazish imkonini bermoqda.

Ammo ko'p yillar mobaynida e'tibordan chetda qolib ketgan mazkur muassasaning tuman va shahar bo'limlari   joylashgan binolar qiyofasi ko'rimsiz va abgor bir ahvolga kelib, soha   xodimlari ishlashi uchun qiyinchi­liklarni tug'dirib kelayotgan edi.

Sirdaryo viloyat SEO va JS bosh­qarmasi, uning tuman va shahar bo'limlariga qarashli bino va inshootlar qiyofasi investitsiya mablag'lari hisobiga ko'rkam va zamonaviy ko'rinishga keltirildi. Kuni kecha mazkur markazning Xovos tuman bo'limi xodimlari shu dasturga asosan yangi ikki qavatli binoga ega bo'lishdi.

Bino qurilishiga salkam 4,2 mlrd. so'm mablag' sarflangan. Viloyatdagi pud­ratchi tashkilot “Yangier ta'mir servis qurilish” mas'uliyati cheklangan ja­miyati bunyodkorlari qisqa fursatlarda bu yumushni ado etishdi.

Yangi binoning birinchi qavatida laboratoriya kompleksi, ikkinchi qavatda esa sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligini saqlash bo'limi ma'muriyati hamda shifokorlar joylashadi.

Bundan tashqari, bino yonida vaksinalar saqlash omborxonasi ham bunyod etildi. Shuningdek, bu yerga COVID-19 ni tezkor aniqlash uchun 700 million so'mlik PSR laboratoriya uskunasi o'rnatildi. Bu esa tuman aholisiga ajoyib qulaylik bo'lib, odamlarning vaqtini va xarajatlarini tejash imkonini beradi.

G'ulom PRIMOV

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

3 × 3 =