Yangi yilga sport bilan!

Jurnalistlar va axborot xizmati vakillari bellashdilar

 

Ommaviy axborot vositalari xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, ularni jismoniy faollikka chaqirish va salomatligini mustahkamlash maqsadida Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamkorligida poytaxtimizdagi O'zbekiston badminton federatsiyasiga qarashli Badminton markazida Ommaviy axborot vositalari hamda matbuot xizmati vakillari ishtirokida badminton musobaqasi bo'lib o'tdi.

Yangi yil arafasida tashkillashtirilgan mazkur musobaqaga Bosh vazir o'rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O'sarov o'rtasida kechgan ramziy o'yin bilan start berildi.

Televidenie, radio, gazeta, axborot agentligi, internet jurnalistikasi, turli korxona-tashkilotlarning matbuot xizmati vakillarining 70 nafarga yaqini “Yangi yilga sport bilan!” shiori ostida tashkil etilgan ushbu musobaqada o'zlarining chap­dastlik va chaqqonliklarini, bir so'z bilan aytganda jismoniy salohiyatlarini sinovdan o'tkazishdi.

– Jurnalistlar o'rtasidagi bu galgi bahslarning oldingilardan farqli jihati, unda ishtirokchilar yosh toifasi bo'yicha bellashishdi. Ya'ni 40 yoshgacha bo'lgan va undan katta yoshlilar. Bu esa musobaqaning har jihatdan adolatli va shaffof o'tishini ta'minladi, – deydi Turizm va sport vazirligi bo'lim boshlig'i Zarina Abdullayeva.

O'zaro qizg'in va murosasiz bellashuv natijalariga ko'ra quyidagi ishtirokchilar mutloq g'olib­likni qo'lga kiritdilar:

40 yoshgacha bo'lgan ayollar yakkalik bellashuvida:

  1. Malika Ermatova – “Sport” telekanali
  2. L.Zakirova – “Sport” telekanali
  3. Sh.Tolibjonova – “Sport” telekanali

40 yoshdan baland yoshli ayollar yakkalik bellashuvida:

  1. H.Mannapova – “Sport” telekanali
  2. D.Ikromova – “Sport” telekanali
  3. D.Umarova – “Sport” telekanali

40 yoshgacha bo'lgan erkaklar yakkalik bellashuvida:

  1. S.Niyozov – “Yoshlar” telekanali
  2. S.Rasulov – “Sport” telekanali
  3. S.Ergashev – “Sport” telekanali

40 yoshdan baland yoshli erkaklar yakkalik bellashuvida:

  1. B.Maqsudov – “Sport” telekanali
  2. D.Nazarov – “Sport” telekanali
  3. O.Eshmamatov – Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati.

Mikst (aralash juftlik)

  1. A.Murodjonov — Respublika teleradiomarkazi, M.Ermatova — “Sport” telekanali,
  2. S.Rasulov, D.Umarova — “Sport” telekanali,
  3. S.Niyozov — “Yoshlar” telekanali, Sh.Tolibjonova — “Sport” telekanali.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar medal, diplom hamda sport anjomlari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, turizm va sport vazirining Yangi yil sovg'asi – “Tibet” dam olish mas­kaniga vaucherlar taqdim etildi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o'rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov kelgusida ham ijod ahlini sport bilan shug'ullanib turishga da'vat etib, bu borada salomatlik uchun eng foydali sport turlaridan biri badminton ekanligini ta'kidladi.

O'z muxbirimiz.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

8 − eight =