Yodgorliklarni asrash – burchimiz
O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Namangan viloyati bo'limi, viloyat Madaniy meros boshqarmasi hamkorligida “Me'moriy va arxeologiya yodgorliklarini asrash — burch” mavzusida tadbir o'tkazildi.
Namangan shahridagi “O'n bir Ahmad” ziyoratgohida tashkil etilgan tadbirda OAV xodimlari, Namangan davlat universiteti o'qituvchi va talabalari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi mas'ullari ishtirok etishdi.
Manbashunos olim Ahmad Ubaydulloh, tarix fanlar nomzodi Tohirjon Qozoqov, Uyushma viloyat bo'limi raisi Nosirjon Dehqonov va viloyat Madaniy meros boshqarmasi bosh mutaxassisi Latifa Ahmadaliyevaning mavzu yuzasidan ma'ruzalarida viloyat hududidagi arxeologiya yodgorliklari va ularda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Universitet o'qituvchi va talabalari tomonidan arxeologiya yodgorliklarining matbuotda yoritilishi yuzasidan takliflar bildirildi.
Soha bo'yicha targ'ibot ishlarida faol qatnashayotgan OAV vakillariga viloyat hokimligi va Uyushma viloyat bo'limining faxriy yorliq hamda tashakkurnomalari topshirildi.
O'zbekiston Jurnalistlar
uyushmasi Axborot xizmati