Publitsist bilan yoshlar uchrashuvi

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo'limi tomonidan Karmana tumanidagi 20-sonli umumta'lim maktabida publitsist, shoir, tibbiyot fanlari nomzodi Ibrohim Hoshimovning ijodkor yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Nasr va nazmda ko'plab kitoblar muallifi bo'lgan Ibrohim Hoshimov bugun viloyat matbuotida, adabiy muhitida o'z   so'ziga, yo'nalishiga ega ijodkorlardan biri sanaladi. Yaqinda “O'zbek diyori” kitobi nashrdan chiqdi. Shu munosabat bilan uchrashuvlar, ijodiy kechalar tashkil etilmoqda.

Uchrashuvda tibbiyot sohasidagi samarali mehnati bilan xalqimiz hurmatini qozongan I.Hoshimovning adabiyotga kirib kelishi, shoir va publitsist sifatida e'tirof etilishi, ijodiy faoliyati xususida so'z yuritildi. Yoshlar o'zlarining matbuot, adabiyot, she'riyat yo'nalishida qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldi.

Tadbir yakunida Ibrohim Hoshimov yangi kitobini maktab kutubxonasiga tuhfa etdi.

O'zbekiston Jurnalistlar

uyushmasi Axborot xizmati

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five + 12 =