YAXŞIDUR AÇÇIQ HAQIQAT
1.
Uç öqituvçi jurnalistika kasbini egallaş orzusida bölgan yoşlardan ijodiy imtihon olgani viloyatga bordik. Imtihonga kirgan bir yuz qirqdan ziyod abituriyentlarning töqson foizga yaqini qizlar. Mavzular oson bölişiga qaramay, yozma işlarning “aʼlo” va “yaxşi” baholangani barmoq bilan sanarli çiqdi. Qolganlarida na mustaqil fikr, na badiiy muşohada, na qiyosiy tahlil, na mazmun va na jurnalistik tafakkur bor. Mavzu mohiyatini oçib beriş uçun tuzilgan savollarning biri boğdan, biri toğdan. Gaplar mujmal. Xatolar yetarli. Xullas, yoziş şartligi uçun yozilgan. Sababi oğzaki imtihonda aniq-tiniq maʼlum böldi.
Birinçidan, universitetda jurnalistika yönalişi yangi oçilganini eşitib, aksar yoşlar “Xudo xohlasa, kirib ketarmiz” degan umid bilan hujjat topşirgan.
Ikkinçidan, suhbatdan maʼlum böldiki, bu yoşlarda “men jurnalist bölmoqçiman” degan azmu-qaror u yoqda tursin, hatto soha haqidagi tasavvurlari ham haminqadar.
Röparamda ötirgan buğdoyrang, közlari kulib turgan qizdan söradim:
— Demak, jurnalist bölmoqçisiz?
— Ha!
— Bu orzumi yoki maqsad?
— Hozirça orzu.
— Matbuotda qatnaşib turasizmi?
Suhbatdoşim “yöq” degan maʼnoda boşini sarak-sarak qildi.
— Bironta xabar yo maqola yozganmisiz?
— Öqişga kirsam, keyin harakat qilaman.
— Özbek yozuvçilaridan kimlarning asarlarini öqib turasiz?
Qiz öylandi. Öqigan asarlarini yodiga tuşirmoq uçun şiftga tikildi. Eslay olmadi. Uyaldimi, boşini egdi.
— Ona tili va adabiyot fanidan neça baho bilan öqigansiz?
— “4” bilan.
— “Anor”, “Bemor”, “Öğri”, “Adabiyot muallimi”, “Boşsiz odam”, “Öjar”, “Kampirlar sim qoqdi”… Sizga tanişmi bu nomlar?
Qiz yana öyga çömdi. Yodiga tuşiriş uçun eʼtiborini tortdim:
— Bular maşhur hikoyalarning nomlari. Töğrimi?
Suhbatdoşim boş silkib, fikrimni tasdiqlaganidanmi, çehrasi yorişib, dadillanganday böldi.
— Bu hikoyalarni kim yozgan ekan? Ulardan qaysilarini öqigansiz?
Yana sukunat.
— Abdulla Qodiriymi yoki Abdulla Qahhor? — söradim undan.
— Menimça, Abdulla Qahhor, — dedi u tavakkaliga.
— Ana, kördingizmi, hayajonlanmasangiz, savolga töğri javob berar ekansiz, — dedim unga dalda berib. — Xöş, şu hikoyalardan qaysilarini öqigansiz?
— Hammasini ham öqiganman, — dedi qiz kesakdan olov çiqqanday, — Lekin “Bemor”dan boşqalari yodimdan kötarilgan.
— “Bemor” nima haqda?
— Bir qizçaning onasi kasal bölib, yotib qoladi. Otasi savatça töqib, öşaning daromadidan oilasini boqadi. Qizça qöşni kampirning maslahati bilan har sahar turib, Xudodan ayasining dardiga şifo tilaydi. Ayasi tuzalmaydi. Vafot etadi. Qizi onasining vafot etganini bilmagan holda Xudodan uning dardiga şifo tilayveradi…
— Bu hikoyaning mazmuni, — dedim uni keyingi savolimga javob berişga ilhomlantiriş niyatida, — şu mittigina hikoya bilan yozuvçi nima demoqçi?
Qiz bir nuqtaga tikilgança javob izladi, topolmadi.
— Ölmas Umarbekov, Ötkir Hoşimov, Şukur Xolmirzayev… Bular maşhur yozuvçilarimizdan, şundaymi?
Qiz “ha” maʼnosida boşini ohistagina silkib qöydi.
— Qani, ayting-çi, “Bahor qaytmaydi” qissasining muallifi kim?
Qiz bu gal öylab ötirmadi. Şartta javob berdi:
— Ölmas Umarbekov.
— “Odam böliş qiyin” romanining-çi?
— Odil Yoqubov, — dedi u va şu on menga bir qarab olib, davom etdi. — Almaştirib yubordim, şekilli. Ötkir Hoşimov bölsa kerak.
— Mayli, xijolat bölmang, öqişga kirib olsangiz, mualliflarni almaştirmaydigan bölasiz, — dedim qizga omad tilab.
Qolgan abituriyentlar bilan bölgan muloqot ham şu yösinda davom etdi. Asosiy maqsad ularning kitobga bölgan munosabatini, özbek va jahon adabiyotidan xabardorligini, mustaqil fikrlaşi va dunyoqaraşini, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-siyosiy bilimdonligini, eng muhimi, jurnalistik isteʼdodini savol-javob orqali aniqlab, taqdim etgan ijodiy işlarini adolatli baholaş edi. Bu jarayon ijodiy imtihon deb ataladi. Afsuski, ikki-uç abituriyentdan boşqa heç kim ijodiy işini körsata olmadi. Ular “Qaysi yozuvçilarning asarlarini muntazam öqib borasiz?”, “Qaysi asarni qayta-qayta mutolaa qilgansiz va nima uçun?”, “Özbekiston Qahramoni unvoniga munosib körilgan yozuvçi, şoir va adabiyotşunos olimlardan kimlarni bilasiz?”, “Oilangizda otangiz kitob öqib turadimi yoki onangiz?”, “Öqigan badiiy kitoblaringizning öntasini muallifi bilan aytib bera olasizmi?”, “Oilangizda kutubxona bormi?”, “Erkin Aʼzam va Xayriddin Sultonlarni qaysi asarlari orqali bilasiz?”, “Sizni köproq qaysi mavzulardagi badiiy asarlar qiziqtiradi?”, “Maktabingiz kutubxonasida qanday gazeta va jurnallarni öqib turardingiz?”, “Usmon Azim şoirmi yoki yozuvçi?”, “Özbek tiliga davlat tili maqomi beriş töğrisida”gi Qonun qaçon qabul qilingan?”, “Jurnalist qanday xislat va fazilatlarga ega bölişi kerak?”, “Vatanparvarlik nima?”, “Ğafur Ğulom ijodi haqida nimalarni bilasiz?”, “Oybek romanlaridan qaysi birini öqigansiz?”, “Jurnalist uçun eng muhim narsa nima?”, “Abdulla Qahhor ijodidan olgan taassurotlaringiz haqida gapirib bersangiz?”, “Tengdoşlaringizning qanday fazilatlarini qadrlaysiz?”, “Vatan sözi sizga nimalarni anglatadi?” singari oddiy savollarga ham aniq-tiniq javob bera olmadilar. Sababi bitta: yoşlarimizning böş vaqti kitob mutolaasiga emas, internetning turli tomoşa va öyinlariga, oldi-qoçdi, maza-matrasiz xabarlarni öqişga sarflanayotganida. Açinarlisi, ana şunday yoşlar jurnalistika fakultetlarining talabalariga aylanib, faqat diplom uçun öqimoqdalar. Turgan gapki, bunday “diplomli jurnalist”lar ommaviy axborot vositalariga yaqinlaşa olmaydilar. Yaqinlaşmaydilar ham. Yaqinlaşganda ham işlay olmaydilar. Boisi ular yaxşi jurnalist böliş uçun emas, “oliy maʼlumotli” böliş uçun öqiganlar. Afsuski, bunday “isteʼdod”lar bugun kam emas.
2.
Bola boşidan, deganlaridek, jurnalistika fakultetida tört yil öqib, bitta xabar yoki maqola yoza olmaydiganlar ham bor. Kimdir aytişi mumkin: “Öqituvçi bölganingizdan keyin talabaga yozişni örgatasiz-da!” Töğri, yöl-yöriq körsatiş, maşq qildiriş, jurnalistik janrlarning qat-qatiga olib kiriş, mahorat sirlarini örgatiş, maslahat beriş, maşqlarini öqib, yutuq va kamçiliklarini aytiş öqituvçining vazifasi. Ammo u qança örgatmasin, bölajak jurnalistning özida qiziqiş bölmasa, har kuni gazeta-jurnal yoki kitob öqişni, şuningdek, körgan-keçirganlari haqida xabar, maqola, suhbat, reportaj, esse, oçerk yoki felyeton yozişni maşq qilmasa, izlanmasa, yangilikka intilmasa, örganişni istamasa, jurnalistikaning noni yumşoq emasligini butun vujudi bilan his etmasa, unday talabani tunu kun öqitib ham, egovlab ham, hatto tegirmonga solib ham jurnalist nomiga munosib qiliş amrimahol.
Bir paytlar abituriyentning matbuotda eʼlon qilingan ijodiy işlari va tahririyatlarning yöllanmasi bölmasa, hujjatlari qabul qilinmas edi. Bu talab jurnalistikaga qalami bor isteʼdodli yoşlarni saralab oliş imkonini berar, respublikamiz ommaviy axborot vositalarini qayralgan mutaxassislar bilan taʼminlaşda muhim örin tutardi. Çunki jurnalistika boşqa sohalarga umuman öxşamagan, muntazam öqişni, ijodiy fikrlaşni, izlanişni, yangilik izidan qolmaslikni, yozişni kanda qilmaslikni, körgan-bilganlarini tanqidiy tahlil qilişni, xolis fikr bildirişni, boşqa sohadagilardan bir qadam oldinda yurişni talab etadigan kasb. Heç qaçon eskirmaydigan bu qoida hozirgi Özbekiston Milliy universitetining filologiya fakulteti tarkibidan 1967 yili ajralib çiqqan jurnalistika yönalişida bor edi. Negadir oxirgi 10-15 yil içida barça oliy öquv yurtlarining jurnalistika yönalişlarida “ijodiy imtihon”ning asosi hisoblangan abituriyentning matbuotda eʼlon qilingan materiallari söralmay qöyildi. Masalaga bugunning közi, ehtiyoj va talabi nuqtai nazaridan qaraydigan bölsak, ne-ne maşhur jurnalistlar, yozuvçi-şoirlar, olimlar yetişib çiqqan, özining mustahkam poydevori, boy tarixi, jurnalistika ravnaqiga yönaltirilgan ilmiy-ijodiy anʼanalariga ega bölgan nufuzli sohaga abituriyentning ijodiy imkoniyatlarini suhbat orqali baholaş bilan kutilgan natijaga erişib bölmaydi. Demak, ijodiy imtihonning asosiy şarti matbuotda eʼlon qilingan jurnalistik janrlardagi materiallar bölişi kerak! Bu abituriyentning neçoğliq fikrlaşini, ijodiy imkoniyatlarini, jurnalistikaga bölgan qiziqişiyu isteʼdodini körsatadigan boş mezon.
3.
Jurnalistikaning taniqli nazariyotçi va amaliyotçilari “vaqti kelib, ixtisoslaşgan mutaxassislar tayyorlaş kerak böladi” deganlariga yarim asrdan oşdi. Bundan uç yil muqaddam Özbekiston Fanlar akademiyasining 80 yilligi munosabati bilan “Yangi Özbekiston” gazetasidan qönğiroq qilib: “Siz şu qutluğ dargohda uzoq yillar işlagansiz, bizga fan darğalari haqida maqola va oçerklar kerak”, deyişdi. Akademiklar Ibrohim Möminov va Sobir Yunusovlar ilmiy faoliyatiga bağişlangan oçerklarim ketma-ket eʼlon qilinib, tahririyat va akademiyadagilardan yaxşi fikrlar eşitdim. Öşanda gazeta masʼul xodimi gap orasida: “Fan haqida qoyillatib yozadigan jurnalistlarimiz yöq hisobi”, deb qoldi. Şunda ustozlarning: “Vaqti kelib, ixtisoslaşgan mutaxassislar tayyorlaş kerak böladi”, degan gaplari yodimga tuşib, öylanib qoldim. Bir qator gazetalarimizning yillik taxlamlarini varaqlab çiqib, amin böldimki, çindan ham fan, taʼlim, tibbiyot, sanoat, quriliş, qişloq xöjaligi, huquq singari bir qator sohalarning yutuq va kamçiliklariga, muammo va ilmiy yondaşuvlar natijalariga bağişlangan tahliliy-tanqidiy materiallar yarq etib közga taşlanmadi. Demak, şu sohalarning bilimdon jurnalistlari yo barmoq bilan sanarli, yo borlari ham yozmay qöygan. Ammo haqiqiy jurnalist özini yozişdan töxtatolmaydi. Bugun matbuot ham bozor iqtisodiyoti içida bölgani uçun ayrim gazeta va jurnallardan taşqari, aksar naşrlar muallifga qalam haqi berolmaydi. Imkoni yöq. Yozadigan jurnalist qalam haqi olmasa, yozmaydi-da! Çunki jurnalistga ilhom beradigan ham, yozişga undaydigan ham, uning qaddi va qadrini baland tutib turadigan ham, aslida, bir bozorlikning yarmini kötarişga qurbi yetmaydigan, kam bölsa ham köp örnida köriladigan, eng muhimi, köngilni kötaradigan narsa — qalam haqi. Rostini aytganda, matbuotni matbuot qiladigan xamirturuş bu — muallifning ijodiy mehnatini adolatli rağbatlantirişdir. Mazkur muammoning ijobiy hal etilişi, şubhasizki, ommaviy axborot vositalarining ijodiy parvoziga qanot böladi. Bu esa öz-özidan ixtisoslaşgan jurnalistlarga bölgan talabni kun tartibining asosiy masalasi qilib qöyişi turgan gap. Xöş, bunga erişiş uçun nima qiliş kerak? Albatta, bu kelajak jurnalistikasi deya qöl qovuştirib ötiriş bu “olma piş — oğzimga tuş” bilan barobar. Masalaning yeçimi olisda emas. Şundoqqina qöl ostimizda. Bir turtki kifoya.
Buni qarangki, biz Özbekiston Milliy universitetidan kammizmi, degan xayolga boribmi, nari-berisiga qaramay viloyatlardagi bir qator universitetlar, hatto xususiylari ham jurnalistika fakultetini oçib yuborişdi. Birinçi tuğiladigan savol şunday: bular davr talabiga javob bera oladigan jurnalistlar tayyorlaş imkoniga egami? Keyingilari: mustahkam pedagogik poydevor mavjudmi? Nazariyotçilar kimlar-u, amaliyotçilar kimlar? Ularda pedagogik va mutaxassislik tajribasi talablar darajasidami?..
Afsuski, bu borada öylab köriladigan işlar oz emas.
4.
Bugungi yoş avlodning kitob öqişga iştiyoqi sustligini uning internet töriga tuşib qolganligi bilan boğlaymiz. Bu bor gap. Bu törga tuşmaslik uçun nima qiliş kerak, degan savol ham örinli. Ammo bu savolga lönda qilib javob beriş qiyin. Çunki bu masalada asosiy hal qiluvçi kuç oila hisoblanadi. Oilada ota bilan ona telefondan ortmasa, buni körib turgan bola kitob öqiydimi? Aslo! Maktabda sinfdoşlarining hattoki dars payti ham telefon öynab ötirganini körib turgan öquvçining xayoli öqişda böladimi? Ötgan dars mavzusini telefonidan izlaydigan, öqituvçining savoliga javob berolmay, boş egib turadigan talabadan bilimdon mutaxassis çiqişi mumkinmi? Yöq! Xöş, nima qiliş kerak?
Birinçidan, oilada ota-ona boğçaga boradigan farzandiga kitob öqib berişni odat qilişi, buning uçun ularning özlari ham mutolaaga mehr qöygan bölişlari kerak.
Ikkinçidan, oila farzandlari maktab öquvçisi bölsa, ularni telefondan zarurat bölganda foydalanişga, ongini zaharlaydigan, vaqtini öğirlaydigan öyinlardan tiyilişga odatlantirişi, bu borada ota-onaning özi ibrat bölişi va har kuni bolasining köz öngida uning telefonini közdan ötkazişi lozim.
Uçinçidan, barça maktab va barça oliy öquv yurtlarida telefon qöyadigan maxsus katakli şkaflar taşkil etiş kerakki, öquvçi va talabalar dars boşidan oxiriga qadar telefonsiz bölsin. Bu sinf va auditoriyaga darsga kiradigan barça professor-öqituvçilar uçun ham qoida bölişi şart.
Törtinçidan, maktablarda sinflararo, oliy öquv yurtlarida guruhlararo kitobxonlik va badiiy adabiyotlar asosida tayyorlangan tadbirlarni muntazam ötkazib turiş, bunda maktab direktori va oliy öquv yurti rektori mukofotlarini taʼsis etiş, ularga ota-onalarni ham taklif etiş közda tutilgan maqsadga erişişda katta ahamiyatga ega.
Beşinçidan, maktab va oliy öquv yurtlari kutubxonalari doimiy ravişda (beş yilda bir emas, har çorakda) badiiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar bilan boyitib borilişi kitobxon öquvçi va talabalar sonining ortişida muhim örin tutibgina qolmay, ularga vaqt va mablağni tejaş imkonini ham beradi. Albatta, kutubxonani kitobga boyitiş mablağga borib taqaladigan iş. Ammo uning yoş avlod taʼlim-tarbiyasida, keng dunyoqaraşli, elparvar-u yurtparvar bölib ulğayişidagi rolini teran anglagan sohalar rahbarlari bunday xayrli işga boş-qoş bölişlari şubhasiz.
Aytilganlarni qatʼiyat bilan amalga oşiriş va izçil davom ettiriş qöllaridan kun-u tun telefon tuşmaydigan öquvçi va talabalarimizning kitob mutolaasiga qaytişlariga umid uyğotmay qolmaydi. Biroq bu bugun boşlab, ertaga taşlab qöyadigan iş bölmasligi kerak! Öz farzandlarining bilimli, hunarli, maʼnaviyatli, el-yurt koriga yaraydigan taşabbuskor-u fidoyi insonlar bölib kamol topişini istagan har bir ota-ona, har bir öqituvçi, har bir fuqaro Özbekiston ravnaqi yölidagi ana şu ezgu işda özini masʼul deb bilsa va munosib hissa qöşsa, albatta, ezgu niyatlarimiz vojib bölgay! Öşanda jurnalist bölişga ahd qilgan abituriyent yigit-qizlarimiz ham heç ikkilanmasdan “Bahor qaytmaydi” qissasini Ötkir Hoşimov, “Odam böliş qiyin” romanini Ölmas Umarbekov yozgan, deyişlari aniq.
Nuriddin OÇILOV.
