“EMAS OSON BU MAYDON IÇRA TURMOQ…”

Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga bağişlangan yiğilişda qaşqadaryoliklarni Özbek tili bayrami bilan tabriklab, Qaşqadaryo farzandi, Özbekiston Qahramoni va davlat madhiyasi muallifi Abdulla Oripovni yodga oldi:

“Til bayrami kunini nişonlaşimizda Abdulla Oripovni eslaşimiz tabiiy, deb öylayman. “Özbekiston — Vatanim manim”, degan gaplarini men har safar kim bilan uçraşsam, ziyolilar bilan uçraşsam ham aytamanki, menga Erkin Vohidov, Halima Xudoyberdiyeva, Abdulla Oripov yetişmaydi, deyman. Yetişmaydi, haqiqatan! Men hammalari bilan — uçovlari bilan sirdoş bölganman. Sirdoş degani — Erkin Vohidov bilan kunduzi uçraşiş mumkin emas edi, keçalari statsionarga borib piyoda yurardik va boşqa joylarda uçraşardik. Abdulla Oripov bilan, agar eşitgan bölsalaring, Zomin seminarini taşkil qilganman. Unda heç kim topşiriq bermagan, unda şaroit yöq, imkoniyat yöq, vagon qöyib, Abdulla Oripov bilan borib, Zomin seminari qilib, butun ijodkor yoşlarni jamlaganmiz…”

Davlatimiz rahbarining uşbu sözlari nafaqat qaşqadaryolik, balki mamlakat ijod ahlini tölqinlantirdi. Albatta, Abdulla Oripov yaşab ijod etgan davr, ayniqsa, Qaşqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy va maʼrifiy sohalardagi holati bilan bugungi vohaning industrial taraqqiyotini taqqoslaganda, biz har bir jabhada ildamlaşib borayotganimizni his qilamiz.

Bir vaqtlar “quş uçsa qanoti, odam yursa oyoği kuyadigan” qaqroq çöllar bağrida bugun kuçli iqtisodiyotga ega bölgan sanoat korxonalari, osmonöpar turar-joy binolari, madaniy-maişiy obʼyektlar va zamonaviy intensiv boğ-roğlar barpo etildiki, buni söz bilan ifodalaş qiyin.

Şu örinda davlatimiz rahbarining quyidagi sözlari beixtiyor xayolimda qalqidi: “Alloma bobomiz hazrat Alişer Navoiy öz zamonasining nidosi va daʼvatini ifoda etgan holda, “Emas oson bu maydon içra turmoq…” deb boşlanadigan misralarini bejiz bitmagan. Bugun ham xuddi şunday: dunyo maydonida va öz azmu qarorida qoyim turmoq, maqsadga erişmoq uçun muttasil oldinga intiliş, hayot va tafakkur tarzini isloh qiliş, yangilaş tomon sobitqadamlik bilan boriş lozim”.

Haqiqatan ham, bugun dunyo jangu jadallar silsilasida qalqib turganida, biz şukronalik bilan tinç va osuda yurtimizda har bir sohada katta bunyodkorlik işlari bilan maşğulmiz. Yurtboşimiz aytganlaridek: “Bugungi Özbekiston — keçagi Özbekiston emas! Bugungi xalqimiz ham keçagi xalq emas!”

Mamlakatimizning hududi jihatdan katta viloyati Qaşqadaryoda joriy yilning 9 oyida sanoat 8,4 foiz, xizmatlar 16,6 foiz, qişloq xöjaligi 4,9 foizga ösgan. Şu bilan birga, davlatimiz rahbari hozirgi natijalar bilan viloyatning mavjud salohiyati örtasida hali katta farq borligini körsatib ötdi.

Aholi jon boşiga sanoat mahsulotlari böyiça viloyat respublikada yettinçi, xizmatlar böyiça töqqizinçi, qişloq xöjaligi va quriliş hajmi böyiça ön birinçi örinda. Prezidentimiz tuman hokimlari va banklar “bilimga — rağbat, mehnatga — imkoniyat, taşabbusga — madad” beradigan muhit yaratsa, Qaşqadaryo bir-ikki yilda eng ilğor hududlar qatoriga çiqişi mumkinligini taʼkidladi.

Sanoatda yangi bosqiçga ötiş uçun viloyatda yetarli resurs bor. Gaz, elektr va yer osti boyliklarini daromadli iş örinlari hamda yuqori qöşilgan qiymatga aylantiriş vazifasi qöyildi.

“GTL” zavodida qiymati 300 million dollar bölgan uçta yirik loyiha tayyor. Zavoddan olinadigan 430 ming tonna nafta asosida yangi polimerlar va neft-kimyo mahsulotlari işlab çiqariş böyiça 1,5 milliard dollarlik loyihani amalga oşiriş mumkin. Dehqonobod kaliy zavodi quvvatini 365 ming tonnadan 600 ming tonnaga yetkaziş imkoniyati, kiçik tonnali kimyo yönalişida esa 830 million dollarlik 30 dan ortiq loyihaviy taklif bor.

Qaşqadaryo sanoatida yirik korxonalar atrofida kooperatsiya zanjirlarini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Yil yakunigaça Ğuzor, Şörtan, Muborak, Dehqonobod va Nişonda oltita sanoat klasteri taşkil etiş, Şörtan, Muborak, Yakkaboğ va Kosonda “Qaşqadaryo” erkin iqtisodiy zonasi filiallarini oçiş vazifasi qöyildi. Infratuzilma uçun dastlab 250 milliard söm yönaltiriladi.

Şuningdek, Xitoyning “FM World” korxonasida yiğilayotgan zamonaviy traktor va qişloq xöjaligi texnikalarini mahalliylaştiriş, mazkur korxonada agrodronlar işlab çiqariş loyihalarini boşlaş belgilandi.

Qarşi tumanida xitoylik hamkor iştirokida çiqindidan elektr energiyasi oliş böyiça 45 megavattlik loyiha yakunlanmoqda.

Viloyatda qişloq xöjaligining özida qöşimça 200 ming kişini daromadli qiliş imkoniyati bor. Şu maqsadda Jahon banki bilan Misr tajribasi asosida sakkizta tumandagi 100 ming gektar yaylovga dronlar yordamida qurğoqçilik va şörga çidamli çorva ozuqasi ekiş boşlanadi.

Bu işlar Nişon, Ğuzor, Muborak, Kökdala, Koson, Mirişkor, Qamaşi va Dehqonobodda olib boriladi. Mazkur tumanlarda 10 ming boşdan yirik va 50 ming boşdan mayda şoxli çorva komplekslarini taşkil etiş vazifasi qöyildi. Import qilingan çorvani aholiga sotişda qöşilgan qiymat soliğining nol stavkasi qöllanadi.

Ğuzor tumanida 10 ming gektar yer foydalanişga kiritiladi. Yerning yarmida paxta, qolgan qismida ozuqa ekinlari yetiştiriladi. Yerlar dehqonlarga berilib, klaster tizimi yölga qöyiladi.

Kosmik maʼlumotlar asosida Qaşqadaryoda foydalanişga kiritiş mumkin bölgan yana 30 ming gektar yer aniqlandi. Uning eng katta qismi Muborak, Koson va Kökdalaga töğri keladi. Nişon, Qamaşi, Qarşi, Mirişkor, Ğuzor, Yakkaboğ, Kitob, Çiroqçi va Şahrisabzda ham qöşimça maydonlar özlaştiriladi. Bu işga Misrdan ön nafar doimiy maslahatçi jalb etiladi.

Prezidentimiz Qaşqadaryoda ekin maydonlariga suv yetkaziş murakkab va qimmatga tuşayotganiga eʼtibor qaratdi.

Kelasi yil 265 kilometr kanal betonlaştiriladi, 20 ta nasos yangilanadi. Bu işlarga 550 milliard söm ajratiladi, fermerlar bilan birga 75 ming gektarda suv tejovçi texnologiyalar joriy etiladi.

Davlatimiz rahbari Qaşqadaryo uçun eng dolzarb masalalardan biri aholini içimlik suvi bilan taʼminlaş ekanini taʼkidladi.

Joriy yil ajratilgan 1 trillion söm hisobidan 747 kilometr suv va kanalizatsiya tarmoği hamda 43 ta inşoot qurilişini ikki oyda yakunlaş topşirildi. Natijada 200 ming aholi toza içimlik suvidan bahramand böladi.

Hisorak suv omboridan Qarşi şahri, Qamaşi, Ğuzor va Qarşi tumaniga tarmoq tortiş loyihasini boşlaş uçun 100 milliard söm ajratildi. Yana 210 million dollar jalb etib, loyihani sifatli amalga oşiriş vazifasi qöyildi. Bu orqali 350 ming aholi toza suv bilan taʼminlanadi.

Qaşqadaryoda yöl infratuzilmasini yaxşilaş böyiça ham yirik loyihalar amalga oşiriladi. Osiyo taraqqiyot banki bilan “A-380” avtomobil yölining viloyatdan ötuvçi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qiliş boşlanadi.

“Qarşi — Pomuq” va “Ğuzor — Jeynov” yöllaridagi temir yöl kesişmalarida poyezd ötayotgan vaqtda katta tirbandlik yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati 250 milliard söm bölgan ikkita zamonaviy yöl ötkazgiç quriladi.

Çöl hududi hisoblangan Mirişkor tumanida ham Çim tajribasi qöllanadi. Bu yerda 20 gektarda limonçilik issiqxonalari, yana 30 gektarda intensiv baliqçilik xöjaligi va 50 gektarda bodom boği taşkil etiladi.

Prezidentimiz banklar aholi va tadbirkorlar loyihalariga resurs yetkazişda amaliy natija körsatişi zarurligini taʼkidladi. Andijonda kreditni faqat garovga boğlamasdan, pul oqimi va aniq buyurtmaga qarab ajratiş uçun 20 ta yangi moliyaviy mahsulot yaratiş topşirilgan edi. Mazkur yondaşuv Qaşqadaryoda ham natija berişi kerak.

Banklar faoliyati yangi mahsulotlar soni bilan emas, ular yordamida resurs olgan korxonalar va biznesning ösişi bilan baholanadi.

Qaşqadaryoga yiliga 6 million turist jalb qiliş uçun barça imkoniyat bor. Yil boşidan viloyatga 2,5 million sayyoh kelgan, birgina Ğelon qişloğiga taşrif buyurganlar soni 500 mingga yetgan.

Tatariston bilan hamkorlikda Ğelondagi toğ-çanği kurortining birinçi bosqiçini kelasi yil işga tuşiriş rejalaştirilgan. Tabiati bilan Ğelonga öxşaş Çiroqçidagi Tarağay, Kitobdagi Başir va Yakkaboğdagi Tatar qişloqlarini ham etnoturizm markazlariga aylantiriş imkoniyatlari körsatib ötildi.

Mutasaddilarga uşbu olti qişloq böyiça bir oyda master-reja tayyorlab, 1 martdan 50 million dollarlik loyihalarni boşlaş vazifasi topşirildi.

Prezidentimiz Qarşi şahridagi Ilğor kasbiy mahorat texnikumi tajribasiga töxtaldi. Uning 32 nafar ustasi yaqinda Germaniyada malaka oşirib qaytdi va hozir viloyatdagi 57 ta texnikum ustalariga öz bilimlarini yetkazmoqda.

Har yili 10-11-sinflarning 2,5 ming nafar öquvçisi mazkur texnikumda hunar örganib, attestat bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi. Germaniyalik öqituvçilar esa yiliga 1,5 ming yoşga nemis tili va kasb örgatmoqda.

Qaşqadaryo yoşlari taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erişmoqda. Qarşi şahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida 98 foiz natija bilan respublikada birinçi böldi. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi öquvçilari “Zakovat” turnirida ğolib çiqdi.

Kosonlik 11-sinf öquvçisi Murodjon Halimov “SAT” imtihonida maksimal 1600 ballni qölga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoşlar köpligini, ularga aniq fanlarni xorijiy tillarda örgatiş imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda bölişini taʼkidladi. Kelasi yildan barça tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni çet tilida öqitiş boşlanadi.

Nufuzli arxitektura kompaniyalari jalb etilib, ikki oyda ilğor şaharsozlik yeçimlarini qamrab olgan boş reja işlab çiqiladi. Uni tayyorlaş uçun dastlab 20 milliard söm ajratiladi. Yangi hududlarda köp qavatli binolar, savdo va biznes markazlari, uy-joylar “yaşil” va “aqlli” şahar tamoyillari asosida quriladi.

Viloyatda köçat ekiş va yaşil hududlarni köpaytiriş böyiça ham “Qaşqadaryo tajribasi” yaratiladi.

Ayniqsa, Qamaşi tumanidagi Çim mahalla fuqarolar yiğinida amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari davlatimiz rahbarini quvontirdi.

Bu yerda 640 örinli maktab, 240 örinli boğça qurilişi, oilaviy poliklinikaning jihozlanişi, yangi mahalla binosi, yoşlar markazi, sport majmuasi, kutubxona, istirohat boğining barpo etilişi — mahalla qanday bölişi kerakligini körsatib berdi.

“Viloyatning şahar va tumanlarida, mahallalarida bölgan özgarişlarni körib, tadbirkor, investor, yoşlarning közlaridagi şijoatni körib, juda katta kuç oldim”, — dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari “Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergaşevning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanişib, tadbirkorning 2028 yilgaça yana 30 ming kişini iş bilan taʼminlaş, ayniqsa, ayollar uçun köproq imkoniyat yaratiş rejalarini qöllab-quvvatladi.

Prezident Nurbek Ergaşevga “Özbekistonda xizmat körsatgan tadbirkor” faxriy unvoni, Qamaşi tumanidagi Çim mahallasida sulolaviy limonçilik maktabini yaratib, aholi daromadini oşirişga hissa qöşayotgan Abdumannon Xudoyberdiyevga ham “Özbekistonda xizmat körsatgan qişloq xöjaligi xodimi” unvoni berildi.

Prezidentimizning Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi, ayniqsa, adabiyot, maʼnaviyat va maʼrifat ahlini quvontirdi.

Qaşqadaryoda maʼrifatni tarğib etayotgan “Mutolaa” loyihasining boş muharriri Javlon Jovliyevning mehnati ham eʼtirof etildi. Unga, şuningdek, “Yoş kitobxon oila” respublika tanlovi ğoliblari Baxtişod Raşidov va Eʼzoza Xuşvaqtovaga Toşkent şahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovğa qilindi.

“Çimda şunday vaziyat bölişi, Çimda şunday şaroit bölişi — iqtisodiyot barqarorligidan dalolat, yurtda tinçlikdan dalolat”, — dedi Prezidentimiz.

“Özbek tili bayrami kuni özim tuğilgan Qamaşi tumanida Prezident bilan körişdik va men endi çop etilişi kutilayotgan “Katta qizlar” romanimni taqdim qildim. Prezident heç kutilmaganda yoş kitobxon oila bilan menga ikki xonali uy sovğa qildilar. Bu kelajakda yozadigan asarlarimiz uçun katta imkoniyatdir. Özbek adabiyotini yaxşi asarlar bilan boyitişga harakat qilaman”, — deydi yoş yozuvçi Javlon Jovliyev.

Ha, Prezidentimizning Qaşqadaryoga taşrifi barça soha vakillari qatori biz ijodkorlarni ham ilhomlantirdi. Alqissa, kundan-kunga kamol topayotgan, odamlari ertangi kunga yuksak işonç bilan boqayotgan Qaşqadaryo haqida Abdulla Oripovning quyidagi satrlarini eslaş ayni muddaodir:

 

Tuqqan xonadonin har kim yod etgan,

Men uçun sen şundoq ulkan maʼvosan.

Tonib qayga bordim, bobomdan ötgan,

Toleimga bitgan Qaşqadaryosan.

 

Ğulom ABDIYEV,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi

Qaşqadaryo viloyat bölimi rahbari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan