Zuhriddin ISOMIDDINOV: “TILNI MAQOMI UÇUN EMAS, MOHIYATI UÇUN SEVIŞ KERAK”

Bosma naşrlar auditoriyasining qisqarişi, kitobxonlik madaniyati, özbek tilining tabiiy sofligini saqlaş muammosi va badiiy tarjimalar saviyasi — bugun jiddiy muşohada talab etadigan dolzarb mavzular. Ularning sabablarini faqat zamon va internet taʼsiridan izlaş kifoyami?

Taniqli adabiyotşunos va zukko tarjimon Zuhriddin Isomiddinov bilan milliy matbuotimizning oğriqli nuqtalari, tarjimaçilik maktabining asl talablari, tilga nisbatan çinakam muhabbat mezoni hamda taʼlim tizimidagi muammolar xususida suhbatlaşdik.

– Zamonaviy axborot makonida özbek matbuotining mavqei, gazeta mutolaasining pasayişi, naşrlar saviyasi va bosma matbuot istiqboli haqidagi bahslar hamon dolzarb. Sizningça, matbuot taʼsirçanligini susaytirayotgan muammolarning yeçimi nimada?

– Avvalo, haqiqatni tan olişimiz kerak: bugun odamlarda gazeta va jurnal öqişga bölgan iştiyoq ança-munça pasaygan. Buni inkor etib bölmaydi. Lekin buning sababini faqat  “imlo xatolari”dan izlaş töğri emas. Bugun dunyo jurnalistikasida, avvalo, inson haqida yoziladi. Bizda esa köpinça işlab çiqariş, reja, raqam va statistik körsatkiçlar haqida materiallar beriladi. Masalan, bir fermerning qaysi navdagi uruğni ekkani, yerga neça santimetr çuqurlikda işlov bergani, gektaridan qança hosil olgani batafsil yoritiladi. Bular, albatta, fakt. Lekin ayting-çi, öquvçi şu raqamlarning qaysi birini eslab qoladi? Köpinça heç birini!

Jurnalistika markazida hamişa inson turişi kerak. Odamning özi qanday, qanday fikrlaydi, hayotga munosabati qanday, öziga xos qaraşlari nimada – ana şularni körsatiş lozim. Biror inson haqida yozilsa, faqat erişgan natijalarini sanab ötiş bilan çeklanmaslik kerak. Uning şaxsiyati, xarakteri, dunyoqaraşi ham oçilişi zarur. Imlo xatolari, albatta, uçrab turadi. Korrektor va musahhihlar ştati qisqargani sababli bunday kamçiliklar köpaygan bölişi ham mumkin. Lekin bundan ham muhimroq masala bor: gazetaning özi öquvçiga kerakmi, undagi material unga nima beradi?

Tasavvur qiling, bir odam sizga duduqlanib bölsa ham, aynan sizga kerakli gapni aytyapti. Uni jon quloğingiz bilan tinglaysiz. Çunki u yuragingizga tegadigan, sizni qiziqtiradigan gapni ­aytyapti.

Demak, masala jumlalarning qançalik çiroyli tuzilganida emas, mazmunning inson uçun qançalik ahamiyatli ekanida. Bizda ana şu kerakli gapni aytiş yetişmaydi. Afsuski, baʼzi naşrlar milliy statistika qömitasining ilovasiga öxşab qolgan. Holbuki, odamlar gazetani quruq raqamlarni öqiş uçun sotib olmaydi.

– Özingiz matbuotning faol kuzatuvçisi sifatida qaysi gazetalarni öqiysiz? Sizni ularning qaysi jihatlari qiziqtiradi?

– Oçiğini aytsam, bugun köpçilikning gazeta öqimay qöyişiga sabab bölayotgan omillardan biri tarqatiş tizimi bilan ham boğliq. Masalan, gazetaning narxi 2000 söm bölsa, uni yetkazib beriş haqi 2500 sömga aylanişi mumkin. Natijada öquvçi gazetaning narxidan köra uni yetkazib beriş uçun köproq haq tölaydi. Bu ham odamlarni gazeta öqişdan qaytaradigan omillardan biri.

Yana bir jihat — gazetalarimizda ixtisoslaşuv haddan taşqari kuçayib ketdi. Ayrim naşrlar faqat öz partiyasini tarğib qiladi, boşqalari esa asosan qaror va rasmiy hujjatlarni eʼlon qiliş bilan çeklanadi. Soha gazetalarining ham öz mavzulari bor. Lekin inson faqat bir soha yoki huquqiy masalalar bilan yaşamaydi-ku. Öquvçiga oddiy, hayotiy, xalqona gaplar ham kerak.

Şaxsan men “Jadid”, “Ishonch”, sizlar faoliyat yuritayotgan “Hurriyat” gazetalarini öqib turaman. Ayrim materiallarim ham şu naşrlarda çop etiladi. Men biror tor sohada ixtisoslaşib işlamaganim sababli barça naşrlarni muntazam kuzatib boraman, deb aytolmayman.

– Sizning ayrim maqolalaringiz turli sabablarga köra naşr etilmay qolgani haqida eşitganman. Ayniqsa, qaltis mavzularda yozilgan materiallaringizni naşrlarning eʼlon qilmasligiga nima sabab böladi?

– Aslida, köp hollarda maqolani çiqarişni istamaslikdan köra, uning ortidan kelib çiqişi mumkin bölgan muammolardan qörqişadi.

Esimda, 2002 yilda Özbekistonda senzura bekor qilingani Milliy matbuot markazida eʼlon qilingan edi. Öşa yiğilişda va öşa vaqtda “Milliy tiklaniş” gazetasi boş muharriri Ibrohim Ğafurov (Alloh rahmat qilgan bölsin) ham iştirok etgan. Senzura bekor qilingani aytilgaç, davlat sirlari bundan mustasno ekani taʼkidlangan. Şunda Ibrohim aka juda örinli savol bergan: “Biz davlat sirlarini oşkor qilişni istamaymiz. Lekin davlat siri nima ekanini bilmaymiz-ku. Qaysi mavzu, qaysi soha yoki qaysi fakt davlat siri hisoblanadi? Ana şularning aniq röyxati berilsa, boşqa masalalarni bemalol yozardik”, degan mazmunda fikr bildirgan. Öşa paytdagi rahbarlardan biri bu maʼlumotlar jurnalistlarga yetkazilişini aytgan. Ammo, mening eslaşimça, oradan çorak asrga yaqin vaqt ötgan bölsa-da, bu masala hanuz töliq hal etilmagan.

Natijada har bir muharrir özi uçun muay­yan çegarani belgilaydi. Göyo har bir muharrirning özi senzura vazifasini bajarib qoladi. Albatta, bundan mustasno insonlar ham bor. Men esa yozganlarim orqali şunçaki “botir” bölib körinişga intilmayman. Botirlikni namoyiş qilişning özi bemaʼni iş. Har bir inson ­dunyoga bir marta keladi. Ayta oladigan gapi bölsa, uni aytişi kerak. Lekin, muhimi, yozganingizdan odamlar biror maʼno, foyda olsin. Ana şu muhimroq.

– Siz qirğiz xalq eposi “Manas”ni özbek tiliga tarjima qildingiz. Tarjima jarayonida “Alpomiş” kabi özbek dostonlari bilan qanday muştarak jihatlarni kördingiz? Eng katta qiyinçiliklar nimalarda namoyon böldi?

— “Manas” eposi özbek tiliga turli davrlarda bir neça marta tarjima qilingan. Mening hisobimga köra, tarjimam — uning töqqizinçi özbekça talqini. Dastlab 1958-1959 yillarda öşa paytdagi Frunze şahrida “Qirğiziston haqiqati” nomli özbek tilidagi gazeta naşr etilgan. Uning adabiy xodimlari “Manas”dan bir neça yuz misrani tarjima qilib, gazetada eʼlon qilişgan. Keyinçalik uluğ şoir Mirtemir Toşkentda tarjima ustida iş boşlagani haqida xabar yetib borgaç, ular bu işni töxtatişgan.

Mirtemir tarjimasi keyingi muhim bosqiç böldi. Undan söng boşqa tarjimonlar ham bu ulkan eposga murojaat qilişdi. Tursunboy Adaşboyevning bolalarga möljallangan talqini ham bor. Ayrim tarjimalar esa rus tili orqali amalga oşirilgan. Mening tarjimam esa qirğiz xalqining buyuk eposini boşqa tillarga tarjima qiliş uçun tayyorlangan, avvalgi talqinlarning eng yaxşi jihatlarini jamlagan mukammal variant asosida amalga oşirildi. Uşbu kitob 2014 yilda kam nusxada çop etildi. Keyinçalik, 2019 yilda Bişkek şahrida yana naşr qildirdik. Endi uni Özbekistonda ham qayta naşr etiş niyatimiz bor.

Qiyinçiliklarga kelsak, özbek va qirğiz tillari bir-biriga yaqin. Qozoq, qoraqalpoq, tatar tillarida ham bizga taniş bölgan köplab sözlar uçraydi. Ammo tilning yaqinligi tarjimani osonlaştiradi, degani emas. Baʼzan ön-ön beş misrani tarjima qilib, bir maromga keltirasiz. Lekin bitta misrada qofiya yoki mazmun mos kelmay qoladi. Şunda oldingi satrlarning barçasini qayta körib çiqişga töğri keladi. Masalan, özbek tilidagi “tomoşa” sözi bilan boğliq maʼnolarni olaylik. Bizda tomoşa qiliş köproq biror narsani köriş, undan zavqlaniş maʼnosini anglatadi. Qirğiz tilida esa şu söz hazillaşiş, hangoma qiliş maʼnosida ham qöllanadi. Buni bilmagan tarjimon sözni şunçaki luğaviy maʼnosiga qarab ögirsa, xato qiladi.

Yana bir muhim jihat — men tarjimada singarmonizmni saqlaşga harakat qildim. Özbek tilining qadimiy turkiy ohangini, tovuşlar uyğunligini imkon qadar saqlab qolişga intildim. Qölimdan kelganiça ana şu tabiiylikni tarjimaga olib kirişga harakat qildim. Kitobxonlar tomonidan yaxşi kutib olindi.

– Umuman, özbek tarjimaçiligining bugungi holatiga bir adabiyotşunos, tilşunos va adib sifatida qanday baho berasiz?

– Özbek tarjimaçiligining juda katta maktabi bor. Uning tarixi juda uzoq vaqtlarga borib taqaladi. Alişer Navoiy ijodida ham tarjima anʼanalari mavjud. Undan oldingi davrlarda ham bu soha rivojlangan. Ayniqsa, XX asr özbek adabiyoti uçun tarjima asri böldi. Bir asr davomida avvalgi köp asrlarga nisbatan nihoyatda katta hajmdagi asarlar tarjima qilindi. Natijada ulkan tajriba va tarjima maktabi şakllandi. Çölpon, Mirzakalon Ismoiliy, Mirtemir kabi tarjimonlar bu maktabning muhim vakillari hisoblanadi. Ularning tarjimalarida nafaqat asarning mazmuni, balki badiiy şira, tilning tabiiyligi ham saqlangan.

Bugun esa tarjimaga qöl uruvçilar köpaydi. Bilgan ham, bilmagan ham tarjima qilaveradi. Eng katta muammo — özbek tilini his qiliş masalasi. Masalan, “Men siz bilan fikrimni bölişmoqçiman”, degan jumlani köp eşitamiz. Aslida, bu rus tilidagi “podelitsya s vami” ifodasining töğridan-töğri köçirilgan şakliga öxşaydi. Özbek tilida “fikrni baham körmoq” deyiş tabiiyroq. Yoki “bölmoqda”, “kelmoqda”, “bajarmoqda” kabi ifodalar… Bunday şakllar ayrim rasmiy matnlarda haddan taşqari köp işlatiladi. Natijada jonli, tabiiy til örniga sunʼiy, qoliplaşgan gazeta tili paydo böladi. Tarjimon sözlarni bir tildan ikkinçi tilga köçiruvçi şaxs emas. U, avvalo, har ikki tilning ruhini his qilişi kerak. Badiiy tarjimada maʼnoni yetkaziş bilan birga, öquvçiga estetik zavq beriş ham muhim.

– Bugungi yoş tarjimonlar haqida nima deysiz? Ular avvalgi tarjima maktabining anʼanalarini davom ettiryaptimi yoki ayrim jiddiy xatolarga ham yöl qöyiş­yaptimi?

– Avvalo, bugun tarjima bilan şuğullanayotgan yoşlarga rahmat aytiş kerak. Ularning mehnatini qadrlaş lozim. Bir paytlar tarjimon katta bir romanni tarjima qilsa, olgan qalam haqiga maşina sotib olişi mumkin edi. Bugun esa ayrim tarjimonlar tarjima qilgan asarini naşr ettiriş uçun hatto maşinasini sotişga majbur bölayotgandek holatga kelib qolgan. Tuşuntira oldimmi? Ilgari tarjimadan daromad oliş mumkin bölgan bölsa, bugun tarjimonning özi kitobini çiqariş uçun mablağ izlayapti. Şunday şaroitda tarjima qilayotgan yoşlarga rahmat aytiş kerak. Ularni darhol tanqid qilişga şoşilmaslik lozim.

Albatta, ayrim kamçiliklar bor. Eng avvalo, özbek tilini his qiliş masalasida muammolar uçraydi. Baʼzan asarning maʼnosini töğri yetkazişga intilib, özbek tilining tabiiyligi buzib yuboriladi. Biror söz yoki jumlani tarjima qiliş mumkin, ammo uning özbek kitobxoniga qanday eşitilişini ham mulohaza qiliş lozim.

– Bugun kitobxonlik darajasi haqida ham turli fikrlar bildiriladi. Yoşlarning kitob öqişga qiziqişini oşiriş uçun turli tanlovlar, mukofotlar va rağbatlantirişlar joriy etilmoqda…

– Savolingizni tuşundim. Avvalo, şuni aytiş kerakki, Prezidentimiz kitobxonlik masalasiga juda katta eʼtibor qaratmoqda. Maʼnaviyat va maʼrifat sohasini qöllab-quvvatlamoqda. Ijodkorlarning mehnati yana qadr topa boşladi. Buni eʼtirof etmasak, noşukrlik böladi. Lekin kitob öqigan bolaga maşina berişni yana bir bor öylab köriş kerakmikan deb hisoblayman. Negaki, bu rağbatning özi notöğri yönalişga burilib ketişi mumkin. Tasavvur qiling, dehqon dalada ketmon çopib, buğdoy ekadi, uni yetiştiradi, yiğib oladi, tegirmonga olib borib un qiladi, non tayyorlab beradi. Lekin maşinani nonni isteʼmol qilgan odamga berilsa? Uni yetiştirgan dehqonga esa heç narsa yöq. Bu qançalik mantiqli?

Kitobxonlikni ham şunday tuşuniş kerak. Kitobni yozgan ijodkorning mehnati, uning izlanişi, tafakkuri va ijodiy salohiyati eʼtibordan çetda qolmasligi kerak. Bir boladan söradim: “Sen ön uçta roman öqibsan, qanday öqiding?” U esa: “Spark berişadi-da”, deb javob berdi. Köryapsizmi, maqsad badiiy didni şakllantiriş, asardan estetik zavq oliş, mutolaa emas, maşina bölib qolyapti. Bu esa kitobxonlikning asl mohiyatini özgartiradi.

Menimça, kitobxonlikni rağbatlantirişning boşqa yöllari ham bor. Masalan, kitob öqigan yoşlarni televideniyega taklif qiliş, ularga öqigan asarlari haqida fikr bildiriş imkonini beriş mumkin. Tasavvur qiling, bir yoş kitobxon televizorda özi öqigan asar haqida jon-dili bilan gapirib bersa, boşqa bir kitobxon uning fikriga munosabat bildirsa, bahs-munozara yuzaga kelsa. Şu jarayonning özi katta rağbat. Ilgari maktablararo kitobxonlik musobaqalari ham bölardi. Şunday anʼanalarni qayta tiklaş kerak. Töğri, mukofot, rağbat insonning ijodiy yutuğini eʼtirof etişi mumkin, lekin bilim va qobiliyatni baholaşda adolat mezoni ustuvor bölişi şart.

– Sizningça, bugungi taʼlim tizimida ham kitobxonlik va umumiy savodxonlikka taʼsir qilayotgan muammolar bormi? Ayrimlar maktabda barça fanlarni öqitişdan köra, öquvçini kelajakdagi kasbiga mos fanlarga yönaltiriş tarafdori.

– Bu fikrda jon bor. Lekin biryoqlama rivojlaniş ham insonni çeklab qöyadi. Bugun ayrim öquvçilar kiriş imtihonida topşiradigan fanlariga köproq eʼtibor qaratib, qolgan fanlardan uzoqlaşib qolmoqda. Masalan, matematik bölmoqçi bölgan bola matematika va çet tilini örganadi, boşqa fanlarga esa yetarliça vaqt ajratmaydi. Filologiyaga kirişni istagan öquvçi ham öziga kerakli fanlar bilan çeklanib qolişi mumkin.

Lekin umumtaʼlim maktabining vazifasi faqat oliy taʼlimga kiriş uçun tayyorlaş emas. U bolaga umumiy tuşunça, keng dunyoqaraş va hayotda zarur böladigan bilimlarni berişi kerak. Aks holda, öquvçi bir sohada yaxşi mutaxassis bölişi mumkin, ammo boşqa oddiy masalalarda ojiz qoladi. Masalan, elektr öçib qolsa, lampoçkani burab almaştirişni bilmaydigan inson qanday umumiy savodxonlikka ega böladi?

Taʼlimda Finlyandiya, Yaponiya, Skandinaviya va boşqa davlatlar tajribasini örganişimiz mumkin. Lekin nega özimizning pedagogik tajribamiz bölmasligi kerak? Abdulla Avloniy kabi maʼrifatparvarlarimiz nima uçun yaşab, ijod qilgan? Bir asr davomida rus pedagogikasi tajribasini örgandik. Endi hammasini çetga surib, noldan boşlaşimiz kerakmi? Özimizning tarixiy tajribamizni ham zamonaviy taʼlim bilan uyğunlaştirişimiz lozim emasmi?

Yana bir jihat bor: bolaga bilim berişda uning yoş xususiyatlarini hisobga oliş kerak. Birinçi sinfda öqiydigan nabiramning darsligini körib qoldim. Endigina tili çiqayotgan, fikrini töliq ifodalaşga qiynalayotgan bolaga tört-beş böğinli murakkab sözlar berilgan. Axir bola avval “ota”, “ona”, “oş”, “ol”, “bobo” kabi sodda sözlarni örganişi kerak-ku. Taʼlim bolaning imkoniyatiga mos bölişi zarur.

– Bugun ayrim ota-onalar farzandlari hali ona tilida töliq gapirişni örganmasidan çet tillarini örgatişga kirişadi. Bunga qanday munosabatdasiz?

– Bolaning yoşligidan xorijiy tilni örganişi yomon emas. Biroq bir narsani unutmasligimiz kerak: ona tili masalasi hamişa eʼtibor markazida bölişi lozim. Agar millatimizning tili va özligini saqlab qolişni istasak, bu masalaga befarq qaray olmaymiz. Inglizlar öz farzandlariga özbek tilini örgatmaydi, yaponlar ham boşqa xalqlarning tilini öz tilidan ustun qöymaydi. Har bir xalq, avvalo, öz tilini asraydi. Biz ham xorijiy tillarni örganiş bilan birga, özbek tilining mavqeini yanada mustahkamlaşimiz kerak. Çet tilini biliş — imkoniyat, ammo bu ona tilini unutiş hisobiga emas. Ona tiliga muhabbat, avvalo, oilada şakllanadi. Keyin bu maktabda, jamiyatda va davlat miqyosida davom etişi zarur.

Til — hayot kabi bepoyon. Men özbek tilini davlat tili bölgani uçun emas, ona tilim bölgani uçun hurmat qilaman. Agar u davlat tili maqomiga ega bölmaganida ham, unga munosabatim özgarmas edi. Zero, Vatanni faqat uning maqomi yoki çegaralari uçun emas, balki u bizniki bölgani, unda ajdodlarimizning izi, xotiralarimiz va milliy özligimiz mujassam topganligi uçun sevamiz.

– Milliy maʼnaviyatimizga oid qimmatli mulohazalaringiz uçun taşakkur!

Farangiz ABRUYEVA

suhbatlaşdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan