Korrupsiyaga qarşi eng katta kuç – jamoatçilik va matbuot
Jamiyat taraqqiyotini faqat bunyod etilayotgan binolar, işga tuşirilayotgan korxonalar yoki iqtisodiy körsatkiçlar bilan ölçab bölmaydi. Uning haqiqiy qiyofasi, avvalo, qonun ustuvorligi, inson qadri, halol mehnat va adolatga bölgan munosabatda namoyon böladi. Agar bir inson öz haq-huquqini pora bermasdan himoya qila olsa, har bir fuqaro davlat idorasiga işonç bilan murojaat etsa, mansab egasi esa öz vakolatini şaxsiy manfaatidan ustun qöymasa, ana şunda jamiyatda soğlom muhit şakllanadi. Aksinça, taniş-bilişçilik, tamagirlik va mansabni suiisteʼmol qiliş odatiy holga aylansa, eng ezgu islohotlarning samarasi ham susayadi.
Korrupsiyaning eng xavfli jihati şundaki, u baʼzan katta miqdordagi mablağlar bilan emas, balki oddiy bir iltimos, kiçik bir sovğa, “işingizni tezlaştirib beramiz” degan vaʼda yoki nohaq imtiyozdan boşlanadi. Odamlar bunday holatlarga könikib qolgan sari qonunga hurmat örnini şaxsiy aloqalarga işonç egallaydi. Oqibatda halol mehnat qilgan inson özini kamsitilgandek his etadi, haqiqatni aytişdan qörqadiganlar köpayadi, jamiyatda adolatga bölgan işonç zaiflaşadi. Şu bois korrupsiyaga qarşi kuraşni faqat jinoyat sodir etilgandan keyin jazo qöllaş bilan çeklab bölmaydi. Uning ildizlarini quritiş uçun odamlarning ongi, qaraşlari va kundalik munosabatini ham özgartiriş zarur.
Bu jarayonda ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, gazetalarning örni beqiyos. Çunki gazeta şunçaki xabar yetkazuvçi naşr emas, balki jamiyatdagi muammolarni kötarib çiqadigan, odamlarni öylaşga undaydigan, huquqiy bilimlarni tarqatadigan va masʼullarning faoliyatiga jamoatçilik eʼtiborini qaratadigan muhim minbardir. Uning taʼsir kuçi şov-şuvda emas, xolislikda; balandparvoz gaplarda emas, aniq dalillarda; bir martalik tanqidda emas, izçillikda namoyon böladi.
Özbekistonning korrupsiyaga qarşi kuraş borasidagi huquqiy siyosati ham ana şu vazifalar bilan çambarças boğliq. Mamlakatimiz 2008 yilda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Korrupsiyaga qarşi konvensiyasiga qöşildi. 2017 yil 3 yanvarda “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonun qabul qilinib, uşbu yönalişdagi davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlandi. 2020 yilda Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligining taşkil etilişi esa tizimli çora-tadbirlarni amalga oşirişda muhim qadam böldi. Biroq har qanday qonunning hayotdagi samarasi uning qoğozda mavjudligi bilan emas, amalda qay darajada işlayotgani, fuqaro öz huquqini qançalik bilayotgani va qoidabuzarlikka nisbatan jamiyat qanday munosabatda bölayotgani bilan belgilanadi.
Binobarin, huquqiy savodxonlik — korrupsiyaga qarşi kuraşning muhim qalqoni. Öz huquqini bilgan, qonun talablarini anglagan va noqonuniy harakatlarga murosasiz munosabatda bölgan fuqaroni aldaş ham, uning huquqini poymol qiliş ham oson emas. Gazetalar esa ana şu qalqonni mustahkamlaşga xizmat qilişi lozim.
“Mingbuloq” gazetasi tahririyatida korrupsiya mavzusiga eʼtibor tasodifiy emas. 2025 yilda Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining “Korrupsiya jamiyat taraqqiyotining kuşandasidir” şiori ostida tarğibot işlarini olib boriş yönalişidagi davlat granti tanlovida “Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid, umrga zavol” loyihasi bilan ğolib bölganimiz tahririyat jamoasi zimmasiga yanada katta masʼuliyat yukladi. Bu loyiha orqali korrupsiyaga qarşi kuraşişni faqat gazetadagi maqolalar bilan çeklamasdan, uni aholi hayotiga yaqinlaştiriş, keng jamoatçilikni umumiy maqsad atrofida birlaştirişga harakat qildik.
Loyiha davomida gazetamizning barça sonlarida korrupsiya mavzusiga alohida örin ajratildi. Maqolalar, tahliliy materiallar va maxsus plakat-sahifalar tayyorlandi. Ularning bir qismi bosmaxonada plakat şaklida çop etilib, taşkilot va muassasalarga tarqatildi. Bundan asosiy maqsad faqat korrupsiyaning zararli oqibatlarini aytiş emas, balki odamlarning bu illatga nisbatan munosabatini özgartiriş, har bir fuqaroda şaxsiy masʼuliyat tuyğusini kuçaytirişdan iborat edi.
Zero, korrupsiyaga qarşi kuraşişni faqat bir taşkilot yoki bir soha doirasida amalga oşirib bölmaydi. Buning uçun jamoatçilikning faolligi, davlat idoralarining oçiqligi, fuqarolik jamiyati institutlarining taşabbuskorligi va ommaviy axborot vositalarining qatʼiy pozitsiyasi zarur. Şu nuqtai nazardan, loyiha materiallarining “Xalq sözi”, “Hurriyat”, “Vaziyat”, “Maʼrifat”, “Namangan haqiqati”, “Namanganskaya pravda”, “Taʼlim tahlilçisi”, “Ibrat”, “Namangan sadosi” kabi naşrlarda ham eʼlon qilinişi tarğibot qamrovini kengaytirişga xizmat qildi. Özbekiston Milliy axborot agentligi — ÖzA va Namangan viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlik ham mavzuning keng jamoatçilikka yetkazilişida muhim örin tutdi.
Loyiha doirasida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi bilan hamkorlikda “Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid, umrga zavol” mavzusida nazm va nasr yönalişlarida ijodiy tanlov taşkil etildi. Tanlovning öziga xos jihati şunda böldiki, korrupsiyaga qarşi kuraşiş ğoyasi faqat huquqiy tuşuntirişlar bilan emas, balki badiiy tafakkur va ijodiy yondaşuv orqali ham ifodalandi. Har ikki yönalişda 12 nafardan ijodkor ğolib deb topilib, munosib taqdirlandi. Bu esa qalam ahlining jamiyat oldidagi masʼuliyatini yana bir bor namoyon etdi.
Loyihamiz doirasida orttirilgan tajriba bizni yana bir muhim xulosaga olib keldi: korrupsiyaga qarşi tarğibot faqat tanqid va ayblovlardan iborat bölib qolmasligi kerak. Albatta, aniqlangan muammolarni oçiq körsatiş, kamçiliklarni dalillar asosida tahlil qiliş va masʼullardan javob talab etiş jurnalistikaning muhim vazifasidir.
Çunki jamiyatda “hamma şunday qiladi” degan qaraşning paydo bölişi korrupsiyaning eng xavfli maʼnaviy oqibatlaridan biridir. Agar odamlar noqonuniy harakatni odatiy hol deb qabul qilsa, unga qarşi turiş irodasi ham susayadi. Halollikning amaliy natijalarini körsatiş esa bu tasavvurni özgartirişga yordam beradi.
Şu bilan birga, jamoatçilik nazoratini kuçaytirişda jurnalistning masʼuliyati ham juda katta. Korrupsiya haqidagi har qanday maʼlumot tekşirilişi, faktlar bir neça manba asosida örganilişi, insonning şaʼni va qadr-qimmati himoya qilinişi şart. Asossiz ayblov, tekşirilmagan xabar yoki şov-şuv ortidan quviş adolatga xizmat qilmaydi.
Bugun tahririyatimiz uşbu yönalişdagi işlarni yangi bosqiçga olib çiqişni maqsad qilgan. Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining Namangan viloyati bölinmasi tomonidan ötkazilgan “Namangan viloyatida ijtimoiy muammolarni hal etişga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etiş” mavzusidagi davlat granti tanlovida “Korrupsiya jamiyat taraqqiyotining kuşandasidir” şiori ostida tarğibot işlarini olib borişga qaratilgan “Jamiyat va korrupsiya” loyihasi bilan ğolib bölganimiz bu boradagi intilişlarimizning mantiqiy davomidir.
Yangi loyiha doirasida avvalgi tajribalarni boyitiş, yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş, tarğibotning taʼsirçan usullaridan keng foydalanişga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Taşkilot va muassasalarda “Mingbuloqni korrupsiyasiz tumanga aylantiraylik!”, “Korrupsiya — kelajakka tahdid”, “Korrupsiyasiz soha”, “Korrupsiyasiz muassasa”, “Biz korrupsiyaga qarşimiz” kabi mavzularda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni yanada mazmunli taşkil etiş rejalaştirilgan. Bunda aholining turli qatlamlari, ayniqsa, yoşlar bilan muloqotga, ularni qiziqtiradigan zamonaviy tarğibot şakllariga keng örin beriş közda tutilgan.
Biz, jurnalistlar, bu borada sözning masʼuliyatini çuqur his etişimiz kerak. Qalam orqali muammoni kötariş, haqiqatni dalillar bilan oçib beriş, fuqaroga huquqiy yöl körsatiş va jamiyatda halollik qadrini oşiriş kasbiy burçimizdir. Gazeta jamoatçilikning közi, quloği va ovozi bölib qolar ekan, uning har bir sahifasi inson manfaati, adolat va qonun ustuvorligiga xizmat qilişi lozim.
Qosimjon AKBAROV,
“Mingbuloq” gazetasi muharriri,
“Şuhrat” medali sohibi,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
