ÖZBEKISTONDA BIZNESNI RIVOJLANTIRIŞ ISTIQBOLLARI

“Biznesni rivojlantiriş banki” taşabbusi bilan taşkil etilgan xalqaro forum mavzusi ana şunday nomlandi

“Biznesni rivojlantiriş banki” qulay kreditlar ajratiş, soha vakillarini tadbirkorlikka öqitiş, ularga maqbul loyihalar taqdim qiliş, faoliyatini moliyalaştirişda katta mavqega ega bölgan bank muassasasi hisoblanadi. Kuni keça “Biznesni rivojlantiriş banki” aksiyadorlik tijorat bankining korporativ universiteti taşabbusi bilan Moskva “Skolkovo” boşqaruv maktabi hamkorligida iş boşlagan xalqaro biznes forumi mazmun-mundarijasi yuqoridagi mavzuga asosan iş boşladi.

Poytaxtimizdagi “Intercontinental Tashkent” mehmonxonasi anjumanlar zali. Forum koordinatori “Skolkovo” boşqaruv maktabi faxriy professori Yelizaveta Sadova anjumanni oçib beriş uçun Özbekiston Respublikasi “Biznesni rivojlantiriş banki” boşqaruvi raisi Saxi Annakliçevni minbarga taklif etdi.

Bank boşqaruv raisi Saxi Annakliçev, avvalo, anjumanga yiğilgan mamlakatimizdagi yirik kompaniyalar taʼsisçi va rahbarlari, tadbirkorlar, tegişli davlat idoralari vakillari, şuningdek, xalqaro ekspertlar, biznes taʼlimi sohasi mutaxassislarini samimiy qutladi.

— Biz ançadan buyon bunday hamkorlikni yölga qöyişni niyat qilib yurardik, — dedi bank boşqaruvi raisi. — Forumni ötkazişdan asosiy maqsadimiz iştirokçilarga bozordagi özgarişlar va davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yönalişlari haqida batafsil maʼlumot beriş, biznesni rivojlantiriş va boşqarişning zamonaviy vositalarini taqdim etiş, şuningdek, bank, hamkorlar va xalqaro ekspertlar örtasida töğridan-töğri muloqot qiliş imkoniyatini yaratişdir.

Moliya muassasasi rahbari mamlakat iqtisodiy siyosatining bugungi kundagi ustuvor vazifalari haqida ham fikr yuritar ekan, davlat ahamiyatiga molik muhim tarmoqlar va zamonaviy boşqaruvda kadrlarga bölgan talab ortib borayotganini alohida taʼkidladi.

Moskva “Skolkovo” boşqaruv maktabi rektori Aleksandr Kim söz olib, biznes forumi iştirokçilarini qutladi. Mazkur muloqotlar tadbirkorlar va biznes rahbarlari uçun yangi bilim va boşqaruv tajribasini egallaş, öz faoliyatida zamonaviy yondaşuvlarni qöllaş, istiqbolli hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş hamda biznesni rivojlantirişning yangi imkoniyatlarini kaşf etişga xizmat qilişini aytdi.

Forumning oçiliş marosimida “Biznesni rivojlantiriş banki” ATB boşqaruvi rahbariyati, korporativ universitet vakillari iştirok etdi.

Anjumanning birinçi kunida kompaniyalar taʼsisçilari, kuzatuv va boşqaruv kengaşlari aʼzolari, boş direktorlar hamda yuqori böğin rahbarlari uçun strategik rivojlaniş va korporativ boşqaruv masalalariga bağişlangan muhokama va taqdimotlar ötkazildi.

Unda Moskva “Skolkovo” boşqaruv maktabi vakillari hamda boşqa ekspertlar maʼruza va amaliy maşğulotlar bilan iştirok etdi.

Kun tartibiga köra, kompaniyalarda korporativ madaniyatni şakllantiriş, rahbarlar tayyorlaş, global megatrendlarning biznesga taʼsiri, xalqaro muzokaralarda madaniyatlararo muloqot, kompaniya strategiyasi va biznes modelini takomillaştiriş, mahalliy brendlarning global bozordagi raqobatbardoşligini oşiriş kabi mavzular haqida ham fikr almaşildi.

Tadbirkorlar va rivojlanayotgan biznes vakillari uçun amaliy masalalarga yönaltirilgan taqdimotlar qilindi.

Unda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari, “Biznesni rivojlantiriş banki” mijozlari, tadbirkorlar, “Yandex Uzbekistan”, “Tadbirkor ayol” (“Business Woman”) uyuşmasi va boşqa taşkilotlar vakillari, şuningdek, “Skolkovo” boşqaruv maktabi ekspertlari iştirok etdi.

Tadbirkorlikni kengaytiriş uçun zarur moliyaviy resurslar, yangi bozorlarga çiqiş, malakali kadrlarni jalb qiliş va biznes hamkorliklarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, liderlik, şaxsiy samaradorlik, rahbarning zamonaviy boşqaruv kompetensiyalari va sunʼiy intellektning rahbarlik faoliyatiga taʼsiriga alohida eʼtibor qaratildi.

Dastur doirasida iştirokçilar tanlovi asosida ötkaziladigan tematik seksiyalar hamda “Kulturalli” nomli biznes-öyin ham mavjud. Uşbu maşğulotlar turli işbilarmonlik madaniyatlari bilan işlaş, jamoaviy hamkorlik va madaniyatlararo muloqot könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan.

Forum davomida ekspertlar va iştirokçilar örtasida fikr almaşiş, hamkorlik aloqalarini örnatiş, bank hamkorlari bilan uçraşuvlar va netvorking tadbirlari ham taşkil etildi.

Forumda iştirok etayotgan “Urban track” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Sarvar Mirtursunov bilan muloqot qildik.

— Uzoq yillardan beri “Biznesni rivojlantiriş banki” bilan hamkorlik qilib kelmoqdaman, — dedi Sarvar Mirtursunov. — Uşbu anjumanda, ayniqsa, yoş tadbirkorlar dunyo miqyosida biznesni rivojlantiriş uçun nimalarga eʼtibor berişi, professional yondaşuv qanday bölişi kerakligi xususida qimmatli maslahatlar olişmoqda. Biznesda nostandart holatlarni hal qilişda professional mutaxassislarning maslahatlari nihoyatda ahamiyatlidir. Ayniqsa, biznes yuritişda har bir jarayonning içiga çuqur kiriş mexanizmini örganiş zarur. Bank bilan hamkorlikda iş örinlari yaratiş böyiça katta loyihalarni amalga oşirib kelmoqdaman. Keyingi ikki-uç yil içida birgalikdagi hamkorligimiz tufayli jamoamizning biznes darajasi bir neça baravarga rivojlandi. Biz Özbekiston hududida mikromobil xizmatlarni yölga qöyiş bilan şuğullanamiz. Bank bilan qilgan hamkorligimiz samarasi tufayli bugun 50 mingdan ortiq kuryerlar — yetkazib beruvçilarni iş bilan taʼminlaganmiz. Hozir ularning har biri oyiga 7 million sömdan 10 million sömgaça daromad qilişmoqda.

Sözimizni Moskva “Skolkovo” boşqaruv maktabi rektori Aleksandr Kimning quyidagi fikrlari bilan yakunlamoqçimiz: “Uşbu anjumanda faqat çiqişlar va maʼruzalar tinglaş bilan çeklanib qolinmaydi. Biznes vakillarining qölga kiritgan yutuqlari tajribasi va ularga erişiş yöllari körsatilib berilayotgani bilan forumning ahamiyati kattadir”.

Dilmurod QIRĞIZBOYEV,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi

aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan