TEMURBEKNING “URHO”SI

(Ikkinçi maqola)

V.Çerevanskiyning “Amir Temur” tarixiy solnomasi (rus tilidan Amirqul Karim va Xurşid Döstmuhammad tarjimasi) bilan tanişiş kişida ziddiyatli taassurotlar uyğotadi, çamasi. Avvalo, imperialistik kayfiyatda bölgan mamlakatda bir çimdim bölsa-da, samimiyatga qorişgan va tarixiy haqiqat yuziga bunçalik tik qarab yaratilgan asarning paydo bölişi ajablantirsa, boşqa tarafdan, bundan qariyb bir yarim asr oldin ilmiy davralarda, tadqiqotçilar xazinasida Sohibqiron Amir Temur haqida şunçalik boy maʼlumot mavjudligi hayron qoldiradi.

Yaşirib nima qildik, mana, 35 yildan beri bu uluğ merosga egalik qilişni daʼvo qilib kelayotgan xalqning unça-bunça ziyolilari 130 yil oldin ilmiy muomalada bölgan köplab oddiy maʼlumotlarni hamon bilmaydi. Bu kitob öşa davr ilmiy salohiyatini namoyiş etişda, Amir Temur, umuman, Temuriylar merosining jahonşumul ahamiyatini his etişda hamda dunyo maʼrifiy ommasi bu xazinadan foydalaniş uçun qanday jiddu jahd körsatganini tasavvur qilişda juda asqatadi. Rostdan ham, Amir Temurning insoniyat tamaddunini şakllantirişdagi bunyodkorligi va meʼmorçiligi şuhrati har qanday tösiqlarni parçalab, davlatlar va tuzumlar qiyofasiga jiddiy, hatto hal qiluvçi taʼsir etgani aniq haqiqat ekan.

Albatta, keyingi yillarda bu mavzuda köplab asarlar yaratildi, kimlargadir rizq-nasiba eşiklari oçildi (şunçaki maʼmuriy-rasmiy talab bilan qançalab ilmiy işlar himoya qilindi), ammo bu merosni çinakam vatanparvarlik bilan rivojlantiriş, ilmiy izlanişlarning xalqaro konsepsiyasini yaratiş, tadqiqotlarda ilgari surilgan fikrlarni markazlaştirib tasniflaş, hatto kişi va joy nomlarini unifikatsiya qiliş (bir xillaştiriş) borasida tayanç yumuşlar amalga oşirilmadi. Natijada, azbaroyi qiziqişning kuçliligi tufayli bu mavzuda “tadqiqot”lar, turli bitiklar köpaydi, bilgan-bilmagan “temirçi”likka (akademik Böriboy Ahmedov sözi) ötib ketdi. Iş şu darajaga borib yetdiki, mavzu fidoyilari dabdurustdan taşabbusni qölga olib, havaskorlarça qomus yaratişga ham jurʼat etdilar; holbuki, mavzuning salobati va kölamini hisobga olsak, bu hukumat darajasidagi yumuş edi… Birgina “davlatçilik…” mavzusida 4-5 doktorlik işi himoya qilindi-yu, yangi kaşfiyot oçgan yirik olimlar közga taşlanmadi; köp jildlik epopeyalar yaratildi, ammo ular yo jamoatçilikka yetib bormadi, yo zarur darajada eʼtibor qozona olmadi — kitobxonlar hamon “eng, eng…” kitoblarni kutib yaşamoqda. Ana şunday olaquroq manzara fonida bir davlat maxfiy xizmatçisining bitiklari diqqatni tortib turibdi. Bu hol aslo tasodif emas, çunki asillik doim eʼtiborda bölib qolaveradi.

V.Çerevanskiy (1836-1914)ning bu kitobi (umuman, “Ikki tölqin” asari) maxsus, jiddiy tadqiqotni talab qilar ekan. U bizning tariximizga tutilgan oynadan tuşgan bir tola nurga öxşasa-da, bu nur kesimida havodagi jami quyqalar aks etgandek taassurot uyğotadi. Bu holni kitobga yozilgan “Sözboşi”ning (1-kitob, 11-bet) ilk satrlaridan anglaş qiyin emas. Muallif öz muddaosidan kelib çiqib, uşbu zaminga möğullar va islomiylarning kelişini birinçi tölqin deb atasa, Rossiyani “Tinç ummoniga, Markaziy Osiyoga, çingiziylar va temuriylar yurtiga” yetaklab borgan harakatni ikkinçi tölqin deb ataydi va heç yaşirib ötirmasdan: “Ilk tölqinda tutqunlik va qullik kelgan bölsa, ikkinçi tölqin ortidan nasroniylik ahdlari va madaniyat kirib keldi”, deb yozadi. “Çingiziylar va temuriylar hamda ularning vorislari ikkinçi tölqin qudratiga tan berib, endi Rossiyaga yutqazdilar…” Mahalliy xalqlarning ruslar kelgunça madaniy ahvoli “noçor” bölganini qayd etib, beçoralar “Payğambar davomçilari bölgan ulamolarning butkul jaholati sabab hanuz ibtidoiy, daxlsiz gödaklik holatida qolib kelmoqdalar”, deya oçiqçasiga yozadi. Maqsadini anglatib, “bu taʼlimot rus olimlari tomonidan butunlay qayta işlanişini va anglangan holatga keltirilişini kutmoqda”, deya taʼkidlaydi hamda “bu vazifani ilgari surişdan avval madaniyat taşuvçilarning özlari ham çingiziylar va temuriylar, ularning tarixiy yuksalişi, şon-şuhrat çöqqisiga çiqişi va jahoniy mohiyatini boy beriş sabablari bilan mumkin qadar batafsilroq tanişib olişlari zarur”ligini uqtiradi. Demak, bu eʼtiroflar asarlarning ana şunday strategik maqsaddan kelib çiqib, buyurtma bilan yozilganini tasdiqlaydi.

Davomida şu paytgaça qilingan amallarni (bunday harakat 150 yil, balki, undan ham oldin boşlangandir – H.S.) sanab ötar ekan, hozirgaça olib borilgan kuzatişlarda “tizimlaştirilgan işlarning yöq”ligini, tadqiqotlar “ilmiy maqsadlarga xos til”da yozilganidan, garçi öquv yurtlaridagi kafedralar, harbiy olimlar dunyosida muhim ahamiyatga ega bölsa-da, ommaning “tarbiyasini, oyoqqa turişini” şakllantiriş, taʼminlaş uçun heç narsa berolmasligini oçiqça tanqid qiladi. Maʼlum böladiki, muallif öz yurtining uzoqqa möljallangan siyosatini his etib, bu yumuşda kuraş maydoniga butun ommani safarbar qilişni, buning uçun ularni tarixiy maʼlumotlar bilan qurollantirişni, şu orqali milliy ruhiyatni örganib, maqsadga erişişning maʼrifiy asoslariga tayanişni sidqidildan orzu qiladi. Demak, “muallif eng kamida öz ezgu niyati, ğarib mablaği (?) miqyosida mana şu kamçilikni töldiriş”, Markaziy Osiyo tarixi bilan jamoatçilikni taniştiriş va imperialistik ğoyalarni amalga oşirişda ularning ongli iştiroki hamda taʼsirini kuçaytirişga intiladi — mana, mohiyat nimada, imperator mahkamasining maxfiy xizmatçisi iqtidorini nimaga sarflayapti!

Kitob maxsus topşiriq bilan yozilgani aniq, ammo raqib tomon kuçining salmoğini oçiq körsatiş, qanday kuçga qarşi borayotganini taʼkidlaş uçun bölsa kerak, muallif haqiqatdan köz yuma olmagan va baʼzi örinlarda öz saviyasi darajasida bu merosning umuminsoniy qadriyatlarni yuksaltirişdagi mavqeini tasdiqlovçi muhim konseptual ilmiy xulosalarni ham oşkora bayon etgan. Lekin topşiriq nuqtai nazaridan asarlarning ruhi qoralaş va inkor etiş yönalişida bölib, har bir unsurga mafkura böyoği singdirilgan (kitobning şu ruhdagi Ibn Arabşoh asaridan farqi şundaki, yevropaça öziga xos nazokat bilan oçiq haqoratdan qoçilgan, biroq munosabatini paxtaga örab, toş qilib otgan).

Bugungi kun tadqiqotçisi, qolaversa, kitobxoni uçun yana bir qadrli jihat — muallif öz fikrlari mustahkam asosga egaligini tasdiqlaş maqsadida foydalanilgan adabiyot va boşqa manbalarning ança mukammal röyxatini keltiradiki, oçiqça eʼtirof etiş kerak — hali-beri bizning milliy tadqiqotçilarimiz ularning köplarini qöliga uşlab, varaqlab köriş u yoqda tursin, nomini ham eşitmagan çiqar. “Rus yilnomalari töliq jamlamasi”, “Davlat yorliqlari va şartnomalari jamlamasi”, “Imperator Fanlar akademiyasi xabarlari”, “Qrim işi”, “Katta loyiha kitobi” singari yigirmaga yaqin arxiv hujjatlari, Banzarov, lama Gombayev, Magakiy, O.Iakinf, A.Kazambek singari kam uçraydigan nomlarning keltirilişi esa bizning tariximiz qançalik keng doiralarda ikir-çikirigaça örganilgani yoki qayd etilgani haqida xabar berişdan taşqari, kelgusidagi tadqiqotçilar oldida ular va boşqa “teşa tegmagan” manbalar bilan tanişiş, ular yuzasidan izlanişlar ötkaziş vazifasi turganini bildiradi.

Körinib turibdiki, hali milliy temurşunosligimiz katta yumuşlar ostonasidan içkariga maʼlum qadamlar qöygan, xolos. Yana bir gap: bobokalonimiz merosining jahoniy kölami şundaki, ul zot “yigirma yetti davlatni bir tuğ ostida” birlaştirgan. Rus şulardan biri edi. Holbuki, tasarrufda bölgan va yillar davomida xos tartiblar bilan yaşagan boşqa mamlakatlarning ham öz “Temurnoma”si bor. Bularning eng yiriklari — arab, fors, möğul, xitoy, hind, Yevropa olimlari izlanişlari yuzasidan axborot darajasida maʼlumotga egamiz, xolos. Vaholanki, xalqaro tadqiqotlardagi kul ostida qolib ketgan haqiqatlarni yuzaga çiqariş, ularni merosxörlik masʼuliyati bilan çang-ğuborlardan tozalab, ilmiy muomalaga qöşiş bizning vatanparvarlik burçimiz emasmi? Ana şunday keng kölamli, olamşumul yumuşlar amalga oşsa, şundan sönggina biz faxrli ajdodimiz Sohibqiron Amir Temurni yanada kaşf etdik, deya kökrak kersak arziydi. Hazratning özlari bu borada ibrat körsatgan ekanlar: bir yurişda qölga tuşgan kitobni “Biz öqiy olmaymiz” degan vaj bilan yoqib yubormoqçi bölganlarida, ularni töxtatib, “Balki, unda bizning taqdirimiz yozilgandir. Yoqmang! Hali ularni öqiydigan avlod yetişib çiqadi”, degan ekanlar. Har holda, bu yölda uluğvor işlarga kirişilgani, ayni eng çigal kitoblarni öqiydigan avlod yetişib çiqayotgani ham bor gap…

Şuningdek, muallif V.Çerevanskiy Şarq qölyozmalari bilan tanişganini, “Ötror xarobalarida, Samarqandning Registonida, Ahmad Yassaviy qubbasi ostida, Bibixonim va Amir Temur xilxonalarida köp narsalarni köriş va eşitiş”ga muyassar bölganini, qon daryolari oqqan, otliqlar töfoni çangi qolgan çöl va vodiylarni kezganini, hali yöqolişga ulgurmagan Çöponota, Afrosiyob tepaliklariga kötarilganini qayd etadi. Xöjalar, hojilar, söfiylar bilan dilkaş suhbatlar qurgan (bularni taʼkidlaşdan maqsad: bugungi kun tadqiqotçilaridan kimlar öz izlanişlari juğrofiyasi bilan maqtana oladi?); natijada şunçalar köp manba töplanganki, “eng muhimlari… ijodiy iş dasturiga kiritilgani, kam tanilgan yuzlab tödalar va töqnaşuvlar taqdiri azalning keskin talablari bayroği soyasida tuşirib qoldirilgani”, yaʼni kitobga kiritiş imkoni bölmaganiga işora qilinadi.

Ana şu möl-köl xazinada boşqa manbalarda, “Zafarnoma”larda uçramaydigan köplab maʼlumotlar borki, ularning mundarijasi ham köplab jiddiy tadqiqotlarga ozuqa beradi. Olaylik, “Temur suvi” (quduqlar), “Temur qalandar” (qalandarxona), “Mir Said Baraka saylanuvçiga oltin belboğ, yarqiragan qiliç, dur közli sirğa hadya etdi” (2-kitob, 133-bet), Kunöğlon (ot) yoki uç pallali adolat tarozisi (280-bet) va şunga mos tarzda uç oyoqli kursi singari köplab maʼlumotlar batafsil izlanişlar manbai böla oladi.

Kitoblar şu jihatlari bilan eʼtiborli bölsa-da, yo ataylab, yo milliy mentalitetni bilmaslikdan, yoki köplab tarixiy dalillarni tizimlaştirişda qiynalgani sababli muallif baʼzi jiddiy xatolarga ham yöl qöyadi. Bu xatolar genealogiyadan boşlab ayrim yurişlarning mohiyatini töğri anglamaslikkaça bölgan ufqni qamrab oladi (bunday hollar ataylab rus manfaatlariga xizmat qiliş muddaosida buyuk tarixning şu mantiqqa tegişli jihatlarini şarhlaşda köproq közga taşlanadi – H.S.). Masalan, amir Qozağon şaxsiga doir tafsilotlar faqat bu asarlarda emas, umuman, bugungi kun tarixnavisligida juda çalkaş yoritilgan, bu hol V.Çerevanskiyda ham davom etadi (“qonxör Qozağon” — “amir Qozon” (?), 2-kitob, 57-bet, boşqa maʼlumotlar ham…). Albatta, Töxtamişxon faoliyati rus tarixi bilan köp jihatdan boğliq, muallifning bu yönalişdagi fikrlari eʼtiborli, lekin öz dunyoqaraşidan kelib çiqib, uning şaxsiga yetarliça baho bera olmagan yoki buni xohlamagan.

Şarhlarni öqib, beixtiyor Töxtamişdan bir asrdan köp vaqt oldin yaşab ötgan Xorazmşoh Jaloliddin Manguberdi talʼati köz oldimga keldi. Bu ikki uluğ zot qaysidir jihatlari bilan öxşaşdek tuyuldi: jasurligi, maqsad yölida sobitligi, taqdiri va qismati… Ammo ular bir közguning ikki tarafidek taassurot qoldiradi: Jaloliddinning faoliyatida boş maqsad ezgulikka — yurtni bosqinçilardan ozod qilişga qaratilgan. Töxtamiş esa fitna qurboni — u atrofidagi nobakor kimsalar qutqusiga uçib, öz otasi qatori möʼtabar zotga qarşi qiliç kötaradi. Jaloliddin — oqlik, nur timsoli, Töxtamiş esa qoralik, zulmat timsoli (dixotomiya — “oq-qora dunyo” usuli böyiça tahlil qilinsa, juda rang-barang manzaralar yuzaga çiqadi…). Eng qiziği — ikkalasi ham jang maydonida, oçiq töqnaşuvda emas, özlariga yaqin odamlar qölida mahv böladilar… Har bir unsurda bir hikmat, tarix esa möʼjizalar sandiği, deganlari şu bölsa kerak-da.

Şuningdek, V.Çerevanskiy asarining 2-qismi — “Amir Temur”da asosiy vazifasi — missionerlikka astoydil xizmat qilişga, Temuriylar saltanatining muzaffariyati — yutuğining miridan-sirigaça kaşf etişga yurakdan intilgani seziladi. Uning uçun közga taşlanmaydigan kiçkina unsur ham ahamiyatli tuyuladi. Kitobda keltirilgan Temurbekning qalandarlar, darveşlarga alohida eʼtibori-munosabati, bu tabaqaning tarixiy mavqeini atrofliça örgangani (sunniy va şia darveşlarining tariqat amallari, libosidan tortib anjomlari — sunniylar hassa, şialar bolta olib yurişigaça), muvaffaqiyatlar siri, jumladan, maxfiy xizmatni taşkil qiliş bilan astoydil qiziqqanini körsatsa, Kök Örda haqidagi fikrlari, Qozağonga munosabat, Balx, Hirot, umuman, Xurosonga yurişlar, Mamay şaxsiga iliq munosabat, Kulikovo maydonidagi söqiş tahlili, Xitoy azmidan oldin Turkistonga, Ahmad Yassaviy turbasining ziyorat qilinişi, sönggi — Xitoy safari tafsilotlari hali kam uçragan maʼlumotlarga boyligi bilan eʼtiborli va ularning har bir satri batafsil örganiş uçun yetarli yuk böla oladi. Xuddi şuningdek, davlat boşqaruvi unsurlariga, yuqori tabaqaning öz tobelariga munosabatidan tortib, kengaş, qurultoy singari maşvaratlargaça katta eʼtibor berilgani diqqatni tortadi. Hatto muallifning bu boradagi baʼzi kuzatişlari, xulosalari bugun ham zarur ahamiyatini yöqotmagan. Şu jihatdan bu asarlarni şunçaki tarixiy xronika emas, maʼlum maqsadli tadqiqot deb ham ataş mumkin.

Umuman, bu kitoblar muallifning öziga xos ravon uslubi, tarixiy dalillarga boyligi bilan teran muşohadalarga sabab bölişi şubhasiz. Baribir maʼrifatli inson, fidoyi tadqiqotçi sifatida Vladimir Pavloviç qay darajadadir mehr qozonadi; köp örinlarda (masalan, yurtimizda maktab-madrasa tarixi tahlili, voqelikka, odamlarga — tança yonida keçgan uzoq gurunglardagi ertakçi kampir, hoji domla, tajribali ovçilarning samimiy tasviriga) xolisona munosabati, haqiqatni mardona eʼtirof etişi tahsinga sazovor: (“Temur(bek) siymosida bölğusi allomai zamon yetilib kelayotganini köradilar” (53-bet); “Muqaddas va buyuk kişilar mozorini ziyorat qiliş Temurning odatiga aylangandi” (181-bet); “Temur öz olimlari bilan kengaşdi” (232-bet); “Temur yilnoma va kitoblarni sevimli kişilarining ijod mahsulidek eʼzozlardi” (258-bet) kabi köplab qaydlar…).

Taassufki, 2-qism “Amir Törağay oilasida öğil tuğildi” sarlavhali bölim bilan boşlanadi va uning ruhi asarning davomidan tubdan farq qiladi (bir muharrir va muallif sifatida köngildan şunday iştiboh ötadiki, V.Çerevanskiy öziga kitob buyurtma qilganlarga boşida şu maʼlumotlarni yozib kiritgan va ularning qöllovini olgan – H.S.). “…Taqdir kitobida Çingizxondan keyin ikki asr ötib, uning öziga öxşaş qudratli, uluğvor va böysunmas muovin — örinbosar dunyoga kelişi başorat qilingan edi” singari qaydlardan söng kitobning davomida ham, boşqa manbalarda ham uçramaydigan salbiy böyoqdagi maʼlumotlar keltiriladi: “Na amirning özi, na-da uning ota-onasi öz avlodiga ne boisdan Törağay, yaʼni “bedana” degan nom berilgani tarixini bilmaganlar” (gap Temurbekning otasi haqida, 13-bet); “Ayş-işratu bazmi jamşidga mukkadan ketgan amir…” (14-bet); “… Quyoş va Oy bu hovlida biror dafʼa namoz öqilganiga guvoh bölmagan…” (16-bet). (Joyida bitta izoh: “Tarağaybek ulamo va sulaho va muttaqiylarga muşfiq va mehribon erdi va bularning majlisida borur erdi”. “Zafarnoma”, 1997 yil, 12-bet).

Şunday ğarazli qaraş davom etadi va bir sahifada ikki bora “…odamlar kallasidan minora…” (24-bet) sözlarini takrorlaşgaça boriladi. Bunday qora çaplaşni kimlarnidir çalğitiş uçun qilingan usul deb tuşunsa böladi, negaki, kitobning davomida bunday asossiz daʼvolar takrorlanmaydi, aksinça, muallif mantiği tarix haqiqati qarşisida boş egadi. Ana şunday ziddiyatli manzaralarga boy bölgan asar, albatta, mufassal örganişga loyiqdir. Attila haqida gap ketganda (asosan, 1-kitobda) uning möğul, turk yoki xitoy qavmidan qay biriga mansubligi yoxud Xitoy devorining içida yoki taşida bölgani maxsus izohni talab qiladi. Muallif bir neça örinda mahalliy aholini “tojik”lar deb ataydi. Holbuki, Turon azaldan köp millatli ölka bölgan. “Tojik” sözining qöllanilişiga sabab — u bölgan bozor, karvonsaroy va boşqa jamoat joylarida forsça sözlaşadigan odamlarning ustunligi bölsa kerak. Vaholanki, bu tamaddun bilan boğliq bölib, arablardan boşlangan taraqqiyot forslarga (keyinçalik turkiylarga) ötgan va öşa paytda aholining savodli qatlami fors tilida muomala qilgan (xuddi bir paytlar Yevropada fransuz tili urf bölgandek). Konigildagi töy tafsilotida juda köplab yangi maʼlumotlar keltiriladi: oltin daraxt, dor tikilişi va aybdorlarning jazolanişi (şunday tantana bölsa ham), munajjimning başorati… Bu dalillar yangiligidan taşqari, manbasining qayerdaligi bilan qiziqtiradi…

Kasbi taftişçi bölgan muallif qölga kiritgan manbalarini ham jiddiy nazardan ötkazadi, manzarani yaxlit va tölaligiça aks ettiriş uçun maʼlumotlardan yetarliça foydalanadi. Şu jarayonda tarixning çinakam haqiqati böy körsatib qoladi. Ayniqsa, Sohibqiron faoliyatini islom dini arkonlari talablariga suyanib şarhlaşi alohida eʼtiborga molik (“Islom ustuvor kelişini istagan har bir mömin Temurni qöllab-quvvatlagay”, 132-bet). Şuningdek, bu iqtidorda köçmançilar udumlari ham saqlanayotgani eslatiladi (“Mir Said Baraka qudratli hukmronlik ramzi sifatida qöyning kuragini uzatadi…”, 133-bet)… Yuqoridagi mulohazalardan körinib turibdiki, bu ikki kitobni şunçaki mutolaa qiliş mumkin emas, ular köplab bahs-munozaralarga sabab bölişi tabiiy. Bu esa öz mohiyati bilan ijobiy hodisa, negaki, qadimgi hikmatda aytilganidek: “Haqiqat bahs-munozaralarda tuğiladi”. Demak, kitoblarning çop etilişi öziga xos hodisa; albatta, naşrning bosma sifati ham u bilan tanişganlarda öziga xos munosabat uyğotadi. Ezgu maqsad yölida esa köplab musahhihlik xatolaridan köz yumişga töğri keladi; holbuki, ular har bir satrni, desak, juda lof böladi-yu, lekin har bir sahifani “bezab” turibdi: qurolsizlik — qurolsozlik, öçoqlar tutib — tutab, şoir — şior, Brama — Braxma, adolatsozligi — adolatsizligi singari imlo xatolari mazmunga taʼsir etiş “qudrati”ga ham ega…

Kitobning 52-betida şunday gap keladi: “Agar öğli Ismoilni şu yerda tuqqan…”. Fikr tugaydi, lekin mazmun mavhum. Gap Mino vodiysi yuzasidan ketayotgan edi. Demak, Ismoilni şu joyda Hojar ona dunyoga keltirgandi (holbuki, kitobning 1-jildi, 12-betida xuddi şunday eslatma bor!). Maʼlum böladiki, “Hojar” sözi “Agar”ga aylanib ketgan va mavhum holat yuzaga kelgan. Aslida, kitob naşrining zahmatini işi tuşgan odam yaxşi biladi. Qölimizdagi kitoblar ham öziga xos qiyofaga ega: muxtasar sözboşilar yozilgan, ança hafsala va iştiyoq bilan 1898 yilgi Peterburg naşridagi asliyat qiyofasi saqlab qolingan, rassom V.Karazin işlagan suratlar kiritilgan, Özbekiston xalq şoiri Xurşid Davron yozgan izohlar ilova qilingan. Albatta, baʼzi juzʼiy hollar kitobning mavqeiga soya sola olmaydi. Holbuki, hali aniqlik kiritilişi, izohlanişi, tekşirib körilişi lozim bölgan örinlar yetarli. Umuman, bu buyuk hayotning sirlari köp. Jumladan, qaysidir davralarda Sohibqiron hayotiga zaharlaş yöli bilan suiqasd qilingani taxmin qilinmoqda. Bundan ham mantiqli faraz: öşa qiş sönggi safar davomida xitoylar ataylab dovonga haddan taşqari köp qor yoğdirmadimi, çunki ular şamol yönalişini özgartira olganlar (“loy jangi”dagi yada toşi bunga tasdiq, ularning tarixida bunday hollar bölgan: “Qizil qoya” jangi va boşqalar…). Holbuki, oldingi yillarda öşa hududlarda bunday ob-havo kuzatilmagan…

Xullas, yangidan-yangi izlanişlarni kutib turgan va kaşfiyotlari maxfiy bölib qolayotgan mavzuda, umuman, maʼnaviy bisotimizda muhokamaga va mulohazaga undaydigan yangi xazinalar paydo böldi. Umid qilamiz, bu asarlar jamoatçilikni beparvo qoldirmaydi, köplab tadqiqotlarga mavzu böladi.

Hakim SATTORIY.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan