O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi faoliyatidan

So'z va fikr erkinligi kafolati

 

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo'limi tomonidan O'zMTRKning “Andijon” teleradiokanali bilan hamkorlikda “So'z va fikr erkinligi kafolati” mavzusida ochiq muloqot o'tkazildi.

Tadbirda teleradiokanal xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdi. Unda so'z olgan O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyati bo'limi raisi Maxpura Artiqova “O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to'g'risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining “Ommaviy axborot vositalari” deb nomlangan 15-bobiga to'xtalib o'tib, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'lishi belgilab qo'yilayotganini alohida ta'kidladi.

Shuningdek,   ishtirokchilarga O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan e'lon qilingan “Oltin qalam” XVII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov shartlari va ijodiy materiallarga qo'yiladigan talablar tushuntirildi.

Ochiq muloqot savol-javobga boy tarzda o'tdi.

 

Matbuot anjumani va ijodiy

sayohat tashkil etildi

 

Qoraqalpog'iston Respub­likasi prokuraturasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani hamda press-tur — ijodiy sayohat tashkil etildi.

Unda respublika prokuraturasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmalari rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda so'zga chiqqanlar respublika prokuraturasi organlari tomonidan 2022 yilda ijtimoiy-iqtisodiy, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar masalasi, shuningdek, jinoiy, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy ishlar ko'rilishida sudlarda prokuror vakolatini ta'minlash borasidagi ishlarga to'xtaldi. Shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularga qarshi kurashish, tezkor-qidiruv va tergov fao­liyatini muvofiqlashtirish, korrupsiyaga qarshi kurash, murojaatlarni ko'rib chiqish va boshqa yo'nalishlardagi ishlar qayd etildi. Shu bilan birga, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog'iston Respub­likasi boshqarmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar va sohaga havaskorlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari prokuraturada jismoniy va yuridik shaxslar qabulini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, respublika 2-sektor tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda prokuratura tarixi muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

 

Ijod maktabida davra suhbati

 

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo'limi tomonidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Buyuk Sohibqiron Amir Temur siymosiga ta'zim!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni ijod maktabi direktori vazifasini bajaruvchi Yoqutxon Jamolova ochdi. Davra suhbatida ishtirok etgan o'quvchilar Sohibqiron Amir Temur o'z davrida eng qudratli davlat barpo etgani, ilm-fan, madaniyat va ma'naviyat rivojiga keng yo'l ochgani, dunyo tamadduniga beqiyos hissa qo'shganini aniq dalillar, tarixiy manbalar asosida bayon etishdi.

Uyushma viloyat bo'limi mutaxassisi Muhayyobonu Qurbonova tadbirning ikkinchi qismida kelgusida jurnalistik faoliyat bilan shug'ullanish istagida bo'lgan o'quvchilarga “Nega jurnalist bo'lmoqchisiz?” degan savolga ularning javobi tinglandi.

Iqtidorli o'quvchilar Uyushma viloyat bo'limi qoshidagi “Yosh muxbirlar” to'garagiga qabul qilindi.

 

“Bir shoda marjon”

 

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Namangan viloyati bo'limi,   Respub­lika Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi hamda Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida taniqli jurnalist Qambar Haydarning “Bir shoda marjon” nomli kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Namangan davlat universiteti dotsentlari Zohidjon Sodiqov, Saidumar Saydaliyev, Mo'minjon Sulaymonovning ma'ruzasida 70 yoshni qarshi olayotgan ustoz jurnalist Qambar Haydarning ijodiga ilmiy-tahliliy yondashilib, dolzarb mavzularda bitilgan esselari, publi­sistik asarlari e'tirof etildi.

Uyushma viloyat bo'limi raisi Nosirjon Dehqonov iste'dodli yoshlar va umumta'lim maktablarining ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchilariga Qambar Haydarning ibrat bo'lgulik fazilatlari haqida gapirib berdi.

Ustoz jurnalistlar Rustamjon Ummatov, Boqimirza Umrzoqov, Lobar Rustamova, O'ktamxon Xoldorova, Gulchehra Murodova “Bir shoda marjon” kitobi yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi

Axborot xizmati

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 + 13 =