Tun yorilgan keça

Tun zulmati kunduz kunning yoruğidan ham quyuq edi. Kimsasiz hududda motor guvlaydi, içkarida qamalib qolgan odamlar uvlaydi, birov ğayriixtiyo­riy “Hukmjonni xorlama!” deb askiya qiladi. Huş joyiga kelgaç, idrok etganlari – maşinaning ikki eşigi ham oçilmas ekan. Örmonçi ğazabi jöşib ketdi çamasi, orqa derazalarni tepa boşladi. Şunda faqat şu tomondan çiqiş mumkinligi eslariga keldi, hoynahoy, qolganlar ham muştlay ketdi. Qulaşdan oldin haydovçi gazni oxirigaça bosgan çoği, motor borliqni boşiga kötarib uvvos soladi. Şu şovqinda şirilllagan tekis tovuş quloqqa çalinadi: bakdan benzin oqayotgan edi. Nima bölsa ham dudburonga tegmasin, olov çiqib ketadi-ya! Nihoyat, orqa deraza sindi va tuynuk oçildi. Zumda odam siğadigan dariça paydo bölib, beşovlon harsillab özini taşqariga oldi…

Zim-ziyo tun; soyning adoğida suv yaltiraydi, demak, daryo bor. Bu sinoatdan daryo ham gung bölgan, uning sasi quloqqa çalinmaydi. Asabiy temirning şovqinidan qoyalar dong qotgandek, aksinça, quloqni teşgudek sukunatda motorning ovozi aks-sado berib, uzoqlardagi mudroq toşlarni vahimali ökirik öqdek teşib ötadi yoki teşib öta olmaydi çoği, yana vizillab qaytib, borliqni vahimaga çulğaydi. Faqat kökda yulduzlar loqayd jimirlaydi, ular beparvo, dildirab turgan odamlarning mahzun ahvoli ularga begona. Nima böldi, özi? Yaxşi kelişayotgan edi, daryo böylab ketgan yöl bilan ravon yurişdi, keyin tikka yölga tarmaşib, dovonning boşiga çiqişdi. Qoyaning bağridan sizib çiqqan oyna buloq böyida hordiq çiqarişdi, söngra yana şunça pastga tuşdilar.

Vaqt hukmini ötkazdi, yana daryo sohiliga tuşib olganlarida zulmat çökkan, zim-ziyo borliqda faqat maşinaning közlari yaltiraydi, nur oqimi bilan qora tun bağrini tilimlab, olğa intiladi. Yöldagi dilxiraliklar ham esdan çiqqan, möljallangan manzilga ham oz qolgandi. Haydovçining çakagi tinmay, kiyik ovi sarguzaştlaridan lof urayotgandi, birdan maşina qiyşaydi, orqa ğildirak arnaga tuşdi, şekilli, çayqalib ketdi, haydovçi bor kuçi bilan pedalni bosdi. Maşina bir silkindi-yu, qarsillagan ovozlar yangrab, bir zumda odamlarning boşi kabina şiftiga tortilgan kigizga tegib qoldi: maşina ağdarilgan, tört oyoği bilan osmonni kötaradigandek bölib qolgandi çamasi.

Yozning çillasidagi salqin havo birdan huş­yor torttirdi, quyidan, daryo tarafdan ham muzdek şabada esardi. Hoynahoy, ikki metrlar çamasi pastga qulagan maşina ulkan toş va soy çetiga ilinib qolgandi. Soydan qayrilişda yölni suv yuvib ketgan, kavak joy ötlar ostida bilinmay turgan, şofyor qayrilişni qisqa olib, balon arnaga tuşgan va çiqib keta olmay, çalqança qulagandi. Ajablanarlisi – heç kimdan qon çiqmagan, faqat tegmanozik Hukmqul qornini çangallab, uh tortardi. Törtovlon nima röy berganini hali idrok etmagandi. Haydovçi qöl çözib, kalitni buradi va motorning nafasi öçdi. Hamon benzin jildirab oqar, yonğin çiqiş xavfi yöq, dudburon ança uzoqda edi.

Haydovçi sökindi-da:

— Palakat… Özi, yuvuqsiz ekansanlar-da, — dedi tutaqib. Ehtimol, ilk lahzadanoq maşinasi qança zarar körgani miyasiga urgandir, oçilgan tirqişdan içkariga kirdi-da, laş-luşlarni uzata boşladi. Kimsasiz vodiy. Zulmat qöynida loqayd tepalar, dördayib turgan qoyalar oydin yoruğlik fonida olisdan közga taşlanadi. Möljallangan manzil – örmonçilarning qönalğasi ikki-uç qir narida, şu joyga yöl tortişdan özga çora yöq edi. Göyo heç narsa sodir bölmagan, toş qotgan toğ tartiblari içida bu falokat heç narsaga arzimasdi. Biyday dalada ularni heç kim tanimasdi, taniydigan jon zotining özi yöq edi. Vahima içida qolgan tödaga örmonçilargina hamdard bölişi mumkin, xuddi böri çangaliga tuşgan   quyondek, beşovlon jovdirab, öşa najot manziliga köz tikişardi.

…Bu voqea ön yillar oldin Yakkaboğ tumanidagi Toşqörğon qişloği yaqinida röy bergandi. Tabiat işqibozi bölgan uç kişi poytaxtdan yölga çiqib, tumanga yetib borganida çoşgoh bölib qoldi. Bizga hamrohlik qilişi lozim bölgan mutasaddilar negadir vaqtni çözişar, hali uni, hali buni bahona qilib, ğanimat damlarni boy berişardi. Ne bir turtkilardan keyin yölga çiqilganda, bu safarga ularning tayyorgarligi ham, hafsalasi ham yöqligi aniq bölib qoldi. Azbaroyi “yuz qizilligi uçun” nari-beri yölga tuşişdi. Ayniqsa, haydovçi “Villis”ini yaqinda taʼmirdan çiqarganini qayta-qayta peş qilaverar, bu bilan “Böynini boylagan kuçuk ovga yaramaydi” degandek bölaverardi. Baribir past tuşmas, toğ yöllarining ança hadisini olgan şofyor tor izdan, egri-bugri söqmoqlardan maşinani bepisand boşqarib borar, mehmonlarga özining kimligini körsatib qöymoqçi bölardi göyo.

Mana, körsatdi ham! Öşanda yana bir marta köngilsiz işning keti böş bölişini, yölga norozi kayfiyatda çiqiş yaxşilik alomati emasligini boşdan ötkazib, bir işga qöl urişdan oldin ruhiyatni öşanga moslab olişga, yaʼni yoruğ fikrlarni köngilga joylaşga qatʼiy jahd qilganman va hozirgaça amal qilib kelgan eʼtiqodim aslo pand bermaganiga yana bir marta imon keltirganman.

Agar omad ketsa, odam töğri yölda qoqilib ketib ham bir balo topişi, Yaratgan asrasa, ajal ham işini paysalga solişi mumkinligi körinib turardi. Kimsasiz toğlar qurşovida umrni taroziga qöyib, maşinada qulaganimizda, biron kişining burni qonamay, soğ-­omon qolganiga hozirgaça şukrona aytamiz. Holbuki, zinapoyadan sirpanib yoki temir tösiqqa urilib şikast topgan va oylab yotib qolganlar qança?

Keyingi yillarda yozganlarimni jamlab, tartib berganimda hayot iltifotlarga va inqirozlarga töla ekanini yodimda tutib, şu ibratli voqeani esladim. Nafsilamrini aytganda, ayni damda kitob çiqarib, biror naf köraman deyiş osmonga qanotsiz parvoz qilişni orzu qilişdan ham battar xom xayol bölib qoldi. Ammo öjar bir içki haqiqat odamzotning taraqqiyoti ilm tufayli bölganini, kitob ilmning mamlakati ekanligini takrorlayveradi. Va bir sadoqatli işonç harakatlarni qatʼiylaştirişga, maqsaddan mosuvo bölmaslikka undayveradi. Ajdodlari ilm qirollari bölgan odamlar jaholat iskanjasidan yaqinda uyğonişlarini, ularni şu köyga solganlar qon qusişi aniq ekanini öqtiraveradi. Ğofil odamlarni – jarga qulayotgan olomonni közga körinmas bir kuç asrab qolişi mumkinligiga işontiraveradi (xuddi toğlar qurşovida beşovlonni bağriga olib, izdihomga qulagan maşinani ötovdek keladigan katta toş va etlam qiyalik örtasida asrab qolganidek!).

Inson özi körgan nekbinliklardan kuç olar ekan, şuning uçun iloji boriça yaxşi orzu qiling, yomon gapni gapiriş emas, uni eşitişdan ham uzoq böling, deb uqtirişar ekan. Nima bölibdi, hayot haqiqati ilmni qadrlaganlarning iqbolini beradi, ilmsizlarni ularga mardikor qilib qöyadi. Agar şoh va gadoning rutbasi bir bölsa, öqimay qöyaversin va şoh böliş uçun öqib, öqimay gado bölaversin. Zalolatga botgan zamonda hammasining oyoği osmonda böladi. Axir “Kimdir qişloqning podasini boqişi kerak-ku”! Qolaversa, kitob öqiganga maşina beriladi, yozuvçi esa QQS bilan siylanadi.

Maşina ağdarilib yotgan soy, guvlab yotgan sayxonliklar ham öziga xos kiçkina tarixga ega. Bir qir narida tep-tekis maydon bor, uning daryoga yaqin joyida katta tol qör tökib turardi. Tekislikka samo temir quşi – vertolyot bemalol qönib, kötarila oladi. Şu joyda uzoq yillari bir   Jenya degan amaki ötov tikib, ötar yaşadi. Uning hayot tarzi sirli edi. Heç kim bilan gaplaşmas, ötovi oldiga birovni yaqinlaştirmasdi. Har zamon yeru kökni titroqqa solib, harbiy vertolyot (uning biqinidagi qip-qizil yulduz aniq bilinib turardi) kelar, nimalarnidir taşlab, tez orqaga qaytardi. Maʼlum bölişiça, darveş alloma qiyo­fasiga kirgan bu odam Buyuk zot haqida kitob yozayotgan ekan.

Aniği, u zamonlar Sohibqiron   mavzusiga tabu qöyilgan, Jenya amaki birinçilardan bölib ul Zotning qadami tekkan joylarni tavof qilib, yalanglikda kapa tikib, ayni uluğ yumuşga azimat etgandi. Keyinçalik, rostdan ham, ikki-uç jild kitoblar çiqdi, baʼzilari özbekçaga tarjima ham qilindi. Hatto yetmişni urib qöygan nasroniy yozuvçi özini xatna qildirib, musulmonçilikni qabul qilibdi, degan gaplar ham çiqdi. Nima bölganda ham u izlagan hikmat keyinçalik boşqa bir kamsuqum qalamkaşga nasib etdi. U şovqin-suronsiz öşa xizmatni ado etdi, elning möʼtabar şoiri oq yöl tilab, keyinçalik “Sen şu işni qilmaganingda, biz qaşqadaryolik qalamkaşlarning ölganimiz yaxşi edi, boşqa hamkasblar qarşisida yuzimiz şuvit bölardi” (bunçalik keskin emasdir-u, lekin şunga yaqin) degan eʼtirofini bir neça marta taʼkidladi, takrorladi.

Bu joylarning şunday sinoatlari bor edi va öşa tungi töntariliş ham bejiz emasdir. Özi, turfa saʼjiyali odamlar yiğilgan ekan öşa gal. Birining qon bosimi toqqa bölmaydi, biri oğzidan bölar-bölmas gaplar çiqarib (bir safar “Juda xavfli joylar deyapsizlar, hali qaytib kelmasak-a?” deb yubordi. Maşina ağdarilganining ertasi esa “Sal bölmasa, adabiyot gazetasida tört uyuşma aʼzosiga taʼziya çiqardi” dedi köz kosasini aylantirib), jiqqa tegar, bu qiliğini atayin qilgandek bölar, safarda ruh toza, niyat xolis bölişi lozimligini inkor etardi. Şaharda esa voqeadan xabardor bölganlar “Uluğlarning qadami tekkan xosiyatli joylar ekan, bölmasa, sizlar omon qolmasdilaring”, de­yişdi. (Maşina kesib ötgan, nomi boru özi yöq Toş­qörğon qişloğida bolaligim ötgan, uning köhna qabristonida otamning xoki tuproğiga abadiy qorişib yotibdi…) Ana şunday sinoatlar qurşovida almoyi zotlar guruhi möljallagan işlarini bir foiz ham bajara olmay ortga qaytişgandi.

Xayriyatki, bizning yöl boşi berk köçaga kirib qolmagan ekan. Hammaning işlari rivojli böldi, köplab maqolalar yozildi, kitoblar çiqdi. Faqat kamar va qir orasidagi qisiliş zarbi vujudlarda yil böyi ketmadi: badanlari qorayib, teri ostida qotib qolgan qon unça-bunçada tarqalmadi, belda, yelkada, biqinda oğriq uzoq vaqt sezilib turdi. Bu oğriqlar ijodiy jarayonlardagi taşvişlar qurşovida bilinmasdi.

Baʼzan taşvişlar girdobiga tuşib qolib, eng asosiy narsani – vaqt ötayotganini, aslida, özimiz ötib borayotganimizni unutib qöydik, şekilli, nafaqa yoşiga tölganda, odatdagidek, hujjatlar yiğib, rasmiylaştirib, ijtimoiy taʼminot bölimining mablağini qurtdek sanab olib, özimizça ikki bora boyib yurgan kezlarda “Bunaqasi mumkin emas, joyni böşatib qöying”, deyişdi. Şunda umrning yangi bosqiçi boşlanganini his qildim. Uyga qamalib olib, qoğozlarga özimni urdim, maza qilib yozdim, har yili bir kitob çiqardim. Mening bu yumuşim bilan birov qiziqmas, qaynoq davralarga kiriş uçun esa menda “bel yöq” edi. Odamlar yurtdoşlar, kasbdoşlar, ulfatlarga bölinib, har hafta oş yeyişar, ammo biror töda menga zor emasdi (balki özim ham xohlamagandirman).

Şunday qilib, çoyxonalarda yonboşlab, avlod kunini ötkazar, bunday osoyiştalik kimlargadir yoqardi (aniqroği – katta siyosatga aralaşmaslik maʼqul edi). Şunday kunlarning birida telefon bölib, nufuzli mafkura idorasining rahbari xuşmuomalalik bilan bir kelişga taklif etdi va hammasi tezlaşib, taşrif birdaniga işga qabul qilinişim bilan yakunlandi. Bu çorlov qizil imperiya davrida xalqaro “Orol – 88” ekspedi­siyasida qatnaşib, bu yoği qurib borayotgan dengiz böylari-yu, u yoği Pomir çöqqilarigaça kezib çiqqan, ekologiyaning maşʼum kelajagidan iztirob çekib, lekin köproq öşa safardagi gaştli damlarni qumsaydigan hamkasbning qatʼiyat bilan Hisor tizmalari bağridagi maşhur ğorni körişga astoydil saʼy-harakat qilgani, gazeta nomidan örmon qömitasiga xat tayyorlab, mana şu safarni uyuştirgani, unga meni ham yölboşlovçi sifatida safga qöşganidek kutilmagan iltifot edi.

Mafkura muassasasida işlarni baholaş mezonlari noaniq, ölçamsiz, agar yölini qilsang, “uxlab kelib, uxlab ketiş” mumkin bölgan joy edi (rostdan, soçlari sixdek, asablari qaqşab, feʼli ham injiq bölib qolgan bir yigit avtobusda uxlab kelar, bu yerda uxlab, yana uyga yölda uxlab qaytardi). Jamoada iştiyoq sönib borayotgani (balki uning özi yöqmi?) aniq bilinib turar, hatto maoşlarning “karra”siga oşirilgani ham mijğov xodimlarning ğayratini jöştira olmagandi. Oçiği – biror işga majoli yetadiganlar yöq hisobi edi. Razm solib qaralsa, oşxonada zerikkan   kennayilar, öqimay diplom olgan “Hiyat”lar bir qönğiroq bilan mafkuraçi bölib qolgan, birontasi “Nasoyim–ul muhabbat” yoki “Anna Karenina”ni öqimagan, ularni yuz tarbiyalagan bilan “Mansab nizomnomasi”da yozilgan talablarga javob berişa olmasdi.

Ammo kaminani “maoşni halollab oliş, iş joyining tuzini oqlaş” singari çöng eʼtiqodlar talabi bezovta qilib turar, garçi maxsus nazorat ham turtki berib tursa-da, qarab turmay, turli mavzularda muttasil yozardim. Uç yilga yaqin iş faoliyatim davomida qator naşrlarda 105 marta ism-şarifim qayd etildi, yaʼni şunça maqolam bosildi, 2 risola (“Tarbiya – komillik yöli”, “Maktab çorlaydi”) eʼlon qildim, kitoblarim çiqdi va …

Siylov har xil bölar ekan: mukofotiga qisqarişga tuşdim! (Balki bu holning boşqa jiddiy sababi ham bölişi mumkin, buni kelajak aniqlaydi). Ha, şunday, bu hol ğor sayo­hatiga çiqib, yölda avtohalokatga uçragandek kutilmaganda sodir böldi. Baʼzan mehnat ana şunday qadrlanar ekan. Jamiyatda har qanday harakatning sönggi çegarasi böladi: undan ötilgandan keyin qobiq yorilib ketadi. Hozirça esa hammasi “risoladagidek” davom etayapti.

Şuningdek, menga berilgan muddatning söng­­gi kunlari ötib borayapti, tezda “joyni böşatiş”im kerak. Uşbu satrlarni ham qadrdon bölib qolgan kompyuterdan oxirgi marta foydalanib   yozayapman. Nima ham derdim, bilganim hayot davom etaveradi. Heç narsa bölmaydi! Iş degani nima böpdi, alam qiladigani bu narsalarga heç kim parvo qilmaydi. Axir yurak, qalbni faqat Alloh eşitadi-da…

Hakim SATTORIY

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan