Havo to'lqinlaridagi mavj

O'zbekiston Milliy media birlashmasi tomonidan 13 fevral — Butunjahon radio kuni munosabati bilan “Radioda milliy kontentning o'rni” mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi.

Innovatsion tadbirkorlik markazida bo'lib o'tgan ushbu tadbirda markaziy va hududiy radiokanallar, OAV mas'ullari, mahalliy va xorijiy ekspertlar, chet davlatlarning yurtimizdagi elchixonalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada O'zbekiston Milliy media birlashmasi raisi Sherzodxon Qudratxo'ja va boshqalar davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotgani, bundan 100 yil avval kashf etilgan radio yillar davomida yanada takomillashib borgani, fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylangani, shu bois radioda milliy kontent masalasi bugungi kunda, ayniqsa, dolzarbligini alohida ta'kidladilar.

Ma'lumki, 2011 yilning so'nggi oylarida YuNESKOga a'zo davlatlar vakillari har yilning 13 fevralida Butunjahon radio kunini nishonlash to'g'risida kelishib olgan edi. YuNESKO Bosh Konferensiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga binoan ushbu bayram ilk bor 2012 yilning 13 fevralida nishonlangan.

Butunjahon radio kuni sifatida bu sananing belgilanishi bejiz emas. Chunki 1946 yilning 13 fevral kuni “BMT radiosi” ilk bor havo to'lqinlariga uzatilgan.

Tadbir davomida radio yo'nalishidagi yangi loyihalar taqdimoti ham tashkillashtirildi.

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Axborot xizmati.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

13 + fourteen =