AQShda Turon assotsiatsiyasi tashkil etildi

Statuya Svobodы v SShA - foto (Statue of Liberty in the United States - photos) - https://to-name.ru/historical-events/usa.htm

O'zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Siddiqov AQShning Boston shahriga (Massachusets shtati) tashrifi davomida ushbu hududda yashayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazdi va ular bilan birgalikda Navro'z  bayramini nishonladi.

Muloqot  chog'ida  O'zbekis­tonda  amalga oshirilayotgan keng  ko'lamli o'zgarishlar,  xorijdagi  vatandoshlar  bilan aloqalarni mustahkamlash, ularning  huquqiy  himoyasini ta'minlash, taqdim etilayotgan imkoniyatlar to'g'risida batafsil so'zlab berildi. Elchi Furqat Siddiqov, shuningdek, madaniy va ilmiy hamkorlikni kengaytirishda vatandoshlar uyushmalarining roli muhimligini alohida  ta'kidladi.

Uchrashuv davomida Boston shahrida yangi tashkil etilgan Turon assotsiatsiyasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari sirasiga O'zbekiston madaniyati va merosini saqlash va uni keng jamoatchilikka targ'ib qilish, vatandoshlar bilan birgalikda ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy tadbirlarni tashkil etish  vazifalari  kiradi.

O'zbekiston  diplomatik  missiya rahbari tashrifi doirasida “Ildiz” onlayn platformasining taqdimoti o'tkazildi. Platforma faoliyati AQShda ishlaydigan yuqori malakali mutaxassislar, moliya institutlari, universitetlar, yuridik firmalar, tadbirkorlar va investorlarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.

Bundan tashqari, vatandosh­lar va amerikalik hamkorlar ishtirokida Navro'zi olamga bag'ishlangan bayram tadbirlari tashkil etildi. Unda Garvard universitetining yetakchi olimlari va institut rahbarlari ham ishtirok etdi.

Yig'ilganlar e'tiboriga O'zbekistonning sayyohlik va gas­tronomik salohiyati, o'zbek milliy urf-odatlari, boy madaniyatning o'ziga xosligi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda kuzatilayotgan dinamik o'zgarishlarga bag'ishlangan videolavhalar namoyish qilindi.

Bayram tadbirida so'zga  chiqqan vatandoshlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, O'zbekiston va AQSh o'rtasida madaniy va ilmiy almashinuv dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, xorijda mamlakatimiz imijini yanada mustahkamlashga kamarbasta bo'lishlarini ta'kidladilar.

“Dunyo” AA,

Boston shahri.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

19 − 12 =