G'alaba muborak Ӯzbekistonga!

Guliston Davletova,

Qoraqalpog'iston xalq shoiri

Ko'kka ko'tarildi Vatan bayrog'i,

Zabt etildi buyuk g'alaba tog'i.

O'zbekiston futbol jamoasiga

Nasib etdi bugun el-yurt ardog'i.

 

Olisdan ko'rinar tog'lar viqori,

Kurashda sinalar botirning ori.

Futbol maydonida nazarga tushdi

Yigitning yurt uchun kurash xumori.

 

Baxt qushi aylanib qo'ndi bo'stonga,

Yurt shavkati sig'mas mingta dostonga.

Oriyatli xalqning armoni yo'qdir,

G'alaba muborak O'zbekistonga!

 

Maydonda bayroqdor o'n bitta tulpor,

Osmonda birlashgan qanotli shunqor.

Bir yurt, Yagona xalq – Vatan bo'ldingiz,

Vatan deb kurashgan yigitlar ilg'or!

 

Hayit hayitlarga ulashib ketdi,

Jamoli jahonga gul ochib ketdi.

Dunyoda dovruqli O'zbekistonga

Do'stlarning tabrigi qalashib ketdi.

 

O'g'lonlarim ilg'or safga yarashar,

Kurashda, boksda kim bor talashar?!

Elim degan g'amxo'r Prezidentim bor,

Jahon ahli havas bilan qarashar.

 

Ko'ngli keng, o'ng qo'li ko'ksida turgan,

Pok niyatli, yaxshi ishga qo'l urgan,

Kurashda iftixor zavqini surgan

G'alaba muborak O'zbekistonga!

 

Qoraqalpoq tilidan

Rustam Musurmon tarjimasi.

 

2025 yil, 6 iyun.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

1 × four =