Afsona bo'lgay…
Sening poyingda yurt gulxona bo'lgay,
Muhabbat ahliga koshona bo'lgay!
Quyoshing quvnagay baxtimni quchsa,
Hama oshiqlaring sharqona bo'lgay!
Dilim chaqmoq chaqib, ishqingda yonsa,
G'animlar g'am chekib begona bo'lgay!
Samoda charx urar oqqushlaringga
Bitilgan baytlarim do'stona bo'lgay!
Sevinchim sig'magay goho dilimda,
Jahon tinchlik aro tinchxona bo'lgay!
Yaratgan ishqida kuygan giyohman,
Hamal ko'ngil so'rab, hamxona bo'lgay!
O'zib ketmoqdadirman o'zligimdan,
Suyanchim, o'z elim, mardona bo'lgay!
Onamni siylagan osuda tuproq
Mening qalbimda ham ostona bo'lgay!
Quvonchim, navqironim, O'zbekiston,
Quchog'i nurga to'lgan Ona bo'lgay!
Buyuk Sohibqiron yoqqan chirog'i
Adolat mulkiga Turkona bo'lgay!
Zamonam tinchligin qutlaydi dunyo,
Eng odil Rahnamo parvona bo'lgay!
Yonib Axtamquli suygan zaminda
Humo hayratlanib, afsona bo'lgay!
AXTAMQULI
