Qirq yil ortga qaytib…
Kursdoş jöram, taniqli fotojurnalist Alimurod Mamadaminov (Muhammad Amin) bilan maşinani avtoturargohga joylaştirib, Talabalar şaharçasining sokin, salqin piyodalar yölagi böylab Milliy universitetning boş korpusi sari yöl oldik. Azim dov-daraxtlar, öyingoh, kutubxona, yotoqxonalarga bir-bir köz taşlab, qirq yil oldingi manzaralar bilan çoğiştirib, sekin odimladik. Ikkimizning ham içimizda quvonç, hayajon — hozir kursdoşlar bilan uçraşamiz. Nigohlarimiz töqnaşişi bilan şodon qahqaha otgança bir-birimizni bağrimizga bosamiz.
Bundan qirq yil avval biz navqiron yoşlar edik, yon-verimizdagi voqea-hodisotga xolislik bilan qaraydigan, tasvirlaydigan, klassik anʼanalar çegarasiga daxl qilayotgan va botinimizda hamma narsa boşqaça bölişiga orzumand — modern hayotga oşna tutinayotgan, ammo sevgi-muhabbatga oşufta yigit-qizlar edik. Uzundan-uzun bahsu munozaralarimizning adoği bölmasdi. Har kim öz fikrida sobit qolardi, heç kim böyin bergisi kelmasdi. Ammo ğör ğurur muşohada qiliş, yangi-yangi maʼlumotlardan zavqlaniş hissini yaşira olmasdi.
Vaqt maşinasi yelday uçib boryapti, mana, bugun har birimizning oilamiz, yutuq va ğalabalarga, xato va kamçiliklarga töla öz hayot yölimiz bor. Yöllar orasida zavq-şavq, yoşlik sururini birga totgan, beğubor, tuğyonli damlarni birga ötkazgan talabalik yillari yuragimizga özgaça hislarni qoldirib ketgan.
Bizning uçraşuvimiz anʼanaviy yösinda boşlandi. Özbekistondagi barça ilmgohlarning onasi — birinçi raqamli “alma mater”i boş korpusi yonida töplanib, bir-birimizga ijod namunalarimizni, kitoblarimizni inʼom etib, qirq yil avval tahsil olgan auditoriyamizni, öquv korpusini körgali çoğlandik. Hayhot, yangi iqtisodiy hayotning yangi epkinlari jurnalistika fakultetini ham çetlab ötmabdi: “jurfak” va “filfak” birlaştirilibdi. Dekanning aytişiça, jurnalistlar ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari bilan birgalikda boşqa binoda tahsil olarkan.
Özimiz öqigan auditoriyaga kirganimizda bizni yangi fakultet dekani qarşi oldi. Dekan biz bilan suhbati davomida bugun dorilfununga fransiyalik mehmonlar kelayotgani, jurnalistika bölimining ikki nafar talabasi bilan dutorda repetitsiya ötkazayotganini aytib berdi va qizlardan bizning taşrifimiz munosabati bilan mumtoz kuylardan parçalar ijro etib berişni söradi. Bölajak kasbdoşlarimizdan ğurur tuyişimiz barobarida nemis klassik yozuvçisi Lion Feyxtvangerning maşhur iborasi yodga tuşdi: “Iqtidorli odam har jabhada iqtidorli böladi”.
Auditoriyadagi uzun ellips stol atrofini töldirib ötirgan kursdoşlarga bir-bir köz taşlayman. Qarangki, biz vaqti kelib uzun qora soçlarimiz oqarişi, çehralarimizga tolim ajinlar tuşişi, soqol qöyişimiz, römol öraşimiz haqida gurunglaşmasdik. Reallikka dam urayotgan idealistlar edik. Xayolan biz heç qaçon qarimaydigandek edik. Mana, yoşlik ham ortga qaytmas bölib, ötdi-ketdi.
Endi bunday katta auditoriyalarni nabiralarimiz töldiriş yoşiga yetib keldi. Endi biz şirin xotiralar oğuşida yaşaymiz. Yoşlik keçinmalari bebaho boylik, hayot eliksiri; ruhiyatimizni salim etadi, hayotga muhabbat uyğotadi, bugungi yoşlar lahjasida aytsak, yaşaşga motivatsiya beradi. Inçunin, Oksford olimlari yoşlik xotiralarini tahlil qilar ekan, yorqin xotiralar kayfiyatimizni kötaradigan, xuşçaqçaq etadigan dofamin degan kimyoviy modda işlab çiqarişini, kötarinki, şodon kayfiyat, isyonkor hissiyotlar esa stress va taşvişlarni kamaytirişga yordam berib, hayotimizni mamnun va qoniqiş bilan ötkaziş tuyğusini baxş etişini isbotlaşgan ekan.
Bundan çiqdi, kişining vaqti kelib sayru sayohat qiliş, tengdoşlari bilan suhbatlar quriş orzusi, bolaligi ötgan kengliklarga talpinişi, har ikki gapning orasida yoşlik çoğlaridagi yorqin lahzalarni eslaşi tabiiy ehtiyoj ekan. Biz sobiq kursdoşlar bugundan ötmişga qaytib, zanjirli voqealar olamiga singib, iç-içimizni ajib bir jöşqinlik, şijoat, oldinga undovçi bir “pozitiv energiya” çulğab olgandi.
Hozir rahmatli Qurbon Eşmat va Baxtiyor Asad safimizga kelib qöşilib qolsa bormi, “böldi, bas” demagunça töxtatmaydigan bayt-baraklarini boşlab yuborarmidi? Ular bizni quvvai hofizasi bilan hayron etar, şeʼrlarni mavzu va yönaliş izçilligini saqlagan holda bir-biriga mohirona, ekspromt boğlay olişi bilan tong qoldirardi.
Xotira — bu bizning mavjudligimiz, ildizlarimiz. U bizga muşkul damlarda tayanç, suyançiq böladi, hayot talotumlarida ratsional yöl topişimizga yordam beradi.
— Asqar, — dedi Gulbahor, — Qarşiga borganda yöqlamaysiz ham, — deya gina qilgan böldi.
Esimda, Gulbahor avval ham bir-ikki marta telefon qilib, Qarşining Otçopar mahallasida turişini aytib, astoydil mehmonga taklif qilgandi. Xöjayini menga tumandoş, qamaşilik meʼmor yigit edi.
— Xöjayinimni eslaysiz-a? Diplom himoyamni nişonlaganimda Baxtiyor (Asadov) bilan Beşyoğoçda, “Komsomol” kölidagi ijara uyimizda oş pişirgandinglar.
Eslaşga urinayotganimni sezib: “Balki, menga bir sumka kitob sovğa qilganingizni unutmagandirsiz, — dedi. — Yaxşi kitoblar ekan, haliyam kutubxonamda turibdi”.
Biz hammamiz zamonning qulimiz. Iş, vaqt tiğizligini rökaç qilib, oddiy odamiylikni unutib qöyamiz, bu omonat dunyoda yaqinlar könglini ololmaymiz. “Iş hammadan qoladi, diydor ğanimat”, deb hikmat töqib, özgalarni oqibatga çorlaymiz-u, özimiz amal qilmaymiz. Bizga munofiqlik çikora?! Xöş, safarga çiqqanimizda beş-ön daqiqa ajratib, çoyini içmasak ham döstu yoronlardan birrov köngil sörab ötsak, asakamiz ketadimi? Naçora, öz-özimizni qaytadan oqibatga örgatişimiz kerak.
“Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza. Odamlar boşqalar aybidan söz oçsa, sen öz qusuringni öyla”, deydi mavlono Rumiy.
Bir vaqt Dilorom gavdasini ortga taşlab, naşʼa bilan xoxolab qoldi. Hamma hayron. Keyin uzun barmoqlarini Gulbahorning yelkasiga qöyib, kula-kula: “Gulbahor, esingdami, Salomat uçovimiz Xorazmga borganda, Şovot kanalida çömilganimiz? Men ziragimni yöqotib qöygandim…”
Hamma kursdoşlar Diloromning oğziga qarab, hikoyaning davomini kutyapmiz. Dilorom buni payqab, tuşuntira ketdi:
— Men, Gulbahor va Salomat Xorazmni bir hafta maza qilib aylandik. Qaytar çoğimiz Salomatning taklifi bilan Şovot kanaliga çömilgani bordik. Tinçgina çömiliş örniga bir-birimizni suvga pişişni boşlab yubordik. Qiy-çuv qilib, olişib-turtişib çömilayotganimizda Salomat qöqqisdan: “Öng quloğingdagi ziraging tuşib qolibdi”, deb qoldi. Qölimni şartta quloğimga qöysam — tilla ziragimning bir poyi yöq. Bir zumda şalvirab qoldim. Zahrimni Salomatga soçdim. Salomat aybni özimga ağdardi. Xullas, zirak yöqoldi! Izlaşga tuşdik. Koşki, loyqa, şiddat bilan oqayotgan suvdan topib bölsa!.. Bezovtaligimizni sezib, yonimizga gurros odamlar töplandi. Gap nimadaligini bilib, izlaşga kirişişdi. Yöq, bisotimdagi birdan-bir boyligim suvga oqdi-ketdi!
Öpkam tölgan, közyoşimni bazör tiyib turibman. Ammo iç-içimda paydo bölgan ilinj meni suvda tutib turibdi. Bir payt Salomat zirakni izlayotgan önlab odamlarni oldiga çorlab, zirakni topganga 25 söm suyunçi berişini eʼlon qildi. Odamlar ğimirlab qolişdi, damodam suvga şönğiy boşlaşdi. Biron soatlar vaqt ötdi hamki, zirak topilmadi. Bu orada kimdir uyiga borib, ördakoyoq andozali suzgiçini, yana biri suzuvçilarning közoynagini olib kelib, ziragimni izladi. Bir vaqt zirak izlovçilarni yoşi kattaroq, sözi ötar bir kişi oldiga çaqirdi. “Yakka otning çangi çiqmas, çangi çiqsayam donği çiqmas. Mana, ikki soat bölyaptiki, yakka-yakka qidiruvlarimiz naf bermadi. Kelinglar, endi hammamiz yonma-yon saflanib, birvarakay şönğiymiz, qöllarimiz bilan paypaslab ketaveramiz. Bittamizning oldimizdan çiqar-da”, deb hammani yana kanalga boşladi. “Oğa, — dedi oftobda jizğanagi çiqib kuygan yigitlardan biri. — Bu kanal ne-ne jonzotlarni oqizib ketgan, jimitday zirak nima böpti unga?” — deb yaramga tuz sepdi.
Men beçora nafasim içiga tuşib, umidim bir sönib, bir jonlanib behol ötirardim. Kimdir yonimga kelib: “Mehmon qiz, qayerda yöqotganingizni aniq aytolmaysizmi?” — deb sörasa, boşqasi katta-kiçikligini suriştiradi. “Topiladi”, deb könglimga taskin berardi. Yana birlari ziragimning közi bor-yöqligi-yu “proba”sini söraydi. “Hoy, bandai möminlar, buning zirak topilişiga nima aloqasi bor?” — deb alamimni olgim keladi. Tişimni tişimga bosib, nariroq borib ötiraman. Boşqa birovi: “Mehmon qiz, qani, şerigini körsating-çi, bu yerdan topilmasa, dökondan topilar, eltib beramiz”, deb iltifot qiladi.
Bir vaqt… bir vaqt Salomatning Yorqinoy degan öquvçi singlisi: “Mana, topdim!” — deya suv tagidan otilib çiqdi.
Kursdoşlar “xayriyat-e!” deb bir xörsinib olişdi.
…Biz bugun hayotiy maqsadlarini aniqlab olgan, yuragida şijoat, öt çaqnab turgan yoşlik damlariga qaytgan edik. Bu damlar xotiralarimiz qatiga çökkan voqea-hodisalarni jonlantirar, qalblarimizga ajoyib şukuh va kayfiyat bağişlardi.
Mana, talabalik davrimizdagi hazil-huzullar, şum-şöxliklar esga olinmoqda. Kurs oqsoqoli Örozali oğa imtihonga tayyorlanayotgan Gulzodaga domlaga sezdirmay yordam berişi uçun kissasidagi şpargalkani olib uzatsa, u qöliga bir urgani va olmagani, bundan xafa bölgani haqida sözlarkan, Örozali, aslida, qoğozga qaramasdan, şpargalka yonida turgan bir sömlik pulni adaştirib uzatganini kula-kula aytib berdi.
Yonimizda Şukur Sodiq (Alloh rahmat qilgan bölsin) bölganida bormi, albatta, özining şördanak operatsiyasini sözlab berardi. Qişki sessiya arafasida ikkiqat bir domlamiz Şukurni buxorolik bilib, unga Buxoro şördanaklari haqida taʼrifu tavsif berib ketadi. Şukur: “Domla, tuşundim”, deb zudlik bilan örtoqlari orqali Buxoro şördanagidan keltirib, sovğa qiladi. Domlaning sovğani olganidan mamnun bölib, bu haqda öziga yaqin bilib, aslida, buxorolik, qomati öziga tortadigan, oq-sariqdan kelgan Baxtiyorga aytadi. Şukur domlaga qilgan iltifoti evaziga imtihondan ötişiga işonçi komil bölib, tayyorgarlik körmaydi. Baxtiyor ham imtihonga tayyorlanmay keladi va domladan tanbeh eşitadi. Şunda Baxtiyor: “Domla, könglim notinç, bugun Buxoroga borib kelmasam bölmaydi”, deb uzrxohlik qiladi. Şunda domlaning esiga şördanak tuşadi, şekilli: “E-ha”, deydi-da, “zaçyotka”siga katta tört baho qöyib beradi. Şu tariqa Şukur oladigan bahoni Baxtiyor ilib ketadi.
— Asqar, — dedi qizlardan biri, — soçingiz uzun bölardi… domlamiz soçingizga lenta taqişingiz kerak, deb kesatiq qilardi.
Qarang-a, kelbatli, qoramağiz, linotiplar, kegllar, şriftlar, şponkalar, klişelar, ranglar, bir söz bilan aytsam, bosmaxona jihozlari haqida dars berguvçi domlamiz… onda-sonda xayolga kelardi-yu, lekin soç masalasidagi kesatiqlari esimdan çiqqan ekan. Nima derdim, bu ayrim domlalarga tekkan kasallik: ularning dars ötişga xuşi kelmasa, yo auditoriyani uşlab turişni eplolmasa, bir para dars vaqtini ötkaziş uçun nimadir öylab topişadi. Eslang, darsga jinday keçiksak yo darsga kelmay qolsak, dars qolib, odob-axloqdan maʼruza öqir, qönğiroq çalinişi bilan dars mavzuini yana bir bor eslatib, sumkasini qöltiqlab, auditoriyadan ğizillab çiqib ketardi.
Ayni çoğda bizni rosmana bilim olamiga çorlagan, qattiqqöl va prinsipiallik ortida jonkuyarligini yaşirgan ustozlarimiz Oçil Toğayev, Begali Qosimov, Boyböta Döstqorayev, Omonulla Madayev, Najmiddin Komilov kabi hassos olimlarni mamnuniyat bilan bir-bir esladik. Duoi fotihalarimizda ularning muborak nomlarini yod etdik.
Kursdoşlar uçraşuvga kasb mahoratidan saboq bergan ustozlarni taklif etiş eslariga kelmagani, şu bahona ularni ziyorat etişmagani, bu bir katta xatoliğ ekanini ökinç bilan tilga olişdi.
Qirq yil burun matbuot dunyosiga şönğigan bitiruvçilar bugungaça öz kasbiga sodiq qolganini, kasbiy tanlovidan mamnun ekanliklarini yaşirişmaydi. Bu obʼyektivlik, oqilona qarorlar qabul qila olişi uçun jamiyatga haqqoniy va rost axborotlarni yetkazib beriş, halolligimiz, ijtimoiy masʼullik prinsiplariga sodiqligimiz eʼtirofi, nazarimda.
Örozali oğa Reyimov söylaydi: “Menga birinçi porani benzin quyuvçilar taklif etişgan. Ularning taklifini rad qilganimdan söng boşliği meni oldiga çaqirib, öqişni qaçon bitirib kelganim, qayerdan, kimlardan bölişimni suriştirib: “Manovini olib qöy, bugun bölmasa, ertaga baribir olasan, örgan”, deb işonç bilan gapirgandi”, deya eslaydi. “Tak çto, vijdonim toza”, deydi kaftini köksiga urib.
Yonimda ötirgan Gulsara öğlining suratini körsatib: “Izimdan ergaşdi, TVda prodyuserlik qiladi”, deydi.
— Döstlarim, — dedi qaşqadaryolik telejurnalist Gulbahor Musayeva dasturxon ustida, — hayotda nimagaki erişgan bölsam, jurnalist kasbim ortidan erişdim. Uç nafar farzandimni uyli-joyli qildim. Qarşida viloyat televideniyesini taşkil etişda qatnaşganimdan faxrlanaman. Xizmat körsatgan jurnalist unvoniga sazovor böldim. Har bayramda şogirdlarim meni yöqlab xonadonimga kelsa, könglim osmon bölib ketadi, umrim behuda ötmaganini sezaman.
Uning ortidan adiba Salomat Vafo söz olib, qaysi bir ğarb faylasufining yozuvçi bölib şakllanişida bolalik kuzatuvlari muhim örin tutişi haqidagi fikrini misol qilib: “Asarlarim yuzaga kelişiga, dunyoqaraşim, kuzatişlarim kengayişiga, voqelikka turli rakurslardan yondaşuvlarimda sizlar bilan ötkazgan muloqotlarim samara berdi. Sizlarning fikrlaringiz, muomalalaringiz, voqelikka munosabatlaringiz, xatti-harakatlaringiz… asarlarim, men yaratgan obrazlarga köçib ötgan”, deb minnatdorlik tuydi.
Şoir Hayitmuhammad Mömin kursdoş qizlarga bağişlagan bir juft şeʼrini jöşib öqidi. Oq yaktak kiygan Abduraşid domla imom Rumiy törtliklaridan öqib, hammamizga uşbu kitobdan xarid qilişni tavsiya etdi. Mahfuzaxon esa sumkasidan sarğaygan yondaftarça çiqarib: “Hurmatli kursdoşlarim, bu talabalik paytimda tutgan yondaftarçam, — dedi. — Bunda ajoyib döstimiz Abdurahmon Akbarning öz qöli va imzosi bilan menga sovğa qilgan “Soat” şeʼrini asrab kelaman”, deb barçaga öqib eşittirdi.
Nazarimda, na öngga, na çapga bir qadam taşlaydigan Mavluda Ibrohimova (adiba Nigina Niyoz)dan taqimiga uradigan soçlarini nega kesib taşlaganini söramagan kursdoş qolmadi-yov. Mana, şu kuni u menga ikki jildlik “Sönggi kun” kitobiga dastxat yozib, sovğa qildi.
O, Mavluda bu asarini qirq yil burun yozganida bormi, taqdiri ne keçişini bilmadim-u, beşak, u bugun adabiyotimizning yorqin yulduziga aylanardi. Nega deysizmi, kitob spiritizm — xos odamlar yordamida narigi dunyodan kelgan odamlar, marhumlarning ruhlari bilan muloqotlar haqida ekan. Talabalik davrimizda bu yönalişdagi kitoblar yakkam-dukkam bölib, ularni yo bukinistlardan, yo Çilonzordagi qora bozordan sotib oliş mumkin edi. Bizdagi tasavvur Tolstoy, Dostoyevskiy, Edgar Po asarlari, Murod Xidir, Mahkam Mahmud, Hojiakbar Şayx, Tohir Malikning hikoyatlari doirasida qolib ketgandi.
Mavluda qizğin fikr almaşuv manbaiga aylanadigan uşbu asarini yoziş öziga oson bölmaganini aytdi. Kitobdagi voqealarning aksariyati özi körgan, guvohi bölgan voqealardir. Ularni izlaş yoki töqib yozişga hojat bölmabdi. Qabrda tirilgan bola, tirik kömilgan deb faraz qilingan otin ayol, sufiylik tariqatida yuqori maqomatga erişgan qorining hayotda real yaşab ötgan kişilar ekanini aytdi.
Nega bu asar şov-şuv bölmadi. Bunga, birinçi navbatda, Mavludaning özi aybdor. Tabiatidagi kamsuqumligi bois kitobi taqdimotini ötkazmagan, birovdan yordam sörab bormagan, xos tadqiqotçilar qöliga tutqazmagan. Muomalayu madora tijoratlaşib ketgan zamonda kamsuqumlik xislat emas, aksinça, qusur sanalib qoldi.
Özining burçini “asarni öqib, voqealarni oxirat nuqtai nazaridan talqin etişni örgangan bölsangiz, şugina men uçun yetarlidir”, dedi u. Buyoği endi öta kamtarlik.
Özaro samimiy suhbat, muloqotlar davom etar ekan, kursdoşlarning yubiley uçraşuvlarini ötkaziş anʼanasini davom ettiriş, unga yangiça şakl beriş borasidagi mulohazalari ham örtaga taşlandi.
— Kelinglar, endigi uçraşuvimizni Kitobda ötkazsak, — dedi Farhod. — Dam oladigan joylar köp, ajoyib ziyoratgohlar bor. Qolaversa, yonimizda Şahrisabz.
Bu taklifni Gulbahor ham maʼqulladi.
Andijonning Xöjaobodidan bölgan Mahfuzaxon esa “Bizni Anjanda ham yaxşi manzillar bor, — dedi. — Borsanglar, körkam dam oliş uylarimiz bor. Maza qilib hordiq olib qaytasizlar”. Samarqandlik Dilorom Ibrohimova ham tek turmadi: “Kattaqörğon suv omboriga oboraman”.
Safar uçraşuvlari taklifi qizğin muhokamaga aylandi. Har kim arqonni özi unib ösgan tomon tortardi. Maʼlum böldiki, jurnalist bölib, Buxoro-yu Samarqandga, köhna Xivaga bormaganlar talaygina ekan. Uçraşuv bahona ziyorat qilib keliş imkoni paydo böladi.
Bu gap kaminaga ham xöb maʼqul tuşayotgandi. Axir ön ming yillik tarixga ega Navoiydagi bahavo Sarmişsoy darasi qoyatoşlariga öyilgan rasmlarga tegiş, muşohada qiliş neça yillik orzuim. Qoraqalpoq eliga uç bor borgan bölsam, har safar paysallayverib, hansirayotgan Orol böylarida bölolmadim, tabiat bilan yakkama-yakka qolib, xayol surolmadim, eramizdan oldingi asrlarda yaratilgan qalʼalar qöyniga kiriş hozirça armon bölib turibdi. Köngil lolarang ufq qöynida yastanib yotgan dengizning sölğin nafasiga quloq tutmoq, kök-şafaq tusli mavjlarning qirğoqqa ohista şalp-şulp urilişini körmoq, qumloq sohil böylab yalangoyoq suv keçib yurmoq istaydi.
Qaydam, bunday safarlar sobiq bitiruvçilarning döstona aloqalarini yangilar, oilaviy bordi-keldilariga, bolalarini taniştirişiga, ular örtasida samimiy munosabatlar örnatilişiga sababçi bölib qolar!
Muloqot davomida bunday dilxuş damlarni tez-tez uyuştirişga undovlar, takliflar yangradi. Endigi uçraşuvlarni viloyatlarda ötkaziş, şu bahona yurt keziş, uning tarixi va buguni, urf-odatlari bilan tanişib, yangi keçinmalarga oşno böliş istagi bildirildi.
Döstlar, mening sizlarga aytar tilagim şu: kelinglar, yoşlik zavqi bilan yaşaşda, porloq rejalar tuzişda davom etaylik, özimizga bölgan işonçimiz sobit qolaversin!
Asqar ERNAZAR.
