Jurnalistning xolis so‘zi — tinchlik kafolati

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi  va Janubiy Koreya Jurnalistlari assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

 Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida Butunjahon jurnalistlarining «Dunyoda barqaror tinchlik va jurnalist so‘zi» mavzuidagi xalqaro anjumani davom etmoqda. Dunyoning 50 mamlakatidan 70 nafar jurnalist taklif etilgan nufuzli tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. 

Koreya Respublikasi Jurnalistlari assotsiatsiyasi, shuningdek, Tashqi ishlar, Madaniyat, Sport va Turizm  vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan xalqaro tadbirda dunyoning turli davlatlaridan kelgan ommaviy axborot vositalari vakillari soha oldidagi muammolar va o‘zaro hamkorlik bo‘yicha keng fikr va tajriba almashmoqda. Anjumanda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov «Jurnalistning xolis so‘zi — tinchlik kafolati» mavzuida ma’ruza qildi. 

Tashrif doirasida Janubiy Koreya Jurnalistlari assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Marosimda mamlakatlarimiz o‘rtasida barcha sohalarda bo‘lgani kabi ommaviy axborot vositalari yo‘nalishida ham o‘zaro hamkorlik aloqalari izchillik bilan rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim omil bo‘layotgani alohida ta’kidlandi.

Hamkorlik bo‘yicha kelishuvdan ko‘zlangan maqsad  mamlakatlarimiz jurnalistlarining do‘stona aloqalarini yanada mustahkamlash va o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan. Ikki mamlakat jurnalistlari uchun media turlar, OAV sohasidagi muhim va dolzarb masalalar bo‘yicha axboriy safarlar tashkil qilish, birgalikda  mediaforumlar o‘tkazish kabi masalalar ko‘zda tutilgan. Hujjat o‘zbek jurnalistlarining  Janubiy Koreya Respublikasidagi yirik media tuzilmalarda malaka oshirishi, mahorat  darslarida ishtirok etishini ham o‘z ichiga olgan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy

uyushmasi matbuot xizmati.

 
Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 × 1 =