Ichki yo‘llar qachon tartibga enadi?

E’tirof etish joiz, co‘nggi yillarda yurtimizda yo‘lsozlik sohasini rivojlantirish, yo‘llarni xalqaro talablar darajasigayetkazishga alohida e’tibor qaratilyapti. Zamonaviy yo‘l, yo‘l o‘tkazgich, ko‘prik, piyodalar uchunyer osti vayer usti yo‘laklari bunyod etilyapti. Bularning hammasi yaxshi – aholining uzog‘ini yaqin qilib, harakat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilayotir.

Ammo  chekka joylarni qo‘ying, xatto poytaxtimizdagi ichki yo‘llarning ahvolini ko‘rib mamnun emas, mahzun bo‘lasan kishi.  “Olis yo‘l otni sinar, og‘ir yo‘l — mardni” degan naql ham bekor aytilmagan. Kuniga soatlab yo‘l yuradigan odam qayta-qayta shu sinovdan o‘tadi. Har kuni poytaxtimizning turli burchidan markazga ishga qatnaydiganlar ichki yo‘llardagi nosozliklar tufayli yanayam ko‘proq aziyat chekadi. Chilonzor, Yunusobod tumanlarining chekka hududlari, Sirg‘ali tumanidan markazga transport (avtobus, mini avtobus, marshrut) bir soatlardayetib keladi. Yo‘l tekis, ravon bo‘lsa, yurish cho‘t emas. Ammo nosoz yo‘ldagi asabbuzarliklar, imillashlar…

Ayniqsa Yunusobod dahasining turli hududlariga qatnaydigan 27-, 77-marshrut, 9-, 52-avtobus yo‘nalishlarida yurib ko‘rganlar buni yaxshi biladi. Shunday ko‘chalar borki, avtotransportda o‘tirgan holatingda ham tutqichdan ushlab turmasang, noqulay ahvolga tushasan. O‘nqir-cho‘nqir, g‘adir-budur yo‘llarda yarim soat yurgach, iching to‘kilguday bo‘ladi. Ish va boshqa yumush bilan chiqqan kishi-ku bir-ikki soatda bu holatdan xalos bo‘lar. Kun uzog‘i mana shu yo‘llardan qatnaydigan haydovchilarning joniga to‘zim bersin!..

Suratlarda Yunusobod tumani 6-kvartal “Juma machit” ko‘chasi hamda Chilonzor tumani Do‘mbir-obod dahasi “Naqqoshlik” ko‘chasidagi holatlar aks etgan. Bunday misollar, afsuski, kam emas. 

— Yigirma yildan buyon yo‘lda yurib, kuzatganlarim shuki, poytaxtimizdagi ko‘plab dahalarning ichki yo‘llari ta’mirga muhtoj, — deydi o‘zini Kamoliddin deb tanishtirgan haydovchi. — Asosiy, magistral ko‘chalar ta’mirlanib, ancha tekis bo‘lib qoldi. Toshkentning ko‘rki bo‘lib turgan bir nechta nuqtadagiyer usti ko‘priklarning qurilgani ham yaxshi bo‘ldi. Biroq o‘ta hushyor bo‘lmasang, ularning past qismidagi yo‘llarning notekisligi haydovchiga ham, avtomobilga ham ziyonyetkazishi mumkin. To‘g‘ri, yo‘l o‘zi hushyorlikni, tartibni talab qiladi. Lekin ta’mirga muhtoj yo‘llar ham avtohalokatlarga sabab bo‘lyapti-ku! O‘zim Yakkasaroy tumani akademik S. Sirojiddinov ko‘chasida yashayman. Ko‘cha boshida 144-maktab bor. Kattalarni qo‘ya turaylik, yo‘llarimizning o‘nqir-cho‘nqiri maktab bolalari uchun anchayin ortiqcha tashvish. Ko‘plashib maslahat qildik, mahallaning yordami bilan bir qancha chuqurlar yamaldi. Ammo mukammal ta’mir bo‘lmagani bois bir yomg‘irdan so‘ng asfalti ko‘chib ketdi…

Toshkent shahar Yashnobod tumani Quruvchilar ko‘chasida yashovchi Jobir Akbarovning ham tashvishlanib gapirganicha bor ekan:

— Hududimizda 206 va 212-maktablar joylashgan, — deydi u. — Maktabga o‘tib-qaytadigan bolalarimizning xavfsizligidan doim xavotirdamiz. Chunki bu atrofda svetofor yo‘q. “Peshexod” — piyodalar uchun qo‘yilgan yo‘l chiziqlari deyarli o‘chib ketgan. Yo‘llar necha yillardan buyon ta’mirga muhtoj. Mutasaddilar bu tomonlarga qachon nazar solib, o‘ng ko‘z bilan qararkin?

Ha, bunga, albatta, vaqt, mablag‘, e’tibor kerak. Yaqinda yoqqan kuchli yomg‘ir kunlari yo‘lsozlikdagi muammolar yanayam yaqqol yuzaga chiqdi. Yunusobod dehqon bozoridan tepaga qarab biroz o‘tar-o‘tmas transport qatorlashib navbat kutib qoldi. Yarim soat, qirq daqiqalar chamasi “tirbandlik”da turdik. Chunki o‘sha hududdagi ko‘chaning o‘n-o‘n besh metrli qismida katta miqdorda suv to‘planib qolgandi. Yengil avtomashinalar deyarli suzib yurdi. Avtobuslarning, hatto do‘konlarning ichlari ham yomg‘irning loyqa suvi bilan “yuvildi”.

— Bu anomal holat, — deydi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi Samandar Hikmatullaev. — Oxirgi yuz yil ichida uch marta mana shunday kuchli yomg‘ir kuzatilgan. 5-6 iyun kunlari bahor oylarida yog‘adigan bir oylik yomg‘ir miqdori 10-15 daqiqa ichida yog‘ib o‘tgani ma’lum bo‘ldi. Bizning irrigatsiya tarmoqlarimiz bunaqa miqdorga moslashmagan. Shu bois ayrim hududlarda suv to‘planib qoldi.

Yurtimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgani hammamizni quvontiradi. Barcha sohalarda katta o‘zgarishlar bor. Xususan, yo‘l xo‘jaligida ham. O‘tgan yili 27 noyabrda davlatimiz rahbarining “Avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanish sohasida ishlarni tashkil etishning ilg‘or xorijiy uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorga ko‘ra, Yo‘l qurilishini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda ishtirok etish uchunyetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari jalb etilishi kerak. Ushbu strategiya avtomobil yo‘llari sohasiga zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, 2020-2040 yillarda yo‘llarni qurish va rekonstruktsiya qilish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan.

Amaldagi yildan boshlab loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha yangi tartib bos­qichma-bosqich joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Qiziq, poytaxtimizdagi ichki yo‘llar qachon tartibga enarkin?

Xolida FAYZIYEVA

 

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

19 − 5 =