Xorazm qovunlarining dovrug‘i tiklanadimi?

Bundan atigi 50-60 yillar muqaddam ham Xorazm vohasida qovunlarning 100 dan ziyod tilimi tilni yorar shirin-shakar navlari bo‘lgan...

 Masalan, Gurvakning iste’mol muddati atigi 15 kun. Palakdan uzilgan va salqin joyda saqlangan gurvakni shu muddat ichidayesangiz rohatlanib mazza qilasiz. Oradan hafta tugul uch kun o‘tsa ham uning shirasi ayniy boshlaydi.

Ha, azizlar, qadimiy Xorazm dalalarida gurvaklar pishdi. Aytishlaricha, gurvak Allohning ilk mevasi tutdan keyin insonlarga ato etgan eng shirin ne’mati hisoblanadi. To‘g‘ri, olma, uzum, shaftoli va o‘riklar ham tansiq meva. Lekin ular gurvakning o‘rnini bosa olmaydi. Majoziy ma’noda aytganda, hatto, gurvakka ergashib pishibyetiladigan oq novvot, beshak, shirin pechak singari qovunlar ham gurvak oldida qo‘l qovushtirib ta’zimda turadilar.

Avvalo, bahorning ardoqli mevasi tut haqida. Ikki toifa shifokorlar bor. Birinchi toi­fa shifokorlar tut mevasida inson tanasiga kuch mador bag‘ishlovchi 20-25 ta foydali modda bor desa, yana birlari ularga qarshi o‘laroq 35-40 ta modda mavjud deyishadi. Xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchilar ham bejiz tutning shirasi inson iligida bir yil, ya’ni bu pishiqdan kelgusi pishiqqacha saqlanadi, demaydilar. Bilasiz, tut daraxti bir oygina davomida meva beradi. Sochi uzun, aqli sochidan ham uzun momolarimiz tut mevasining bir oylik umrini kamida ikki uch, hatto, besh yilga cho‘zish uchun undan shinni, ya’ni turli qiyomlar tayyorlashni o‘ylab topishgan.Haqiqatan ham, qish oyoqlab, bahor endigina qishning eshigini ohista cherta boshlagan, ya’nikim, yo‘g‘onlar cho‘zilib noziklar yanada noziklashib borayotgan ilikuzdi kunlarda endigina tandirdan chiqqan issiqqina nonni tut shinnisiga bo‘ktirib tanavvul qilsangiz, qalbingiz quvonch­ga to‘lishi barobarida vujudingizda qandaydir bejilov kuch-qudrat paydo bo‘lganini his etasiz. Gurvak ham xuddi ana shu tut singari nihoyatda tansiq va o‘ta shifobaxsh. Ota-bobolarimiz gurvakni tongning ko‘zi yoriyotgan paytda och qoringa iste’mol etishgan. Ularning qovunyesang saharye, saharyemasang zaharye, degan tabarruk so‘zlari shunchaki kalom emas-da!

Biz xotirasi oldida hamisha bosh egadigan bobokalonlarimiz qovunlarning erta, o‘rta va kechpishar navlarini yaratishgan. Bundan atigi 50-60 yillar muqaddam ham Xorazm vohasida qovunlarning 100 dan ziyod tilimi tilni yorar shirin-shakar navlari bo‘lgan. Bugungi kundayer yuzida yashayotganyetti milliarddan ortiq aholining hulqi, fe’l atvori tugul barmoq izlari ham bir-biriga o‘xshamaganidek, o‘sha yuzdan ziyod navli Xorazm qovunlarining har birining o‘ziga xos ifori, ta’mi bo‘lgan. Yana bir nihoyatda hayratlanarli holat. Masalan, gurvakning iste’mol muddati atigi 15 kun. Palakdan uzilgan va sal­qin joyda saqlangan gurvakni shu muddat ichidayesangiz rohatlanib mazza qilasiz. Oradan hafta tugul uch kun o‘tsa ham uning shirasi ayniy boshlaydi. Vaholanki, gulobi, olahomma, sirich, andarxon va boshqa ko‘plab qishki nav qovunlarni 4-5 hatto 8 oygacha saqlash mumkin. Eng ajablanarlisi ularning mag‘zi qalinligidan kunlar va oylar o‘tgani sayin qovunlarning shirasiga shira qo‘shilib boraveradi. Uzoq yillar izlanib ranju mashaqqatlar cheka-cheka qovunchilik ilmining chinakam donishmandiga aylangan ko‘plab mirishkor dehqonlarning har yili bahorda dalaboshida qovunni so‘yib urug‘ini tabiiy namiga ekkaniga ko‘p bor guvoh bo‘lganmiz. Kechpishar qovunlarning erta va o‘rta pishar qovunlardan afzalligi shundaki, olam kezib yurgan savdogarlar Xorazm qovunlarini Sharqu G‘arbdagi o‘nlab mamlakatlarga olib borishgan. Mahalliy hunarmandlar qovunlarni uzoq o‘lkalarga tashib borishga mo‘ljallangan maxsus idishlar tayyorlaganliklari qadimiy qo‘lyozmalarda qayd etilgan. Ushbu bordi-keldilar xalqlar o‘rtasida savdo sotiqni rivojlantirish, balki iqtisodiy aloqalarni barqarorlashtirish va ellarning o‘zaro do‘stligini mustahkamlashga ham bebaho hissa qo‘shgan.

Endi e’tiboringizni qovun haqidagi go‘zal rivoyatga qarataylik. Emishki, dehqon dalasini ekishga tayyorlab urug‘ qadabdi. Oradan hafta o‘tsada urug‘ unib chiqmabdi. Bu holatdan sarosimaga tushgan dehqon osmonga qarab, bu ne hol, bu ne sir-sinoat, ne gunohim bor, deya Allohga nola qilibdi. Hamma narsani ko‘rib-bilib turguvchi, har nedan ogoh Zot urug‘dan nega unmayabsan, deya so‘rabdi.

— O‘saman, unaman, ko‘karaman, ko‘karmay qayoqqa ham boraman, — debdi urug‘. — Lekin, bir shartim bor.

— Ayt, — debdi o‘n sakkiz ming olamning yagona Egasi va Xojasi bo‘lgan Alloh.

— Avvalo, mening urug‘imniyerga qadab menga qayta hayot bag‘ishlashni niyat qilgan dehqon, qolaversa, meni so‘yib nafsini tiyib o‘ziyeyish o‘rniga o‘zgalarga ilingan barcha kishilarni va nihoyat, qovundek shirin ne’matni yaratgan Sendek ulug‘ Zotga hamdu sano aytish uchun duoga qo‘l ochgan barcha insonlarni jannatga dahl qildim, deya va’da ber, debdi urug‘.

— Va’dam va’da, — debdi har nega qodir Alloh.

Bu hikoyatdan ham aytilmoqchi bo‘lgan fikr shuki, qovun ana shunday hikmatli ajoyib ne’mat ekan.

Ha, har bir elning o‘ziga xos urf-odati, turmush tarzi bo‘lgani singari uning faqat o‘ziga xos ne’matlari ham bo‘ladi. Chunonchi, Quva anori, Hazorasp olmasi, Zomin zirasi, Bo‘zqal’a qovunlarining ta’rif-tavsifi tog‘u-toshlar, dashtu biyobonlar, daryoyu ummonlar osha olamga yoyilgan. Xorazm viloyat, Yangibozor tuman, Bo‘zqal’a qishlog‘ida yashovchi Matvafo Yusupov nafaqat sobiq ittifoq balki, butun dunyoga taniqli inson edi. U uzoq yillar jamoa xo‘jaligida rais bo‘lib ishlagan. Umrining oxirida esa polizchilik brigadasiga boshchilik qildi. Matvafo Yusupov boshliq dehqonlaryetishtirgan qovunlar o‘tgan asrning 60-70-yillarida barcha xalqaro ko‘rgazmalarda g‘olib, deb topilib yuksak sovrinlarga sazovor bo‘ldi. Qolaversa, Bo‘zqal’a dalalaridayetishtirilgan tilimi tilni yorar qovunlar o‘sha davrda sobiq ittifoq poytaxti Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan barcha yirik anjumanlar qatnashchilari dasturxonining eng tansiq ne’mati hisoblangan. Matvafo Yusupov tavallud topgan Bo‘zqal’a qishlog‘iga tashrif buyurdik. Sobiq ittifoq davrida qishloq hududida “Leninizm” jamoa xo‘jaligi tashkil topgan edi. Bo‘zqal’aliklar azal-azaldan o‘zaro do‘st va inoq mehnatkash kishilardir. Quyidagi misol fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi. Qo‘shni, ya’ni “Lenin­grad” va boshqa jamoa xo‘jaliklarida raislar xuddi qo‘lqopdek almashib turganida sho‘rolar davrida buyerda faqat ikki kishi, ya’ni Matvafo Yusupov va Xo‘jamurod Safarniyozovlar xo‘jalikka darg‘alik qilishdi. 1994 yilda esa jamoa xo‘jaligiga Xo‘jamurod Safarniyozovning shogirdi, yosh va ishchan tashkilotchi yigit Otanazar Abdirimov rais etib saylandi. Yangi rahbar biri-biridan samarali ishlarga qo‘l urdi. Xo‘jalik jadal yuksalib daromadlar oshdi. Lekin taqdir ekan, u 62 yoshida vafot etdi. Bo‘zqal’aliklarga bugun u kishining o‘g‘li San’at Abdirimov rahbar. Qishloq tinch, dalalar fayzli, dasturxonlar to‘kin. Qarang, e’tibor bering, bo‘zqal’aliklarga qariyb 90 yil mobaynida atigi to‘rt kishi rahbarlik qilgan. Bu nechog‘lik maqtasa yarashadigan, ibrat qilib tilga olsa arziydigan dalil. Shuning o‘ziyoq qishloq kishilarining naqadar do‘st va inoq, ahil ekanliklarini amalda ko‘rsatib turibdi.

…Quyosh zar kokillarini birin-ketin yoyib ko‘k peshtoqiga ohista o‘rlayotgan paytida Yangibozor tuman hokimi O‘ktam Masharipovni Bo‘zqal’a dalalarida uchratdik.

Hokim bilan ham qovunchilik va uning istiqbollari to‘g‘risida suhbatlashdik.

— Dunyoda behisob o‘simliklar va ekinlar bor, — deya gurungni uzoqdan boshladi O‘ktamboy Masharipov. — Aslida qovun yovvoyi ekin. Mirishkor bobolarimiz yillar davomida uni madaniylashtirib bugungi holiga keltirishgan. Lekin, qovun ta’bir joiz bo‘lsa, o‘z qadrini biladigan, izzattalab ekin. Masalan, yantoq va oqbosh, qizilmiya va boshqa o‘tlaryer tanlamaydi, ular urug‘iningyelkasiyerga tegsa bo‘ldi, unib o‘sib rivojlanaveradi. Qovunga esa sog‘lom va unumdor tuproq, chinakam parvarish kerak. Hali yaqindagina bundan atigi yigirma besh-o‘ttiz yil muqaddam vohamizdan Rossiya va qo‘shni davlatlarga vagonlab qovunlar jo‘natilardi. Shuning uchun ham qovun xuddi paxta kabi O‘zbekistonning ardoqli boyligi edi. Hozir o‘sha boylikdan samarali foydalanish yo‘llarini izlayapmiz, yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarni birin-ketin tugatishga kirishdik. Ayni kunlarda tumanimizda 500 gektardan ziyod maydonda mo‘l-ko‘l qovun hosiliyetishtirilmoqda.Tarmoq mutaxassislari qovunlarning yo‘qolib borayotgan noyob navlarini izlab topish va ko‘paytirish borasidayeng shimarib ishlamoqda.

Alisher RAHMONOV,

Husayn RAHMON.

Javob qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

four × four =