Kubok Andijonga nasib etdi
16-17 noyabr kunlari Samarqand shahrida AT Xalq banki tomonidan mini-futbol (futzal) bo'yicha «Boshqaruv Raisi Kubogi-2019» an'anaviy musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqada 4 ta guruhga bo'lingan holda 14 ta hududda o'tkazilgan saralash o'yinlarida g'olib bo'lgan bankning 14 ta filial jamoalari hamda Markaziy apparat xodimlaridan iborat 2 ta jamoa g'oliblik uchun kurashdi.
Musobaqada Andijon viloyati filiali Amaliyot bo'limi jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi. Ular finalda Buxoro viloyati Jondor tumani filiali jamoasini 3:1 hisobida yengishdi. Shu tariqa 1-o'rin Andijon viloyati jamoasiga, 2-o'rin Buxoro viloyati jamoasiga tegishli bo'lsa, 3-o'rin esa Toshloq filiali (Farg'ona) va Shayxontohur filiali (Toshkent sh.) jamoalariga nasib etdi.
G'olib va turli nominatsiya bo'yicha sovrindorlarga diplom, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi.
Bank axborot xizmati.
16 noyabr
(Guruh bosqichi)
A guruhi
Surxondaryo — Jizzax 0:5
Qoraqalpog'iston — Toshkent vil. 10:0
Surxondaryo — Qoraqalpog'iston 0:1
Jizzax — Toshkent vil. 7:1
Surxondaryo — Toshkent vil. 5:1
Qoraqalpog'iston — Jizzax 2:5
V guruhi
Samarqand — Markaziy apparat 3:2
Namangan — Sirdaryo 5:1
Samarqand — Sirdaryo 4:1
Markaziy apparat — Namangan 4:1
Samarqand — Namangan 3:1
Markaziy apparat — Sirdaryo 4:3
S guruhi
Andijon — Xorazm 1:3
Buxoro — Navoiy 0:0
Andijon — Navoiy 2:1
Buxoro — Xorazm 2:0
Andijon — Buxoro 2:2
Xorazm — Navoiy 0:3
D guruhi
Farg'ona — Qashqadaryo 5:0
Toshkent sh. — Markaziy apparat (yoshlar) 0:0
Farg'ona — Markaziy apparat (yoshlar) 3:0
Qashqadaryo — Toshkent sh. 1:5
Farg'ona — Toshkent sh. 2:0
Markaziy apparat (yoshlar) — Qashqadaryo 2:0
17 noyabr
(Chorak final)
Jizzax — Andijon 1:2
Samarqand — Toshkent sh. 1:2
Buxoro — Qoraqalpog'iston 3:1
Farg'ona — Namangan 2:1
(Yarim final)
Andijon — Toshkent sh. 4:2
Buxoro — Farg'ona 0:0 (pen. ser. 3:2)
Final
Andijon — Buxoro 3:1