«BIG UZBEK»ning ringdagi yo'li

O'zbek bokschilarining ashaddiy va azaliy raqiblari ko'p uzoqda emas. Ularning aksariyati Qozog'iston vakillari hisoblanishadi. Qo'shni yurtda boks ancha rivojlangan. Qit'a va jahon chempionatlarida o'zbek bokschilari doimiy ravishda qozoq sportchilari bilan to'qnashadilar.

Hamma ham duch kelganga musht tushirishni o'ylab sport zaliga borib mashq qilmaydi. Bu har qanday odamga erish tuyulishi tabiiy. Ammo sportning boks turi aynan ana shu qoidaga qurilgan. Istaysizmi, yo'qmi bokschi raqibining yuziga musht tushirishi, zarbani aniq va kuchli tarzda yo'llashi lozim.

Keyingi paytlarda o'zbek bokschilarining zarbasini qabul qilgan raqib bokschilar ularni anchagacha eslab yurish­yapti. Bir so'z bilan aytganda, o'zbek bokschilari shiddatini qanday qaytarish mumkin degan savolga javobni bugun Kuba, AQSh, Qozog'iston, Rossiya charm qo'lqop ustalari ko'proq o'ylashayapti.

Mamlakatimiz boks maktabi dunyoda birinchi qatorda e'tirof etilyapti. Bu ham bo'lsa yurtimizda sportning boks yo'nalishida ajoyib avlodning voyaga yetgani bilan bog'liq.

Futboldan ustun kelganda…

Bokschilarimiz orasida bo'yi bas­ti va og'irligi bo'yicha yetakchi sanalgan Bahodir Jalolov nomini alohida e'tirof etish joiz. «BIG UZBEK» nomi bilan mashhur bo'layotgan yurtdoshimizning ringga ko'tarilishini butun dunyo intiqlik bilan kutayapti, tomosha qilayapti.

Ayni paytda uning sport formasi mukammal darajaga yetgan. Buni u shu yil Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida isbotladi.

Bahodir Jalolov Surxondaryoning Sariosiyo tumanida tug'ilgan. Barchamizga ma'lumki, Surxondaryo kurashchilar, polvonlar yurti. Bahodir boks­ to'garagiga borgunga qadar futbol bilan shug'ullangan. Undagi bu qiziqishni ko'rgan otasi uni futbol maktabiga olib boradi. Uch yil futbol bilan shug'ullanib, bolalar o'rtasidagi turli musobaqada ham qatnashadi.

— Ammo bir kuni otam: “Sen futbolchi emas, bokschi bo'lishing kerak!” deb, boks bilan shug'ullanishimga chorladi, — deya bolalikdagi xotiralarini eslaydi Bahodir.

Uning boksga bo'lgan qiziqishini o'z vaqtida payqagan otasi o'g'lini Chirchiq shahriga boshlab keladi. Shu tariqa Chirchiq shahridagi Olimpiya zaxiralari kolleji uning ikkinchi uyi­ga aylandi. Bu dargoh yosh bokschining hayotida katta iz qoldirdi. Maqsad va orzular yosh bokschini tinimsiz ishlashga, mehnat qilishga undadi. Faqat birinchi bo'lish umidi yosh sportchini bir soniya ham tark etgani yo'q. Ustozlar To'lqin Qilichev va taniqli bokschi Rustam Saidovdan jang olib borishning sir-sinoatlarini o'rgandi.

«Rio»da chekkan alamlar

Bahodir yurtimiz sharafini bir necha yildan buyon xalqaro maydonda himoya qilib kelayapti. Havaskor boks­da u jahon va Osiyo chempionatlarida, turli xalqaro musobaqalarda doimiy ishtirok etmoqda. Osiyo chempionatida 2017 yil Toshkentda va 2019 yil Tailand poytaxti Bankokda oltin medalni qo'lga kiritdi. Ammo boks­chimizning maqsadi dunyo ringlarini, Olimp cho'qqisini zabt etish edi. To'g'ri, qit'ada ham birinchi bo'lish oson bajariladigan yumush emas.

2016 yilda Braziliyaning Rio-de- Janeyro shahri mezbonlik qilgan yozgi Olimpiya o'yinlarida bokschilarimiz qanday karomat ko'rsatgani hali yodingizdan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Okean ortida butun dunyoni lol qoldirgan bokschilarimiz orasida Bahodir Jalolov nomi ham bo'lishi kerak edi. U mazkur Olimpiadaga katta marralar va orzular bilan borgani rost. Lekin unday bo'lmadi…

Yakkakurash sport turlarida ishtirok etayotgan har bir sportchi borki, Olimpiada chempionligini qo'lga kiritishni orzu qiladi. Butun faoliyati davomida shunga intilib, yashaydi. Bahodirning ham eng katta orzusi yozgi Olimpiada o'yinlari oltin medalini qo'lga kiritish. Rio-de-Janeyroda armonga aylangan orzuni ushalishi yana to'rt yilga ortga surilgan bo'lsa-da, u bu yo'ldan chekingani yo'q.

Amerikada mahoratini oshirdi

Olimpiadadan keyin Bahodir  Amerika Qo'shma Shtatlariga yo'l oldi. Endi u havaskor boksdan professional boksga qadam qo'ydi.

Uning bu yo'lni tanlagani to'g'ri bo'lgani Yekaterinburg ringlarida yaqqol namoyon bo'ldi. Qariyb ikki yil davomida profboksda olgan tahsili va mahorati uning xatti-harakatlarida, aniq va kuchli zarbalarida namoyon bo'ldi. AQShdagi faoliyat uni har tomonlama «pishitgani» rost.

Bahodir va okean ortida profes­sional boksda faoliyatini davom ettirayotgan yurtdoshlarimizning barchasida bunday yuksalish, o'sishni kuzatish mumkin. Professional boks havaskor boksga qaraganda sportchini ancha chiniqtiradi va unga ruhiy dalda beradi.

Superog'ir vaznda prof-ringdagi debyut jangida Meksika vakili Ugo Turixilloni mag'lub etdi. Ayni payt­da hamyurtimiz yoshlar o'rtasidagi super vaznda Shimoliy Amerika kamari sohibi hisoblanadi. Bu kamarni shu yil aprel oyida AQShning Nyu-York shahrida o'tkazilgan jangda mezbon bokschi Brendan Barrettdan tortib olgan edi.

Torresni ringdan shifokorlar zambilda olib chiqib ketgani yodimizda. U ringdan to'g'ri shifoxonaga olib borilgan. Hamyurtimiz halol jang qoidasiga amal qilib, shifoxonaga tushgan raqibi holidan xabar oldi va u bilan do'stona suhbatlashgani orada gina qolmaganini butun dunyo sport nashrlari e'lon qildi. Dunyo birinchiligining yarim finalida esa rossiyalik Maksim Babaninga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan finalga chiqdi.

Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, Bahodir uchun joriy — 2019 yil ancha sermahsul bo'lmoqda. Ya'ni, u ko'plab g'alabalarni qayd etmoqda. Jumladan, yuqorida aytib o'tganimizdek, shu yil 1-9 sentyabr kunlari Yekaterinburg shahri mezbonlik qilgan boks bo'yicha jahon chempionati sariosiyolik yigitning «benifis»iga aylanib ketdi. To'g'ri, mazkur dunyo birinchiligida boshqa bokschilarimiz ham yuqori darajada ishtirok etishdi. Ammo ko'pchilik boks ixlosmandlariga Bahodirning bu galgi ishtiroki va ring­dagi janglari ko'proq manzur bo'ldi nazarimda.

Ayniqsa, chempionatning chorak finalida AQSh vakili Richard Torresni nokautga uchratgani katta shov-shuvga sabab bo'ldi. Mazkur jang yurt­doshimiz ishtirokida eng chiroyli bahslardan biri bo'ldi deyish mumkin. Bahsning dastlabki raundidayoq jag'idan kuchli zarbani o'tkazib yuborgan amerika vakili so­niyalar ichida ringga quladi. Shifokorlarning yordamiga qaramay, u jangni davom ettirish u yoqda tursin, o'ziga kelishi qiyin bo'ldi. Torresni ringdan shifokorlar zambilda olib chiqib ketgani yodimizda. U ringdan to'g'ri shifoxonaga olib borilgan. Hamyurtimiz halol jang qoidasiga amal qilib, shifoxonaga tushgan raqibi holidan xabar oldi va u bilan do'stona suhbatlashgani orada gina qolmaganini butun dunyo sport nashrlari e'lon qildi. Dunyo birinchiligining yarim finalida esa rossiyalik Maksim Babaninga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan finalga chiqdi.

Bahodir Jalolovning finalgacha o'tkazgan janglarini kuzatganlar uning so'nggi paytda haqiqatan ham katta o'sishga erishganini payqaydi. Bu ayniqsa, raqiblarni kutib olish, qaysi vaqtda zarba berish va himoyani ushlab turishda yaqqol namoyon bo'ldi. Shuningdek, tez fikrlab, uni amalga oshirishi ham raqiblari uchun kutilmagan hol edi.

O'zbek bokschilarining ashaddiy va azaliy raqiblari ko'p uzoqda emas. Ularning aksariyati Qozog'iston vakillari hisoblanishadi. Qo'shni yurtda boks ancha rivojlangan. Qit'a va jahon chempionatlarida o'zbek bokschilari doimiy ravishda qozoq sportchilari bilan to'qnashadilar.

Og'ir vaznli bokschilar o'rtasidagi jangda ham bu kurash anchadan buyon davom etib kelmoqda. Xususan, Bahodir Jalolov aksariyat musobaqalarda qozog'istonlik Qamshibek Qonqabayev bilan hal qiluvchi jangda uchrashadi. Yekateringburgda ham bu an'ana davom etdi.

Lekin bu gal Bahodir qozoq bokschisidan mahorat va kuch borasida ustun ekanini ringda isbotladi. Har jabhada raqibini yenggan vatandoshimiz ilk marotaba Jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

Ayni vaqtda Bahodir professional boksdagi ishtiroki bilan bir vaqtda «Tokio-2020» yozgi olimpiada o'yinlariga borish uchun litsenziyani qo'lga kiritishga harakat qilayapti. Maqsad esa — Olimpiada chempionligi. Bu borada bokschimizda barcha xislatlar mujassam. Unga faqat omad tilaymiz, albatta.

Jobir Xo'jaqulov.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 − four =