Insonparvarlikning yuksak namunasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jazo muddatini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga qat'iy o'tgan jazo muddatini o'tayotgan 92 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 20 nafari jazodan to'liq ozod qilinadi, 37 nafari jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 16 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, bir so'z bilan aytganda, 73 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda va probatsiya xizmati organlari nazoratidan olinmoqda. Shuningdek, 19 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 3 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 3 nafarini ayollar hamda 79 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining xalqimizga xos bag'rikenglik, kechirimli bo'lish, olijanoblik va mehr-muruvvat ko'rsatish kabi ezgu fazilatlar namoyon bo'lganining amaliy ifodasidir.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag'riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug'ullanishlari, sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yib, jamiyatda munosib o'rin topishlari uchun ularga ko'mak berish yuzasidan mas'ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz qishloq xo'jaligi xodimlariga tabrik yo'lladi

Kuni kecha mamlakatimiz rahbari dekabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadigan O'zbekiston qishloq xo'jaligi xodimlari kuni munosabati bilan yurtimizning barcha dehqonu fermerlarini, yer bilan tillashib mehnat qilayotgan fidoyi yurtdoshlarimizni qutladi.

Fermer xo'jaliklari dalalarida kechani kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilayotgan dala mehnatkashlari sha'niga Prezidentimiz o'z tabrigida: “joriy yilda sizlarning peshona teringiz bilan 7 million 130 ming tonna g'alla, 2 million 845 ming tonna paxta, 19 ming 600 tonna pilla, 21 million tonna meva-sabzavot, 400 ming tonna sholi, 2 million 600 ming tonna go'sht va 11 million tonna sut mahsulotlari, 8,1 milliard dona tuxum olingani bu fikrni yaqqol tasdiqlab turibdi”, deya ta'kidladilar.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

20 + nineteen =