Bardosh

Bardosh — bizga atalgan darsxona. Taqdiri azal maydonida sinalib, imtihon oldi o'tiladigan hayot darsi — Bardosh. Tekis, notekis yo'llarda goh yo'l topib, goh adashib qolsak, qiyinchiliklarga duch kelsak sabr qilishga undovchi ham Bardosh.

Bu darsxonada har birimizga munosib joy hozir, o'rnimiz bor. Bizdagi yashashga ishtiyoq, ertangi kunga ishonch, ya'ni bardosh orti, umid qalbimizni tark etmaydi.

Har bir “dars”ni yaxshi bajarsak, “imtihon”dan o'tolsak, bir pog'ona ko'tarilamiz. Shuningdek, Bardosh ham yuksaladi, umid esa mustahkamlana boshlaydi.

Hayotda qalbi toza, o'ziga ravo ko'rganni, o'zgaga ham istovchi insonlar hamda barcha sinovlarga bardosh bera olganlargina qaddini tik tutib yashaydi. Ezgulikka shukrona, yomonlikka chidam bo'lsa, ishonch bilan oldga yana bir qadam tashlay olamiz. Bardoshli inson nafaqat hayotda, balki jamiyatda ham o'z o'rnini topa oladi.

Muhimi, jamiyatdagi o'z o'rnimizni bilib, uni saqlab qolish, doimo oldinga shahdam qadamlar bilan harakat qilishda gap. Axir har bir inson oldingi qatorda bo'lishga haqli.

Tiriklik dunyosida yashar ekansan, bu muhim qoidani unutib bo'lmaydi — sinovlardan o'tishda sabr va matonatni jonda asrash o'ta muhim!

Madina Kenjaboyeva.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

eighteen + 4 =