Sendan qo'rqqandan sen ham qo'rq
Himmat bilan bir qatorda siyosat ham kerak. Siyosatni yuritish uchun esa pishiq-puxta rahbarlik xislati kerak.
Yusuf Xos Hojib
Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo'lishga intildim.
Amir Temur
Shohdin ham lutf marg'ubdur, ham siyosat matlubdur. Ammo har biri o'z mahalida xo'bdur.
Alisher Navoiy
Aholi o'rtasidagi munosabat va muomalalarni tartibga soladigan qonunlar lozim, toki o'rtamizda tushunmovchilik paydo bo'lib jamiyatimiz parishon bo'lmasin.
Fitrat
Sendan qo'rqqandan sen ham qo'rq.
Moturidiy