Suyultirilgan gaz bilan ta'minlanmoqda

«Hurriyat» gazetasining 05.10.2019 yildagi 34-sonida Bo'stonlik tumani «Chinor» MFY faxriylari T.Qobilov va R.Mo'minovlarning «Quvur yetkazish chala qolib ketdi» sarlavhali shikoyat xati asosida e'lon qilingan maqola Bo'stonliq tuman prokuraturasi tomonidan ko'rib chiqildi.

Aniqlanishicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geologiya, yoqilg'i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamentining 30.03.2015 yildagi 18-11-9/2654-sonli xatiga asosan Bo'stonliq tumani viloyat gaz ta'minoti tizimining oxirgi nuqtasida joylashganligi, gaz transport tizimida bosimning pasayishi bilan bog'liq muammolar mavjudligi, «O'ztransgaz» AKning texnik resurs va imkoniyatlari cheklanganligi sababli, bugungi kunda «Chinor» MFYni tabiiy gaz bilan gazlashtirish maqsadga muvofiq emasligi ma'lum qilingan.

Shuningdek, viloyat hokimligi va Bo'stonliq tumani hokimliklariga «O'zbekko'mir» AJ bilan birgalikda qish mavsumida xonadonlarni isitish uchun aholiga imtiyozli narxlarda ko'mir yoqil­g'isi yetkazib berilishi belgilangan.

«Chinor» MFYni tabiiy gaz bilan gazlashtirish masalasi yuzasidan murojaatlar ko'payishi munosabati bilan «O'ztransgaz»AK va Davlat qurilish bo'limi, «Toshkentgazta'minot» UK mutaxassislari ishtirokida mahalla faollari bilan joyiga chiqib uchrashuv o'tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 08.08.2018 yildagi «Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Chorbog' hududini tartibga keltirish va obodonlashtirish masalalari to'g'risida sayyor yig'ilish» bayonining 7-bandida, «O'zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi (hozirda «O'zbekneftgaz» AJ. Tah.) va «O'ztrans­gaz» AJ bilan birgalikda Bo'stonliq tumanining «Do'stlik», «Besh-tut» va «Nurchilar» MFYlar hududida yangi tortilayotgan va mavjud gaz tarmoqlari orqali faqatgina ko'p qavatli uylar hamda ijtimoiy soha ob'yektlariga tabiiy gaz yetkazib berilishi qayd etilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda «Chinor» MFY hududi tabiiy gaz bilan gazlashtirish masalasi davlat dasturiga kiritilmaganligi sababli tabiiy gaz o'tkazishning imkoni mavjud emasligini inobatga olib, aholi xonadonlariga muntazam ravishda maishiy gaz balonlari orqali suyultirilgan gaz bilan ta'minlanib kelinayotganligi ma'lum qilinadi.

A.Qorayev,

Toshkent viloyat prokurorining birinchi o'rinbosari,

adliya katta maslahatchisi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

eleven + eleven =