Yillarga tatigulik ğoyalar

Yaqinda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi va uyuşmaning Sirdaryo viloyat bölimi tomonidan Guliston davlat universitetida “Yangi Özbekiston — yangiça ijodiy yondaşuvlar” mavzuida ilmiy-maʼrifiy anjuman ötkazildi. Unda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib çiqqan holda jurnalistlar oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

— Biz bugun katta islohotlar ruhi bilan yaşayapmiz, — dedi Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi  raisi Saʼdulla Hakim. —Ötgan oy yurtimiz uçun tarixiy vaqealarga boy böldi. Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamda Oliy Majlis Senatida sözlagan nutqlarida va Oliy Majlisga Murojaatnomasida uzoq yillarga tatigulik ğoyalarni örtaga taşladi.

Prezidentimizning 2020 yilni “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili” deb eʼlon qilişida katta maʼno bor. Bunga Murojaatnomada keltirilganidek:  “Eng katta boylik — bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxşi tarbiya, eng katta qaşşoqlik — bu bilimsizlikdir!”.

Anjumanda Prezidentimizning islohotlar muvaffaqiyatida  jurnalistlarning ayriça roli borligi haqidagi fikr­lari alohida taʼkidlandi. Xususan, “törtinçi hokimiyat” vakillariga doir iqtibos sözma-söz öqib berildi: “Ötgan 3 yil mobaynida Özbekistonda söz erkinligini taʼminlaş, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantiriş, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritişi va ijod qilişlari uçun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratildi. Bundan keyin ham “törtinçi hokimiyat” vakillarining erkin va xolis faoliyat yuritişlari, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan jadal islohotlarni xalqimiz va xalqaro hamjamiyat uçun oçiq-oydin yoritişlari uçun barça şart-şaroitlarni yaratamiz.

Joylardagi muammo va kamçiliklarni röy-rost oçib beriş, ularni haqqoniy yoritişlarida men professional jurnalistlarni hamişa va har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorman”.

Tadbirda iştirok etgan viloyat hokimining örinbosari Otabek Nosirov ham mamlakatimizda röy berayotgan tub islohotlar va unda jurnalistlarning roli haqida muxtasar söz bildirdi va 70 yillik töyini nişonlayotgan Özbekis­ton Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi viloyat bölimining rahbari Boyjigit Abdullayevga viloyat hokimi Ğofurjon Mirzayevning “Tab­rik xati”ni öqib eşittirdi.

Uşbu anjuman yana bir bayramga ulanib ketdi. Viloyatning boş oliy öquv yurti — Guliston davlat universitetining naşri “Universitet ovozi” gazetasi özining 20 yilligini nişonladi.

Muhammadali Ahmad.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan