Internet matbuot örnini bosmaydi
Aksar mutaxassislar Gerbert Marşal Maklyuenni Nyuton, Darvin, Eynşteyn kabi buyuk faylasuflar qatoriga kiritişadi. Sababi uning qaraşlari axborot eltuvçisi sifatida maʼlumotga aylanganida. Bugun «The medium is the message» hamda global qişloq «Global village», yaʼni qişloqlarning şaharlaşuvini bildiruvçi iboralar zamonaviy ğarb madaniyati hamda mentalitetining asosiga aylanganidek, Maklyuen televideniyening jamiyatga taʼsirini, reklamaning mohiyatini, internet paydo bölganidan keyingi özgarişlarni bundan qirq yil avval aytgan edi.
Vaqt körsatdiki, OAVning jamiyat taraqqiyoti va madaniyati, insonlar örtasidagi munosabatga taʼsiri kamaygani yöq. Zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyoti natijasida jurnalistika amaliyoti va nazariyasi yangilandi. OAV faoliyatini ommaviy kommunikatsiya kesimida tahlil qilişga turtki berdi. Maklyuen başorat qilganidek, özaro muloqotga kirişuvçi har bir respondentning özi — maʼlumotga, on-layn tizimidagi dunyoga, yaʼni katta qişloqqa aylana boşladi. Endilikda mutaxassislarni bosma matbuotning afzalliklarini tahlil qiliş, mualliflik huquqini, etika meʼyorlarini qonuniylaştiriş, reklamalarning qançalik samaradorligini örganiş qiziqtirmoqda.
Hozirda OAVlari internet va teletasvir bilan auditoriya qamrovida ayovsiz raqobatga kirişgan. Albatta, bunda tasvir kuçiga köra, televideniye ustunroq, internet esa tezkorligi bilan afzalroqdir, ammo Moskva şahrida ötkazilgan “Şarqiy Yevropadagi jurnalistikaning kelajagi” halqaro media-forumda jurnalistlar xalqaro federatsiyasi masʼul kotibi Aydon Uayt zamonaviy jurnalistikaning muammolari xususida şunday degandi: “Ha, internet millionlab odamlarga rasmiy hujjatlarni taqdim etişi mumkin. Lekin u jamiyat uçun kötarilgan muammoning mohiyatini tahlil qilib beruvçi şarhlarni taqdim eta olmaydi”.
A.Uayt yana öşa yiğinda: “THE GUARDIAN, New York Times, El Pais, Le Monde, Der SPEIGEL kabi naşriyotlarning çop etgan jiddiy materiallari demokratiya uçun malakali jurnalistikaning ahamiyatini isbotlab beradi. Bunday jurnalistika jamiyat uçun haqiqatga, insoniy hurmatga asoslanadi. Jiddiy tahlil qilingan, işonçli maʼlumotni taqdim etadi. Köplab tvitterlar hamda ijtimoiy tarmoqlar sifatli jurnalistikaning örnini bosa olmaydi. Bunday taʼkid har qanday davlat hamda har qanday mintaqaga tegişlidir”, degandi.
OAVlarining afzalliklarini tuşungan auditoriyaning tez orada bosma matbuotga talabi oşadi. Şunda mutaxassislar ularning qiziqiş va talablarini örganişni öz oldilariga maqsad qilib qöyişadi. Çunki vaqt kelib OAVlari, zamonaviy tilda aytganda, “media biznes” sohasida faoliyat körsatişga ötadi. Şundan ham mutaxassislar raqamli medianing bosma matbuotning örnini bosişidan çöçişmoqda: “Endi giper özgarişlar davri keldi. Ulkan moliyaviy inqiroz hamda raqamli medianing taraqqiy etişi röznomalar bozorida özgarişlar yasadi. Obunalarning hajmi kamayişi kuzatilsa-da, umumiy sotuv ösmoqda. Auditoriyaning umumiy qamrovida röznomalar internetga nisbatan 25 foiz samaraliroqdir. Çunki, röznomalarni 2,5 milliard öquvçi mutolaa qilsa, internet isteʼmolçilari 1,9 milliardni taşkil etadi”, deydi A.Uayt. Sababi auditoriyani anʼanaviy jurnalistikaning afzalliklari jalb etadi. Albatta, bunda internet jurnalistikasi kötargan bir qator muammolar yeçimsiz qolayotganiga ham befarq qarab bölmaydi.
Kun kelib mutaxassislar tomonidan amaliyoti talab darajasida örganilmagan hamda nazariyasi yetarliça tahlil qilinmagan internetning bir qator muammolari yuzaga çiqaveradi. “Izvestiya” gazetasining boş muharriri Vitaliy Abramovning fikriça: “Teleşou, wiki-jurnalistika, axboriy şovqin, parket jurnalistikasi kasbimizning asosi bölgan voqea-hodisalarning tahlilidan uzoqlaşmoqda… Istagan odam xohlagan narsa haqida yoza oladigan vikipediya vujudga kelmoqda. Wiki-jurnalistikada xohlagan odam xohlagan narsasi haqida yozadi. Bu qiziqdir, ammo…
Jurnalistika borasidagi anʼanaviy tuşunçalar nimalardan boşlanadi? Avvalambor, har qanday maʼlumotning muallifi bölişi kerak. Uni yolğon gap yoki haqorat uçun sudga beriş mumkin. U özining sözi uçun javob berişi zarur. Bu — jurnalistikaning asosidir. Wiki da esa har doim ham muallifni topib bölmaydi. Natijada turli voqea-hodisalarga nisbatan bir dunyo noroziliklarni eşitamiz. Ular ijtimoiy ongga bevosita taʼsir körsatadi. Internetdagi wiki jurnalistikasining faoliyati şu”.
Internet jurnalistikaning ijtimoiy ahamiyatini bosma matbuot manfaatlari nuqtai nazaridan emas, balki auditoriya uçun yaratilayotgan qulayliklar kesimida örganilganda şunday fikr tuğiladi: internet isteʼmolçilari şunçaki axborot isteʼmolçilari bölişmayapti — ular tahrirga aralaşişni, muharririyat bilan hamkorlik qilişni istaşyapti. Ular maʼlumot yetkazib berişni, öz nuqtai nazarlarini ifodalaşni, jurnalistik tekşiruvlarda iştirok etişni, voqea-hodisalarni aniqlaştirişni, fotolar yuborişni xohlaşyapti. Köpinça eplaşolmayotgan bölsa, bu ularning aybi.
Internet jurnalistikaning eng katta muammosi mualliflik huquqi hamda etika meʼyorlarining buzilişida körinadi. Maʼlumotlarning işonçsizligiga kelganda, uning afzalliklariga qaytariqli aloqa — interaktivlikni taʼkidlamasdan ilojimiz yöq. Çunki auditoriya vakillarining öz fikrini töla bayon etişi, jurnalistlarga hammuallif bölişidek imkoniyati yöq. Jurnalistlar xalqaro federatsiyasining prezidenti Djim Bulila “New York Times” röznomasi haqida gapirar ekan: “New York Times” ijtimoiy tarmoqlar bilan doimiy interaktiv aloqada böladigan jurno-xakerlar bölimini oçib, “ijtimoiy muharrir” tayin etgan birinçi gazetalardan. Uşbu bölimni boşqarayotgan Aron Pixoferning fikriça, axborot oqimining tahlili barça voqea-hodisalardan xabardor böliş bilan birga, ularning orasidan katta hikoyalarga sabab böluvçi maʼlumotlarni topiş imkoniyatini ham yaratadi”, degandi.
Demak, OAV samaradorligi hamda auditoriyaga yaratib beradigan qulayliklari uçun internet tarmoğining ijtimoiy ahamiyati ham bor ekan. Tezkor axborot yetkaziş bilan birga turli muammolarni keltirib çiqarişi muqarrar bölgan internetning interaktivlik xususiyatini heç kim inkor eta olmaydi. Mualliflik huquqi, etik meʼyorlarning buzilişi, axborotning noaniqligi kabi muammolar qonun darajasida emas, insoniy odatlar, öz-özini boşqariş nuqtai nazaridan örganilsa, maqsadga muvofiq böladi. Çunki çeksiz tarmoqni çegaralaş, nazorat qiliş yoki yoşlar uçun taʼqiqlaş bilan muammoning yeçimini topib bölmaydi. Avtobus yoki metropolitenda kattalar uçun joy beriş har bir yölovçining ixtiyorida bölgani bilan, bu uning saviyasi, odob-ahloqi, maʼnaviy darajalariga ham boğliq bölib, internetda ham odob, madaniyat meʼyorlarga rioya qilişni ezgu odat sifatida takomillaştirilişi amaliy natija beradi. Ana şunda tarmoq — interaktivlik xususiyati jihatidan auditoriyaning faollaşuvi, jamiyatning demokratlaşuviga xizmat qiladi.
Köpinça hayot tajribasiga ega odamlar biror yangilikdagi kamçiliklarni topişga oşiqadi. Qaysidir maʼnoda, ular özlarini ehtiyotlaydi va yangiliklarni özidan çeklaydi. Hayotga qiziqişi katta bölgan yoşlar aksinça, davriy yangilanişlardan unumli foydalanadi. Yöl-yölakay bir dunyo xatoliklar qilişga ham ulgurişadi. Tadqiqotlar şuni körsatadiki, OAV rivojlaniş davrida kattalar doimo ularning kamçiliklari borasida bong urişgan, yoşlar esa doimo peşvoz çiqib, taraqqiyot sari ildam qadam taşlaşgan. Maklyuen kabilar esa kattalar tajribasi yordamida eng sönggi yangiliklarni tahlil qilib, kelajak uçun zaruriy saboqlarni çiqarişga harakat qilişgan.
Televideniye ixtiro qilinganda: “Kino sanʼati hamda sanoatiga nima böladi?” — deguvçilar köp bölgan. Vaqt şuni körsatdiki, televideniye bilan kino bir-birlarini özaro töldirib kelayapti. Hozirda internet ommalaşayotganini körgan mutaxassislar ham bosma matbuot kelajagidan noörin çöçişmoqda. Işonç bilan aytiş mumkinki, internet bilan matbuot ham, vaqti kelib, bir birini töldiradi.
Bugungi kun oldida mualliflik huquqi va etika meʼyorlarining buzilişidan tortib, axborot xavfsizligi muammolarini örganiş, tahlil qiliş, qonuniylaştiriş kabi dolzarb vazifalar turibdi. Şu bilan birga, OAV tamoyillaridan kelib çiqib aytadigan bölsak, interaktiv jurnalistikaning ijtimoiy ahamiyatini tahlil etiş masalalari ham öz yeçimini kutmoqda. Şundagina texnika rivojlanişi kimlarningdir manfaati uçun emas, balki jamiyat taraqqiyoti uçun xizmat qiladi.
Yulduz Ortiqova,
filologiya fanlari nomzodi,
ÖzJOKUning katta öqituvçisi.
