Hayot – ulug' darsxona

Nukus shahridagi 37-sonli ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabi (IDUM) o'quvchilari “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Qallibek Kamalov xonadonida bo'lishdi.

Vatanimizga, xalqimizga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan otaxon bugun 94 yoshni qarshi oldi. Ustoz tinim neligini bilmaydi. “El xizmatida” nomli memuar asarida chorak asrlik faoliyati, qolaversa, qoraqalpoq xalqining tarixi yozilgan qimmatli ma'lumotlar aks etgan.

Qallibek Kamalov yoshlar bilan muloqotda faoliyati davomida ko'p yurtlar ko'rgani, turli toifadagi odamlar bilan suhbatlashib, til, madaniyat o'rgangani, yoshi ulug' insonlarning nasihatini olgani, bolalik, o'quvchilik yillari haqida maroq bilan so'zladi.

— Faoliyatim davomida yutuq va kamchilik, oq-qora, yaxshi – yomonni  ko'p ko'rdim. “Ko'p yashagan emas, ko'p ko'rgan biladi”, deydi xalqimiz. Tinimsiz izlandim, tarixiy asarlarni tinmay o'qidim. Anglaganim shu bo'ldiki, xalqlar tarixi bebaho, benazir ekan, — dedi Qallibek Kamalov. — O'qiganimni yozdim. Tunni kunga ulab yashadim. To'yib orom olganimni eslolmayman. Elimizning atoqli davlat arbobi Sharof Rashidov bilan yonma-yon mehnat qilganman. Endi bo'lsa xalqim ardog'idaman, keksalikda kamtarona xizmatlarimning rohatini ko'ryapman.

Ha, hayot – ulug' darsxona. Xalqimizning shunday pirikomil yoshullilari bilan bo'lgan uchrashuvlar yoshlar uchun  katta maktab vazifasini o'taydi.

Sayyora Atabayeva,

Nukus shahridagi 37-sonli IDUMning

ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

ten + 6 =