1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni

Buxorolik Muharram Kamolova Jondor tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internatida ona tili va adabiyoti fanidan saboq beradi.

O'ziga xos pedagogik mahorati bilan dars samaradorligini oshirayotgan muallima shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish, fan to'garaklari va ­klublar faoliyatini olib borishda faollik ko'rsatmoqda. Muharram Kamolova “Yilning eng yaxshi fan o'qituvchisi”, “Yilning eng faol ma'naviyat targ'ibotchisi” ko'rik-tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, “Xalq ta'limi a'lochisi” ko'k­rak nishoni bilan taqdirlangan.

Abdulla Oripov,

O'zbekiston xalq shoiri

Muallimlarga

Nechog' baxtiyorman, ta'zimda shu tob,

Sizning sha'ningizga bitmoqdaman bayt.

Ne odam bo'lardim, qo'limda kitob

Biror harf tanimay tursaydim loqayd.

 

Siz-ku  “Alifbo”dan  “Qomus”gacha  to

Bari-barisini tanitgan ustoz.

Ilk bor Siz ko'rsatgan duraxshon Zuhro,

Bu kun she'rim ichra tashbihdir mumtoz.

 

Siz mo''jaz yurakda yoqolgan yog'du,

Oqibat quyoshdek socha olur nur.

Buyuklar haqqiga qasamyod gap bu:

Sizdan boshlanadi asli Tafakkur.

 

Olamda ko'p erur muborak onlar,

Tabarruk zotlar ham garchand ko'p erur.

Sizgadir ilk rahmat aziz insonlar,

Munis muallimlar sizga tashakkur!

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

nineteen − 9 =