Sizdan örnak olsalar…
(Özbekiston xalq öqituvçisi Davlatyor Rahimga)
Domulla!
Kuni keça Sizga qönğiroq qilib, “Öqituvçilar kitob öqiydilarmi?” sarlavhali maqola yozişni rejalaştirganimni aytgan edim. “Oğa, avvalgilar köp kitob öqirdilar, hozir bu gaplar yöq! Yozavering maqolangizni” deganingizdan söng kompyuterimni jadal işga tuşirdim. Maqola deyarli tayyor bölib qolganida taʼna-daşnom ohanglari kuçayib borayotganini ilğadimu … bitiklarimni öçirib taşladim. “Boşqa mavzuga ötaman. Muammo köp-ku axir” dedim içimda.
Söng tağin öyga çömdim. Domulla “Qani yozganingiz?” deya sörab qolsa-çi…. Birdan miyamda ğalati fikr “yalt” etdi: oçiq xat yozsam-çi? Bemalol dardlarimni tökaveraman. Yana xat birovlarga malol ham kelmaydi. Xat bitganingda sendan xafa bölmaydilar. Demak, XAT…
Şularni xayoldan ötkazib javonimdan “Muhammad Murod devonbegi” nomli kitobingizni oldim. Muqovadagi maʼlumotnomaga qaradim. Avval unçalik eʼtibor qilmagan ekanman: 1950 yilda tavallud topgan ekansiz. Tarixiy şahar —Samarqandda öqibsiz. Samarqand davlat universitetining özbek va tojik filologiyasi fakultetida. “Feruz — şoh va şoir qismati” (1991 yil), “Sulton Uvays”, “Ehtirom”, “Feruz” (2011 yil) kabi kitoblarning muallifi. Hozirgi kunda Xiva şahridagi 10-umumiy örta taʼlim maktabining direktori. Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi” deyilibdi maʼlumotnomada.
Eşitdim, 70 yillik yubileyingiz joriy yilning 1 aprelida nişonlanişi rejalaştirilgan ekan. Ammo tojdor virus bois “tojdor”lar haqida kitoblar bitib yurgan Sizdek fidoyi muallim (muallim — ilm egasi demak)ning yubileyi ortga surilibdi.
Direktorlik qançalik maşaqqatli lavozim ekanligini bilaman. Çunki, rahmatlik dadam Şovot tumanidagi “Pravda” hamda Alişer Navoiy nomli (öşa davrlarda maktablar raqam bilan aytilmasdi) örta maktablarda çorak asr mobaynida direktorlik qilgan. Dadam yoş avlodga fizika, astronomiya, matematika fanlaridan saboq beriş barobarida badiiy adabiyotning asl oşuftasi edi. Mening matbuotga, ijodga qiziqişimga ham aynan dadam sababçi bölgan. Uning şaxsiy kutubxonasi bölib, yaşil jovonlarga özbekça, turkmança, rusça kitoblar terib qöyilardi. Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli asarlari; jahon adabiyotidan: “Graf Monte Kristo”, “Boşsiz çavandoz”, “Qörqinçli Tehron”, “Professor Douelning boşi”, “Tixiy Don”… Hattoki, 1948 yilda naşr qilingan Navoiy ijodi töğrisidagi maqolalar töplami hozir ham saqlanib turibdi. Navoiyning 1957 yilda rus tilida çiqqan kitobi — “Leyli i Medjnun”… Aynan şu kitobni Toşkentga olib kelganman. Ahyon-ahyonda hidlab, moziy iforini his etaman. Kitobning hidi, rang- tusi boşqaça-da!
Direktor böla turib ijod bilan şuğullaniş oson amal emas. Kamina Feruzşoh töğrisidagi hammualliflikda yozgan kitoblaringizni mutolaa qilib, öz-özimça: “Qaçonlardir Davlatyor Rahim bilan tanişaman” deb qöygan edim. Fariştalar gapimga “ovmin” debdilar şekilli, Xorazmga qaytib “Quvonçbek—Maşhura” MÇJ naşriyotida faoliyatimni boşlaganimdan söng nafaqat yaqindan tanişdim, balki “Olloqulixon” hamda “Anuşşoh” nomli kitoblaringizga muharrirlik ham qildim. Siz bilan adabiyot va tarix bobida gurunglaşib, köp narsalarni örgandim. Uç nafar ajdodim ( eng katta bobom Yaxşimurod, katta bobom Muhammad Şarif, bobom Rözimuhammad) yaşagan, maʼrifat yölida faoliyat körsatgan Xivaga mehru muhabbatim yanada jöş urdi. Öşa davrlar zavqu şukuhi ongu-şuurimga muhrlanib qoldi.
Bu ulkan şodlik edi!
Ana endi könglimni xufton qilgan ikki illat töğrisida aytib ötsam. Birinçisi, muallimlar kitobdan sovibdilar. Ikkinçisi, maktab kutubxonalari eʼtibordan soqit qilinibdi. Xorazm Xorazm bölganidan buyon bu alpoz köringan emas. Şoh Guştasb farmoniga binoan 12 ming mol terisiga oltin suvlari ila yozilgan “Avesto” Xorazmdan yetti iqlimga “parvoz qilmaganmi” axir? Zarduşt donişmand ajdodlari neçun kitobdan bu qadar sovibdilar?!
Yana pulga qul bölişdek odat özining qora kurtaklarini börttira boşlabdi. Binobarin, moddiyat maʼnaviyatdan yuqori qöyilibdi. Ammo hazrat Alişer Navoiy aytganlariday, adab — maʼnaviyat bölmasa oltin jarangidan ne naf? Hazrat demiş:
Oltin – kumuş etma kasb davlat kunidin,
Kim tortar adab ulusni mehnat tunidin,
Gar yöqtur adab ne sud oltun unidin,
Elning adabi xuşroq erur oltunidin.
Navoiyning navosiga qarangkim, ikki sözni musiqaga solibdi: oltun unidin — oltin jarang-jurungidan; oltunidin — oltinidan. Mana şuni asl fasohat deydilar. Sizlar hayotini, faoliyatini har taraflama taʼriflaganingiz — Feruzşoh ham, uning ustozi Ogahiy hazratlari ham fasohatni nazm mulkining sultoni Navoiydan örganganlar.
Ming afsuski, şundoq fasohat egasining pand-nasihatlari aksari odamlarning bir quloğidan kirib, ikkinçisidan çiqib ketavergan; hikmatlar miyada örnaşib, qon tarkibiga qöşilib ketmagan. Ana şuning uçun ham köpçilik moddiy boylik deyilganida özini tomdan taşlaydi-yu adab (maʼnaviyat) deyilganida goho eşiklarini ham oçmaydilar. Xususan, öqituvçilar… Ularning aksariyati tirikçilikni birinçi öringa qöyişmoqda, tiriklikni esa… Bu alpozni kitoblarning oxirgi varaqlariga yoziladigan adadlar raqamiga qarab bilsa böladi.
Deylik, monoqlik faxriy muallim Ortiqboy Mangliboyev qalamiga mansub “Nurjon botir” nomli kitobni 100 (yuz) nusxada naşr ettirdik; uşbu kitob taqdimoti Şovot tumanidagi bolalar musiqa maktabida ötkazildi. Anjumanda tuman muallimlari, madaniyat jabhasi faollari qatnaşdilar. Şovot tumanining sobiq birinçi rahbari yiğilganlarga toşovuzlik nasrnavisning “Ajdodlar söqmoği” nomli kitobini tarqatdi. Rahbarlar, muallimlar kitob va kitobxonlik xususida köb va xöb gapirdilar. Ana öşanda kamina “Nurjon botir” risolasini köproq nusxada çop ettirib, kompaniya moşinida anjumanga olib kelmaganimga afsuslana boşladim.
Oradan ança haftalar ötgaç, “Agarda öqituvçilar talab qiladigan bölsalar yoki homiy topilsa — kitobingizni qayta çop qilamiz”, desam, Ortiqboy aka: “Taniş-bilişlarimga tarqatdim. Öqidilar. Ammo hali talab yöq” dedi siniqqina jilmayib. Taklif köpu talab oz. Muallif kitobini öz hisobidan naşr ettirib, bepul tarqatdi. Mana, adabning ahvoli…
Darvoqe, Ortiqboy muallim Sizdan usul örganibdi. “Nurjon botir” kitobiga “Muhammad Murod devonbegi” nomli asaringizdan iqtiboslar olibdi. Kamina ham “Hurriyat” gazetasida çiqqan “Gurvak kurmakka aylanmasin yoki Vamberi maqtagan Xorazm qovunlari qani?” sarlavhali maqolamda “Feruz” nomli kitoblaringiz faktlaridan unumli foydalanganman. Telefondagi suhbatimizda şu haqda ham gapirdim-ku? “Oğa, “Hurriyat”ni qayerdan topamiz endi?” dedingiz. Bir ajab zamon bölibdikim, hatto “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Hurriyat” kabi muallimlar saviyasini östiradigan gazetalar maktab kutubxonalariga yetib bormasa?
Ha, mayli… Jasoratdan sözlaylik. Adib Boboxon Muhammad Şarif jurʼatlaringiz xususida şularni yozibdi: “Adabiyotimiz va tariximizning jonkuyarlari bölgan Davlatyor Rahim va Şixnazar Matrasullarning uşbu kitobining birinçi qismi Feruz haqida hatto biron iliq söz aytişga heç kim botinmagan bir davrda, hali qizil imperiya hukmron bölgan vaqtda yozilgan edi” (Davlatyor Rahim, Şixnazar Matrasul. “Feruz”. Toşkent, 2011. 8-bet).
Çindan ham şundoq bölgan. Yodimda, Istiqlol arafasigaça Xiva xonlarining portretlari (Feruz, Isfandiyorxon, Said Abdullaxon) Xiva muzey- qöriqxonasiga tegişli torgina xonada “qamoqda” saqlanardi. “Yoşlik” jurnali tahririyatidan endi böşab kelgan kunlarim… Imom- xatib Hamro Pirmuhammad va fotomuxbir Bekmat akalar bilan birgalikda hujjatimni körsatib, öşa xona qulfini oçtirganmiz. Içonqalʼa muzey- qöriqxonasi rahbari bizga izn bergan. Ana öşanda ilk marotaba Feruz fotosuratini körganman. Ul zot xuddi tirikdek nigoh taşlab turar, qiyofasida donişmandlik nuri jilvalanardi.
Bilasiz, Xiva şahridan Jumaniyoz Şaripov degan nasrnavis çiqqan. Öşa adibning “Xorazm” nomli uç jilddan iborat kitobini qiziqib öqiganman. Kitobda Xorazm tarixi butunlay teskari yoritilganini keyinroq bildim. Deylik, Xiva xonligining eng boy kişilaridan biri sanalmiş Yusuf möltang irodasiz, böşang, qörqoq, betayin kimsa sifatida tasvirlangan. Bu inson momom Rahima Norboy qizining amakisi bölgan. Momom u haqda hayotiy hikoyalardan söz oçardi. Yusuf möltangning ikki yuz navkarlik qöşini bölib, bolşavoylarga qarşi mardonavor kuraşgan ekan. Kuçi yetmagan. Uni va yaqin odamlarini tutib, bir novvoyxonaga qamaganlar. “Beş- olti kun saqladilar. Yettinçi kuni novvoyxona eşigini oçdilar. Yusuf amakim safdoşlari bilan birga boşyalang çiqib keldi. Ular novvoyxonani iflos etmak gunoh, deb çögirmalariga böşangan ekanlar. Çögirmalari qöllarida… Bolşavoylar bularni qumga olib ketdilar. Bizlar xavotirlanib ularning izlaridan yugurdik. Qatorlaştirib qöydilar. To öq tegib yiqilgunlariga qadar Qurʼon tilovat qilib turdilar” deya momom yiğlar va “Laylum (Leninni momom “Laylum” der edi) dözaxiy, dözaxda har-har yonib yotibdi” deguvçi edi.
Şuningdek, Jumaniyoz Şaripov Nurjon botir hamda Şommi kal orasidagi janglarni ham jöngina talqin qilibdi. Qaçonlardir muallif bilan uçraşsam haqiqatni yuziga aytaman, deya niyat qilgan edim. Bir tanişim dissertatsiya himoya qildi. Ziyofatida Jumaniyoz ota bilan yonma-yon ötirib qoldik. Ana öşanda otaxonga özimni taniştirdim. “Kunduz sarhadlari” nomli kitobimga dastxat yozib berdim. “Ota, “Xorazm” nomli romaningizni öqiganman. Tarixni buzib aks ettiribsiz. Bobokalonlarimdan biri Yusuf möltangni masxara qilibsiz” dedim. U kipriklarini pirpiratib, hayron bölib ötirdi. Söng esa: “Aytganlaring töğri, bolam. Ammo men haqiqatni yozsam, kitoblarimni bosmas edilar” dedi.
Bilasiz, öşa uç jildlik “Xorazm” romani Toşkentda va Moskvada minglab nusxalarda çop qilingan. Ötmişning soxta tasvirlari hali allaqaysi burçaklarda yotibdi; köpçilikni çalğitgan öşa kitoblar… Endilikda Sizga öxşagan tarixnavislar yoş avlod ruhiyatida uluğ ajdodlar tarixiga nisbatan mehru muhabbat uyğotmoqdalar. Bu esa ayni vatanparvarlikning, millatparvarlikning özidir.
Keyingi vaqtlarda negadir Muhammad Murod devonbegining öğli, buyuk sarkarda Şayxnazarboy obrazini qora ranglarda tasvirlaş alpozlari közga taşlana boşlandi. Jumladan, toşovuzlik nasrnavis Abdulvohid Sayidmuhammad qalamiga mansub “Ajdodlar söqmoği” nomli romanda quyidagi satrlarni öqidim: “… Keçirimli xon esa yana uni ayadi. Balki buni bir neça ön yillab davlat işlarini özi bilan teng tortişgan Matmurod devonbegining xotirasi uçun qilgandir, balki rahm- şafqat tuyğusi ustun kelib, umrining oxirida bir botirning uvoliga qolişni istamagandir. Nima bölsa ham xon öz joniga qasd uyuştirgan Şayxnazarni ölimga buyurmadi. Buning örniga yana uzoq muddatli zindonga hukm etdi” (Abdulvohid Sayidmuhammad. “Ajdodlar söqmoği”. Toşkent, 2019. 143 – bet).
Ajabo, muallif bu gaplarni qaysi tarixiy dalillarga asoslanib yozgan ekan? Şoir, tarixnavis Bobojon Tarroh — Xodim Şayxnazarboyni (U Şunosiy taxallusida şeʼrlar yozgan) quyidagiça taʼriflagan: “… Şoir Şayxnazarğa Muhammad Rahim Ikkinçi davrida yasavulboşiliq va ham Xorazmda askarboşiliq mansabi berilgan edi. Bu Şayxnazarni özi ötaketgan botir ham çumçuqni közini uradurğon mergan edi” (Bobojon Tarroh-Xodim. “Xorazm şoir va navozandalari”. Toşkent, 2011. 77 –bet). Şoir, tarixnavis Laffasiy ham “Tazkirai şuaro” nomli asarida Şayxnazarboyning jasurligini taʼriflagan. Sizning talqiningizda: “… Şayxnazarboyning harbiy tajribasi oşa boradi. Uning zakovati, mardligi va jasoratini körgan Muhammad Rahimxon Şayxnazarni Köhna Urgançga hokim qilib jönatadi” (Davlatyor Rahim. “Muhammad Murod devonbegi”, Toşkent, 2016. 111-bet). Biron manbada Şayxnazarboyning nojoiz işlari tasvirlanganini körmadik. Feruzşoh uni hamişa eʼzozlagan. Isfandiyorxon esa Şayxnazar obrö- eʼtibori kuçayib borayotganidan xavfsirab, uni zindonband qildiradi. 1918 yilda esa “Isfandiyor Şinosiyğa zahri qotil beradur” (Laffasiy).
Tarixni buzmaslik joiz. Oğzaki maʼlumotlar esa tarixnavisni çalğitib yuboradi. Bir-biriga zid maʼlumotlarni olim inson mantiq tarozisiga qöyib, oğir toş bosganini tanlab, şarhlaydi. Men barça kitoblaringizda ana şundoq mantiqiy xulosalarga duç keldim. Moziy hodisotini oqilona şarhlaş amali fazilatdir.
Hammualliflikda yaratilgan “Feruz” nomli kitobingizdagi usulni yakka tartibda yozganlaringiz — “Muhammad Murod devonbegi”, “Olloqulixon”, “Anuşşoh” nomli kitoblaringizda ham sayqal toptirganingiz öqituvçilik feʼlidan xabar berib turibdi. Siz göyoki kitobxonlarga dars ötayotgan alpozda körinasiz. Akademik Baxtiyor Nazarov Feruzşoh haqidagi birinçi kitoblaringizni şunday baholagan ekan: “Ehtimol, bu kitobni “asar” deb ataş şartli ravişda töğri bölar. Zero, mualliflarning özlari bu daʼvoga talabgor ham emaslar. Çunki, kitob izçil ravişdagi tadqiqot ham emas, badiiy asar ham emas. U asosan, aniq tarixiy manbalarga suyangan, xotiralardan unumli foydalangan va kezi kelganda tarixiy haqiqatga zid kelmagan ravişda jinday badiiy muşohadaga erk berilgan lavhalardan iborat”. Mazkur talqin Sizning uslubingizga haqqoniy tavsifnomadir. Menimça, Siz yaratgan asarlar — qöllanma. Xorazm tarixini örganiş bobida muallimlar ham, öquvçilar ham qöllanmalarni astoydil öqisalar Xiva xonligi xususida muayyan tasavvurga ega böladilar. Sana nuqtai nazaridan baholasak, Siz çingiziy-xorazmiy hukmdorlar — şoh va şoir, tarixnavis Abulğozi Bahodirxon, uning vatanparvar, bunyodkor öğli Anuşaxon obrazlarini gavdalantirdingiz. Yana hazrat Ogahiydek buyuk şoir ijodining röyobga çiqişida boş-qoş bölgan şoirtabiat hukmdor Olloqulixon obrazini şakllantirdingiz. Feruzşoh hamda ul zotning harbiy ilm sohasidagi ustozi Muhammad Murod devonbegi bobidagi işlaringiz maqtovlarga arzigulik. Qaniydi xorazmlik muallimlar loaqal öşa kitoblarni öqisalar va şogirdlari ruhiyatida ajdodlariga nisbatan hurmat tuyğularini uyğota bilsalar. Boşqa ijodkorlar ham Sizdan örnak olsalar.
Manbalarda yozilişiça, padari buzrukvoringiz Rahim Nazariy 1935-1940 yillarda Samarqand davlat universitetida tahsil körgan ekan. U inson universitetda Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Saʼdiy kabi allomalar maʼruzalarini tinglabdi. Şundan söng esa yoş avlodga ellik olti yil mobaynida dars beribdi. Sizning yuragingizdagi iştiyoq ana öşa nuqtalardan boşlangani oydinlaşadi. Toşkentga qaytiş tadorigini körayotganimda: “Oğa, bir maktabda öttiz bir yil davomida direktorlik qildim. Yoş yetmişga qarab ketmoqda. Endi lavozimni boşqa kişiga topşirib, ijodga şönğimoqçiman. Muhammad Aminxon haqida kitob yozmoqçiman” degandingiz. Şunda men: “Kitobingizga “Kalta Minor afsonasi” degan nom qöying. Şunda xorij sayyohlari ham qiziqadilar. Ingliz tiliga tarjima qildiramiz” dedim. Eşitişimça, öz xohişingizga köra rahbarlikdan böşab, direktor örinbosari vazifasida işlayotgan ekansiz. “Ijod ummoni tublariga” ğovvos yangliğ şönğibsiz. Ollohning özi qalamingizga quvvat bersin!
Yana bir gap. Bizga maʼlumki, Samarqand, Farğona viloyatlarining ayrim tumanlarida direktorlar maktab tarixini yozib, naşr ettiriş taşabbusi bilan çiqqanlar. Siz şu işni Xorazmda qanot yozdiring: 10-umumtaʼlim maktabi tarixini yozing! Öquvçilar ham şod bölur, muallimlar ham. Kamina “Quvonçbek- Maşhura” MÇJ naşriyoti boş muharriri vazifasidan ketganimdan keyin Xorazmda yana ikki naşriyot oçilibdi. Har holda, şu gap quloğimga yetdi. Viloyatda endilikda tört naşriyot mavjud. Noşirlar ayni davrda asosan maktablarga nigohlarini qaratib, möltirab ötiribdilar. Agarda kimda-kim maktab kutubxonalariga kitoblar hadya qilurman, deya maydonga çiqsa, bu ayni qahramonlik tarzida körinadi. Xorazmiylar Şayx Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Şermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy, Feruzşoh, Avaz Ötar, Matnazar Abdulhakim kabi MAʼNAVIYAT JARÇILARIning vorislari-ku axir?!
Maktubim nihoyasida Sizni yetmiş yoşingiz bilan ( keçroq bölsa-da) qutlayman. Muallimlar bayrami kayfiyatingizni yanada aʼlo qilsin!
Ehtirom ila:
Bahrom Rözimuhammad.
