Bugun —Özbek tili bayrami kuni!

Sirojiddin SAYYID,

Özbekiston xalq şoiri

NAVOIYNI ÖQIŞ

Har bir kalla,

Har bir boş

Jaholatdan qörqişi kerak.

Har bir bola,

Har bir yoş

Navoiyni öqişi kerak.

Har bir ota,

Har bir möysafid

Umr hikmatlarin körsatib,

Nafs arqonlarin qirqişi kerak,

Farzandlari, nabirasiga

Navoiyni öqişi kerak.

Bir bolaga — butun mamlakat,

Baʼzan esa qirq kişi kerak.

Beşiklardan tuşib bolalar

Navoiyni öqişi kerak.

Siz deysiz: yöl topişi kerak,

Uy qurib, pul topişi kerak,

Yöq-yöq, u or qilişi kerak,

Navoiyni öqişi kerak!

Samarqandu Buxoro, Termiz

Töylarida barçamiz jammiz.

Bizlar axir kimlardan kammiz?!

Elga olam olqişi kerak,

Olamga tik boqişi kerak,

Navoiyni öqişi kerak!

Beruniylar, ibn Sinolar,

Uluğbeklar, Bobur Mirzolar

Qurib ketmiş qanday binolar!

Yoş köngillar qalqişi kerak,

Navoiyni öqişi kerak!

Vatan azal bitta Vatandir,

U biz uçun sölmas çamandir.

Şul sababdan bola çoğlardan,

Maysa çoğlar, lola çoğlardan

Özni urib, yulqişi kerak,

Navoiyni öqişi kerak,

Dilga nedir yuqişi kerak!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan