11 yoshli o'quvchi xalqaro sertifikat sohibi

Navoiy shahridagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida xorijiy fanlarni o'qitish va o'rgatishda 330 nafar o'qituvchi faoliyat yuritayapti. Ularning 325 nafari ingliz tili fani o'qituvchilaridir.

— Shahrimizdagi 12 nafar o'qituvchi xalqaro “IELTS”, “test DAF”, “Aptis for teachers” kabi xalqaro sertifikatlarni, 51 nafar o'qituvchi esa “CEFR” sertifikatini qo'lga kiritgan, — deydi Navoiy shahar xalq ta'limi bo'limi mudiri Ra'no Hayitova. — Bundan tashqari, yaqinda 11-umumiy o'rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o'qituvchilari Vazira Azimova va Ahad Ahmedovlar Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalarida malaka oshirib kelishdi. Albatta, pedagoglarimizning bu kabi yutuqlari o'quvchilarimizning chet tilini mukammal o'rganishlarida muhim asos bo'lib xizmat qiladi.

Aytish mumkinki, joriy o'quv yilida Navoiy shahar maktablarida ta'lim olayotgan 103 nafar o'quvchi xorijiy tillar bo'yicha xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritgani bejiz emas, albatta. Ayniqsa, mamlakatimizda birinchilardan bo'lib Navoiy shahar 2-umumta'lim maktabining 5-sinf o'quvchisi Anora Arziyeva ingliz tilidan “IELTS” bo'yicha imtihon topshirib, 11 yoshida 6 ballik natijaga erishdi va eng yosh xalqaro sertifikat sohibiga aylandi.

Shuningdek, 2020-2021 o'quv yilidan boshlab, shahardagi 8-umumiy o'rta ta'lim maktabida yapon tiliga, 5-umumiy o'rta ta'lim maktabida esa xitoy tiliga ixti­soslashtirilgan sinflar tashkil etildi.

Otabek ASLONOV

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

1 + 20 =