Bugungi öquvçining talabi katta
Poytaxtimizdagi Sergeli tumanida joylaşgan 301-maktabda “Temurbek vorislari”, “Yoş kitobxon”, “Oçiq dars” tögaraklari maşğulotlari nainki iştirokçilarni, balki öqituvçi va öquvçilarni ham köproq jalb etadi. Ayniqsa, badiiy asarlar asosida sahnalaştirilgan kiçik epizodlarni körib, öquvçilar özlarini teatr zalida ötirgandek his qilişi ustozlarni ham mamnun etayotgani maʼlum böldi.
Bundan taşqari, “Kitobxon oila” tögaragi aʼzolari har bir öqigan kitobini oilaviy tahlil etişi, asarda ilgari surilgan ğoya nimayu uning öquvçiga beradigan maʼnaviy ahamiyatiga köproq eʼtibor qaratişi maqtovga loyiq.
Har gal tögarak yiğinlarida iştirokçilar özgaça şijoat, çanqoqlik bilan qatnaşişlarini körib havasingiz keladi. Ayniqsa, bugungi “Yoş kitobxon”lar keçagi kitobxonlardan ançayin farq qilişadi. Ular, eng muhimi, badiiy jihatdan saviyasi baland asarlarni pala-partiş, böş, saviyasiz yozilgan asarlardan ajrata olişadi.
— Tögaragimizga öquvçilar özlari xohiş bildirib aʼzo bölişgan. Kitobni faqat yod olib öqiş bilan çeklanişmaydi, balki maʼno va mazmunini özlaştirişga harakat qilişadi. Meni quvontirgani: öquvçilar eng yaxşi kitobni tanlay oladi. Hatto baʼzida menga ham öqigan kitobining taʼrifini maroq bilan sözlar ekan, mening ham öqişimni tavsiya etişadi. Garçi bu asarni öqigan bölsam-da, “xöp, albatta öqiyman”, deyman. Ularning zavq bilan hikoya qilişini eşitib iç-içimdan xursand bölaman. Axir qilayotgan işing foydali va maʼlum maʼno kasb etsa, kimgadir nafing tegsa bundan ortiq baxt bormi?! — deydi “Yoş kitobxon” tögaragi rahbari Muborak Muhitdinova.
Biz maktabda bölganimizda ona-tili va adabiyoti fani öqituvçisi Şahnoza Umarova 5-“v” sinf öquvçilariga maşhur adib, Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov hayoti va ijodiga bağişlangan “Oçiq dars” olib borayotgan ekan.
Asarni şunçaki öqiş emas, balki yozuvçining maqsadini biliş, asar mohiyatini anglaş öta murakkab vazifa. Bir narsaga amin böldikki, “ösmir-yoşlar kitob öqimay qöydi”, deyotganlar aslida ularning içki keçinmalaridan xabardor emaslar, bugungi ösmir-yoşlarning qiziqişi, tasavvur dunyosi, badiiyatni qabul qila oliş imkoniyati darajasi ançayin baland. Ammo ayrim havaskor ijodkorlarning öz puliga çiqargan, yaʼni Respublika Yozuvçilar uyuşmasining nasr bölimi tahriridan ötmagan, har tomonlama saviyasiz kitoblarning maktablarga turli yöllar bilan kelib qolişi baʼzi öquvçilarni çalğitib qöymoqda.
Ular ayni vaqtda çop etilayotgan, taniqli ijodkorlarning asarlari kutubxonada yöq ekanligini, agar bölganda, albatta, öqişlarini aytişdi.
Yusuf JÖRAYEV
