Umidimni soçsam izlaringizga

Muallif haqida:

Faroğat Xudoyqulova — 1975 yili Qamaşi tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini 1998 yili tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

“Kuy dilim, suygulim”, “Aytolmagan sözlarim”, “Oydinlik”, “Oq xatlar”, “Qoyatoşim” singari şeʼriy töplamlar muallifi.  Publitsistik maqolalari va nazmiy asarlari 20 dan ortiq jamoa töplamlarida va gazeta-jurnallarda çop etilgan.

U bugungi kunda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Adabiy tarğibot va tadbirlarni uyuştiriş bölimi boşliği vazifasida faoliyat yuritmoqda.

 

Yuragimni

Tun xobini oçib quyoşni quçdim,

Yoşligim, yomğirni keçdi entikib.

Şamollar egdilar niholim böyin,

Ilk bahor toşlarga qöygandim ekib…

 

Umidimni soçsam izlaringizga,

Ming yil oyat öqib sizni qilsam yod.

Tilimni kuydirgan sözlaringizdan —

Yoşligim tongida tökilgan faryod.

 

Angladim,

kulbamga tuşmas yölingiz,

Öçib ketsa, yoddan öt misol izim.

Ming yil ötar, balki, tilab vaslingiz,

Tolmas qaro közim, tolmas oq közim.

 

Keçirim sörang Siz, ötgan tunlardan,

Keçirim söray Men, ötmas kunlardan.

Sizning baxtingizni asramoq uçun,

Baxtimga oğular tutdim unlardan.

 

Tilimlab-tilimlab, murğak jonimni,

Bokira tonglarning köksiga osdim.

Xayolim Siz tomon çorlasa takror,

Kaftimni saksovul çöğiga bosdim.

 

Bosdim, yuragimni qorlarga bosdim,

Men Sizdan özimni sovutayin deb.

Netayki, undanda battar  isidim,

Sovuq könglingizning muzlarini yeb.

 

SEN ÖYLAMA…

Sen öylama, endi u bu yöldan ötmaydi deb,

Çekkan ğam-anduhlarim uvoli tutmaydi deb.

Kim aytar, şafqatsiz deb, Xudo suygan könglimni,

Qaytib qölim uzatsam yulduzga yetmaydi deb.

 

Fiğonim falak bölsa, yöl topmay yölimda goh,

Sahro kelsa, toğ kelsa, titragan gulimda goh.

Kimlarnidir Xudoyim yölimga zor qaratmiş,

Seni deb jon talaşdim, ötimda, kulimda goh.

 

Toq bulbulning ohidan izhorimni bilmassan,

Bunça baxtga öçsan-ay, men deb yurak tilmassan.

Sarxuş uçging kelar işqning oltin arğamçisida,

Va le mendek işq yölida yiğlab sajda qilmassan.

 

Dilga ğussa tölganda ham, şöxu şodon kulgayman,

Işqingda ğam çekib-çekib, tölin oydek tölgayman,

Lek, afsus çekmagayman, oh, tökkan köz yoşlarimga,

Qismatning doğ yozuğiga şahd-la rozi bölgayman.

 

Kuylasam, kuylar tilim– quş tilim, osmon tilim,

Işqning alangasidan çiqmas zarra qalb kulim.

Fiğonimga qöşilişib yonib borar daryolar,

Toğlar ortin közlaganman, çorlar muhabbat yölim.

 

Sen öylama, Faroğat,

Bu yöldan ötmaydi deb…

 

BAXŞI  QIZNING QÖŞIĞI

Örtamizda oqqan daryo toşqin ekan, toşqin ekan,

Qirğoğida esgan şamol şoşqin ekan, şoşqin ekan.

Dömbiramni kuyga solib, tölqinlarga nola qilsam,

Tun yarmidan oşgan ekan, oşgan ekan, oşgan ekan.

 

Boşginamdan yulduz yoğdi, etakkinam tölguniça,

Soy böyida oq yalpizlar kulguniça, kulguniça,

Işqdan kuygan qora könglim, tun kaftida oqararmi?

Ölmoğini afzal bilib, yordin judo bölguniça.

 

Hur qizlarning asli edim, qoldi zulmat içra olam,

Zör qizlarning asli edim, zahardan-da aççiq jolam,

Er yigitlar sarasi deb, öylaganim, jonga jafo,

Er qizlarning asli edim, qilsin alam, qilsin alam.

 

Toşni otsam toşga tegar, suv yuzidan suzib ötib,

Yorijonim, baxtlimikan, işqsiz, bağritoşga yetib?

Baxtdan masrur boqarmikan, baxtimning oq kemasiga,

Orzularim töğonini buzib ketib, buzib ketib?..

 

Toğda toyçoq kişnaganda, yotlar bilan ketguvçi yor,

Töqson tomir titratguvçi dodlar bilan ötguvçi yor,

Nigohlari sirlarini oşkor etib, göşangaga,

Karvon-karvon azob ortgan otlar bilan yetguvçi yor?..

 

Örtamizda oqqan daryo toşqin ekan, toşqin ekan…

 

Navqiron yoşimda…

Hatto örtaniş ham kelmas qölimdan,

Netay, ovunç izlab böğilganimda.

Ey voh, kuningizga yarardim balki,

Men ham öğil bölib tuğilganimda.

 

Çölponu Qodiriy, Usmon Nosirlar

Çekmagan azobin yuki boşimda.

Millatning muzlagan tomirlarini

Yondirgan edilar mening yoşimda.

 

Ulardek na epçil, na mard bölmadim,

Navqiron yoşimda, öylarim soçiq.

Qadrimni şeʼrdanmi, baxtdan sörayin,

Qoqilsam, közlarim bölsa ham oçiq.

 

Hali bir tirik söz aytmadim elga,

Hali bir öksikning könglin topmadim.

Özimni yengişni örgating menga,

Özimni anglamoq bölsin matlabim.

 

Mening pokdil otam, otajonginam,

El kabi anglasam, himmatingizni.

Meni öğillardan körmagansiz kam,

Qilolmasam hamki xizmatingizni.

 

Hatto örtaniş ham kelmas qölimdan,

Netay, ovunç izlab böğilganimda.

Suyangan toğingiz bölardim balki,

Men ham öğil bölib tuğilganimda.

 

Özimni yengişni örgating menga…

 

BUYUK UÇRAŞUV

Sen kelmading,

Men ham bormadim,

Şunday keçdi yuraklar jangi.

Dudoğlari titrab qoraydi,

Boğ qöynida sevgimiz tongi.

 

Oy köksiga boş qöyib, ğamnok

Deysan, sevgi hayotmas ölim.

Men-çi, oydan olisga ketdim,

Tuşmasin deb sen tomon yölim.

 

Lekin, asl haqiqat tunlar —

Yuraklarga solarkan ğulu.

Bizni kutar oldinda intiq

Biz kutmagan buyuk uçraşuv.

 

TALQIN…

Men şeʼrman…

Dardi pişib-pişib, keçroq tuğilgan,

Katta davralarda öqilmagan şeʼr.

Öqilmasimdanoq yoqqanding pinhon

Yonganimda unsiz yondi ona yer.

 

Kulim sovumasdan, tongim otmasdan,

Soçib yuborganding

Dengizga yetdim.

Va lekin röy berdi, sen kutmagan hol,

Toşlarga urilib jaranglab ketdim.

 

SEVMAGAN BÖLSAM…

Kuz şoxlarga qizil yaproq taqmasa,

Quvonç quçoq oçsa, ğamlar boqmasa,

Dilni yoqqaningiz, dilga yoqmasa,

Qaniydi, men sizni sevmagan bölsam.

 

Peşonamda beun suymoq bor ekan,

Qahringiz ötida kuymoq bor ekan,

Sitamlardan quvonç tuymoq bor ekan,

Qaniydi, men sizni sevmagan bölsam.

 

Tözğib xayolingiz, böronday kezsam,

Faroğat topsamu, tinçingiz buzsam,

Bu jon uzilmasdan umidim uzsam,

Qaniydi, men sizni sevmagan bölsam.

 

Kun kelib,

tantana qilgay adolat,

Muhabbat nafratdan olgay harorat,

Öz boşiga savdo solgay Faroğat:

— Qaniydi, men sizni sevmagan bölsam.

 

IŞQ QASRINI YOQINGLAR

Otasining köziga,

Akasining köziga

Tik boqmagan qizlarning

Baxti yöqmi, Enajon?

Nomardga sir aytmagan,

Vaʼdasidan qaytmagan,

Qizlar özi davlatu

Taxti yöqmi, Enajon?

Sevilib yöl topmagan,

Sevib tongi otmagan,

Oqquş bölib uçganu

Oyning yuzin yopmagan.

Söqmoq yöldan yurganlar,

Tuşida tuş körganlar,

Köz yoşiga soç yuvib

Dardin qöşib örganlar.

Qoşu kipriklariga,

Tegib yulduzlar kuygan.

Tilaklari pok qizlar,

Bağri toşlarni suygan.

Qiz holidan kulganlar,

Lola bargin yulganlar.

Çin yoridan voz keçib

Ölmay turib ölganlar.

Otasining köziga,

Akasining köziga

Tik boqmagan qizlarning

Közlariga boqinglar…

Közlariga boqqanlar,

Hasratida oqqanlar,

Qiz köksidan öt olib

Işq qasrini yoqinglar,

Dunyolarni yoqinglar!..

 

OY ÇIQMAGAN KEÇALAR

Şeʼrlarimni yirtib otding,

Garçi ozroq şahdim past.

Erta şeʼrim toğ köksiga

Yozgaydirman qasdma-qasd.

 

Oy çiqmagan keçalarda,

Şovullaydi boğlar mast.

Şamolga böy bermayin tik,

Ösgaydirman qasdma-qasd.

 

Boşim uzra qor yoğarkan,

Şörlik şoxlar çökar dast.

Mençi, dilim ötin qorga

Tökkaydirman qasdma-qasd.

 

Ikkimizning oramizda

Qil köprik bor, tonma, rost.

Gar istasam, közim yumib,

Ötgaydirman qasdma-qasd.

 

Mensimasa elimni kim,

Toptar bölsa qaysi kas.

Öç olmoqqa qirq bitta jon,

Tikkaydirman qasdma-qasd.

 

BAXTLI BÖLGIN, BAXTIGUL

Alvon-alvon qirlarda

Şamol edik, Baxtigul.

Keçagina baxti oy

Jamol edik, Baxtigul.

 

Suluv-suluv soçimiz,

Alamlardan kesildi.

Baxtimizning yöllari

Oçilmasdan tösildi.

 

Bahorda ham köngilga

Qor yoğarkan Baxtigul.

Bevafo sanamlarga

Baxt boqarkan Baxtigul.

 

Döst deganim, sezdirmay,

Tiş qonatdi, Baxtigul.

Dunyoga qöl siltadim,

Diydam qotdi, Baxtigul.

 

Befaroğat dilimni,

Ğiybat qilib doğlaşdi.

Köngli tundan qarolar,

Özlarini oqlaşdi.

 

Şildir-şildir soylarda

Toşlar yondi Baxtigul.

Xudo bergan sevgidan

Kimlar tondi Baxtigul.

 

Dardi yöqqa sözim yöq,

Qolma, mendek böronda.

Heç bölmasa, endi sen

Baxtingni top Surxonda,

Baxtigulim,

Baxtigul.

 

QADIMIY OHANG

Çaqmoqning hur qiziman,

Qanot berdi dovullar.

Har silkinsam, uyğonar

Mudroq bosgan ovullar.

Yorning qöli yetmagan

Taqim soçlarim – tovus.

Kiprigimda nur öynar,

Oltin baliq, gul hovuz.

Tom boşida öltirib

Osmonga otgandim söz,

Şamollarning labida

Pora böldi çanqovuz.

Bobotoğ qirlarida

Payhon böldi lolalar.

Yorni yorga kuzatib,

Qilgandirman nolalar.

Suvda yongan şuʼlalar

Körpamga quroq böldi.

Yor keldi deb uyğonsam,

Tutganim firoq böldi.

Bulutlarning soçida

Arğimçoq uçdim, yorim.

Binafşaning bargidan

Çimildiq biçdim, yorim.

Sutday tiniq oqardi

Yoşligimning daryosi.

Qay  tomon adaştirdi

Şamollarning dunyosi?

Ay dunyo, hur-hur dunyo,

Faroğatim olding sen.

Ajab qildim, men sevib,

Ortda yolğiz qolding sen.

Ay dunyo,

Tutqun dunyo…

 

HAQIQATGA QÖYILGAN QAFAS…

 

 Özbekning otaşin şoiri

RAUF PARFI ÖZTURK xotirasiga

 

Işonç buzolmasmi eski dorlarni,

Suyanmoq istasak vijdonimizga?

Quyoş tark etmasmi maşʼum ğorlarni,

Tözimlar tilasak mört jonimizga!..

 

Mudragan mudrasa bölib muttaham,

Yurtning botirlari otilib ketsa.

 

Böğzimizda qolsa olov ham, dud ham,

Tiriklar xoinga sotilib ketsa.

 

Közimiz öyilsa körganimizdan,

Eşitib tom bitsa quloqlarimiz.

Toğlar töqaylarning poyini öpsa,

Oğuga kon bölsa buloqlarimiz…

 

Oh, bunça azobli bedor yaşamoq!

Mudramoq aslida undan ham azob!

Çiqarmi qismatning sahifasi oq,

Qadim manbalardan axtarsam javob?

 

Qaysi maʼvolarda çaşmalar oqmay,

Köksimdan közimga toşib çiqar qon.

Öğling sendan olis ketdimi, boqmay?..

Darding ololmasdan, ona Turkiston?..

 

2

Ortiq çidab turolmas yomğir,

Taʼqib qilar şoirni bulut.

Borliq içra bir sevgi sağir –

Ötgan kunday bölarkan unut.

 

Oy şoxida tuşkun yaproqlar

Alla aytar şoirga söng bor.

Tongni quçib söngan titroqlar

Va manguga kuzatgan dildor…

 

Baridan, tun, sen bölding ogoh,

Çidab berding olmasdan nafas.

Şoirni mahv etdi-ku nogoh

Haqiqatga qöyilgan qafas…

 

3

Sen tomondan esar mayin yel –

Tuyğularning baland parvozi.

Ey sen, mudroq, yuragimni til,

Yaşil sukunatning ovozi.

 

Ruhim – sahro, çayqalaman goh,

Pörtana – söz va keskir ovoz.

Körolmasman közlaringni, oh,

Mayin yelni ilğayman, xolos.

 

Boğlar – şaddod yomğir ostida

Çömilişar köylagin yeçib.

Borayapman sevmoq qasdida

Sen tomonga umrimdan keçib…

 

4

Ohudayin hurkak yuragim bilan

Qança nigohlarni saraladim men.

Qaysiki döstimga suyanç bölay deb,

Qaysiki ğanimni yaraladim men.

 

Keskir qiliç kabi qanotim dami,

Kökka yuksaltirar umid tulpori.

Tonglarim tonglarga ulanib hali,

Poyimda yastanar çöqqining qori.

 

Oyu yulduzlarga ayon qismatim,

Tölğonib dard çekkan daryoga ayon.

Heç nega arzimas qilgan xizmatim

Va umrim sahrosi besarhad, şoyon…

 

Ismimni manguga olib qaytarkan

Poklangan maqbarlar körkli şukuhi,

Söng bor yuragimda zobitlar öpgan

Bayroqday hilpirar Turkiston ruhi…

Faroğat Xudoyqulova

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan