MEHR-OQIBAT AYYoMI

Bugun ulug' kun. Saodatli kun. Muborak ayyomlarimizdan biri bo'lgan Qurbon hayitining ilk kuni. Xalqimizga xos bo'lgan insonparvarlik, mehr-oqibat, saxovat va ezgulik ayyo­mi.

Ulug' qadriyatlarimizdan bo'lgan ushbu bayramda imkoni yetgan, chin dildan niyat qilgan yurtdoshlarimiz Yaratganning rizoligi uchun qurbonlik amalini ado etadilar.

Yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlik, oilamizdagi qut-baraka, fayz-u tarovat shubhasiz Yaratganning beqiyos marhamati, ulug' ne'matlari tufaylidir.

Barchamizning chin ixlos ila ato etgan amallarimizni Alloh qabul aylasin, Qurbon hayiti bayrami qutlug' bo'lsin!

Gazetamizning 3-sahifasida siz aziz mushtariylarimiz e'tiboriga qurbonlik amali xususida ma'lum manbadan olingan maqola havola etilmoqda.

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

5 × one =