Ulkan masʼuliyatga undayotgan imkoniyatlar
Poytaxtimizda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bölib ötdi.
Bu yilgi bayram eng uluğ va eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik sanasi arafasida bölib ötayotgani unga alohida ruh va mazmun bağişlamoqda.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunçilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, jamoat taşkilotlarining vakillari, faxriy jurnalistlar, noşirlar, matbaaçilar, oliy öquv yurtlarining professor-öqituvçilari iştirok etdi.
Davlatimiz rahbarining matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayram tabrigini Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari örinbosari – Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov öqib eşittirdi.
Bugun jurnalistlardan tezkorlik, xolislik bilan birga, davlatimiz rahbari tomonidan qöyilayotgan vazifalarga hozirjavoblik, puxta va mukammal bilim asosida, öz faoliyatiga ijodiy, teran tahliliy-tanqidiy ruhda yondaşuv talab etilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvar va xalqçil siyosat milliy jurnalistikani jadal ravnaq toptiriş, söz va matbuot, fuqarolarning axborot olişga oid huquq va erkinligini taʼminlaşda muhim omil bölmoqda. OAV rivoji yölidagi ğamxörlik va eʼtibor soha xodimlarining jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini tobora yuksaltiriş, ularni moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaşda öz ifodasini topmoqda.
Mamlakatimizdagi islohotlar jarayoni yoki dunyoning istalgan çekkasida röy berayotgan voqea va hodisalar şu onning özida ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, internet naşrlarida aks-sado bermoqda. Yurtimizda fuqarolik jurnalistikasi, blogerlar faoliyati tobora jadallaşib bormoqda.
Bugungi kunda barça darajadagi boşqaruv idoralari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar bilan muntazam uçraşib, jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarni erkin muloqot asosida keng muhokama etişi yaxşi anʼanaga aylanib bormoqda. Davlatimiz rahbari hududlarga har bir taşrifida jurnalistlar va blogerlar bilan muloqot qilmoqda, ularning savollariga javob bermoqda. Bunday yondaşuv Özbekistonda olib borilayotgan oçiqlik, oşkoralik va demokratik siyosatning eng muhim yönalişlaridan biridir.
Ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli özgariş va yangilaniş jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamçiliklarga davlat idoralari va jamoatçilik eʼtiborini qaratmoqda.
Ayni vaqtda nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar, naşriyot va bosmaxonalar soni köpayib borayotgani eʼtiborga loyiq.
Davlat idoralarining jamoatçilik bilan aloqalarini mustahkamlaşga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, hokimiyat va boşqaruv organlari tomonidan mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning borişi, milliy dastur va strategiyalarning bajarilişi yuzasidan doimiy ravişda matbuot anjumani va brifinglar, oçiq muloqotlar taşkil etilmoqda.
Agar 2019 yilda davlat va nodavlat taşkilotlardagi axborot xizmatlarining manbalari — rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar 559 tani taşkil etgan bölsa, 2021 yilda bu raqam 2 ming 410 taga yetdi.
Ommaviy axborot vositalaridagi tanqidiy çiqişlarga vazirlik va idoralar, hokimliklarning axborot xizmatlari orqali tezkor munosabatlar bildiriş amaliyoti şakllanmoqda. Buning tasdiğini davlat idoralari tomonidan tanqidiy materiallarga javob qaytariş körsatkiçi 2018 yilda 12 foizni taşkil etgan bölsa, 2020 yil yakuniga köra qariyb 90 foizga yetgani misolida ham köriş mumkin.
Yaqinda qabul qilingan “Davlat organlari va taşkilotlarining faoliyati oçiqligini taʼminlaş, şuningdek, jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmon bu boradagi işlarni yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi.
Prezidentimizning “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi Farmoni asosida mamlakatimizda söz va matbuot erkinligi, oçiqlik va oşkoralik tamoyillarini mustahkamlaş, fuqarolarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan demokratik özgarişlar jarayonlariga qöşayotgan katta hissasi, global axborot maydonida milliy manfaatlarimizni himoya qiliş, Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida erişilayotgan yutuqlarni keng tarğib etişdagi munosib xizmatlari, zamonaviy jurnalistika tizimlari uçun yuksak malakali professional kadrlarni tayyorlaş, yoş avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun bir guruh OAV vakillari unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Tadbirda bu mukofotlarni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva öz egalariga tantanali topşirdi.
— Kamtarona mehnatim yuksak baholanganidan boşim kökka yetdi, — deydi “Mehnat şuhrati” ordeni sohibasi Öğilxon Boltaboyeva. — Jamiyatdagi muammoli masalalarni yoritiş, şu maʼnoda xalqimizga kömakdoş bölişi uçun soha vakillaridan dadillik, haqgöylik va xolislik talab etiladi.
Tantanali tadbirda sanʼat ustalari, estrada yulduzlari va yoş ijroçilar iştirokida konsert namoyiş etildi.
Nurillo Nasriyev,
ÖzA muxbiri.
