Statistika aniqlikni talab etadi

Bugungi jamiyat hayotini statistikasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Statistikani real va aniq olib borilishi hayotimizni begilab beruvchi omillardan biri hisoblanadi. Sohani yanada mukammallashtirish ish samaradorligini oshirish hamda statistikadan foydalanuvchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida 2021 yil 11 avgust kuni “Rasmiy statistika to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.

Rasmiy statistika mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va baholash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, jamoatchilikni xabardor qilish, rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash uchun e'lon qilinadi.

Rasmiy statistika bu “Rasmiy statistika to'g'risida”gi Qonunning qoidalariga muvofiq davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika ma'lumotlaridir.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Har qanday jismoniy va yuridik shaxslar rasmiy statistikadan foydalanishi mumkin.

Ular e'lon qilingan statistika ma'lumotlaridan erkin foydalanish, e'lon qilinmagan ochiq statistika ma'lumotlarini olish maqsadida rasmiy statistikani tayyorlovchilarga so'rov bilan yoki ularni e'lon qilish to'g'risidagi taklif bilan murojaat qilish kabi huquqlarga ega.

Rasmiy statistika rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga to'la muvofiq holda, shuningdek, ayrim statistika ma'lumotlarining maxfiyligini ta'minlash hamda barchaga teng foydalanish imkoniyatini berish orqali e'lon qilinadi.

Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikani statistika dasturida va rasmiy statistikani e'lon qilish jadvalida nazarda tutilgan muddatlarda e'lon qilishi shart.

Tarkibida davlat sirlari va qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sir bo'lgan rasmiy statistika ma'lumotlari e'lon qilinmaydi hamda qonunda belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Jamoatchilik rasmiy statistikani e'lon qilish muddatining har qanday o'zgarishi to'g'risida e'lon qilishning rejalashtirilgan sanasiga qadar xabardor qilinadi.

Shuningdek, rasmiy statistikani tayyorlovchilar qo'shimcha ravishda ishlov berilgan statistika ma'lumotlarini, bosma nashrlarni va boshqa materiallarni rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning so'roviga ko'ra pulli asosda taqdim etish huquqiga ega.

Gulzada BEGJANOVA,

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Taxiatosh tumani prokurorining ish o'rganuvchi yordamchisi.

 

Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratilgan  davlat granti “Inson manfaati — taraqqiyot poydevori” loyihasi asosida chop etilmoqda. (S/22)

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

fourteen + 3 =