Közgu tutiladi
Sud zalidan
Maʼlumki, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyning qamoqqa olinişi bir neça oydan buyon ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölib kelmoqda. Nihoyat, Surxondaryo viloyati jinoyat işlari böyiça Muzrabot tuman sudida joriy yil 11 mart kuni bloger Otabek Sattoriy ustidan birinçi oçiq sud majlisi bölib ötdi. Sud jarayonida jabrlanuvçilarning daʼvolari tinglanib, sudlanuvçi bilan yuzlaştirildi. Şuni alohida takidlaş kerakki, ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar va qiziquvçi iştirokçilar köpligidan sud zaliga siğmay ketdi.
Jabrlanuvçilardan biriga söz berilarkan, u: “Ana şunday xunuk voqeaning sodir etilişida, avvalo, sizu biz aybdormiz, — dedi barçaga yuzlanib. — Keyingi yillarda jamiyatimiz va biz bu jinoyatga juda qulay muhit yaratib berdik. Endi esa söroq — tergov qilişga, qonunga zid deyişga, illatning ildizini, aybdorni axtarişga urinamiz”. Darhaqiqat, bu kesatiq sudda körilayotgan uşbu holatga “baho” bölişga ariziydi, deyiş mumkin.
Navbatdagi sud majlisi şu yilning 17 mart kuni bölib ötişi belgilandi. Lekin, yakuniy sud hukmi öqilgaç, biz “Hurriyat” muştariylarini juda köplab ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari, ayrim xorij OAVlari taʼriflayotganidek, bu voqea çindan ham söz erkinligiga qarşi tajovuzmidi, töğri söz, adolatli bloger Otabek Sattoriyga uyuştirilgan sohta ayblovmidi yoki aksinça, bloger bölmiş O.Sattoriyning özi qinğir yölda edimi, bu borada sud xolis va qonuniy ötdimi, sud hukmi neçoğlik adolatli qabul qilindi, bularning barçasiga közgu tutiladi, yaʼni atrofliça tahliliy maqola beriladi.
Safar OMON,
“Hurriyat” muxbiri
