Yaponiyadan beg'araz yordam

Guliston shahar tibbiyot birlashmasi akusherlik kompleksi shifokorlari Yaponiyaning “Kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg'araz yordam” dasturida o'z loyihalari bilan ishtirok etib, imtiyozli grant sohibi bo'lishdi.

— Homilador va farzandli ayollarga malakali tibbiy xizmat ko'rsatish tizimini Gulistonda yo'lga qo'yish borasidagi yangi, innovatsion loyihamiz asosida ishtirok etdik, — deydi tug'uruq kompleksi mudiri Shahlo Nazarova. — Loyiha tashabbuskorlari taqdim etgan ish rejamizni o'rganib chiqishdi va bizga 100 ming AQSh dollarlik grant taqdim etildi.

Yaqinda mazkur akusherlik kompleksiga Yaponiyaning KIKO GLOBAL CO,.LTD tashkiloti o'tkazilgan grant loyiha asosida umumiy qiymati 90900 AQSh dollari miqdoridagi 1 ta jarrohlik stoli, 1 ta ART-300 rusumli o'pkaga sun'iy havo berish jihozi, 1 ta zamonaviy jarrohlik jihozi hamda bir qancha turdagi tibbiy asbob-uskunalarni topshirdi.

Endi gulistonlik akusher va ginekologlar grant loyiha asosida akusherlik kompleksiga keltirilgan zamonaviy, eng so'nggi rusumdagi tibbiy jihozlardan foydalangan holda xotin-qizlarga malakali tibbiy xizmat ko'rsatishda yanada yaxshiroq imkoniyatga ega bo'lishdi.

G'ulom PRIMOV,

“Hurriyat” muxbiri

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

seven + 15 =