IIBdan “Innovatsion qidiruv”: Jarima — xo'rak

2021 yil 17 dekabr kuni fuqaro E.S. qoidabuzarligi bo'yicha jarimasiga e'tiroz bildirib, Toshkent viloyati IIBB YHXBga murojaat qilgan.

“Shu sababli, uning ma'lumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganda, mazkur fuqaro Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi, 112-moddasi 1-qismi, 166-moddasi 3-qismi “a” bandida ko'rsatilib o'tilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvdaligi ma'lum bo'lgan”, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida (kun.uz).

  1. Shu o'rinda haqli savol tug'iladi. Ushbu moddalar (109-modda. Yengil tan jarohati yetkazish. 112-modda — O'ldirish yoki zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish. 166-modda — Talonchilik.) bilan ayblanayotgan shaxs bemalol shaharda mashina haydab yursa-yu, ichki ishlar xodimlari uni “topa” olishmasa?! Texnika rivoj­langan, har bir chorraha-yu muyulishda kuzatuv kameralari ishlab turgan bir paytda bu juda kulgili holat emasmi? Mabodo fuqaro E.S. ortiqcha jarimaga tortilgani bo'yicha murojaat qilmaganida nima bo'lardi, u qidiruvda yana qancha yurardi? Yoki bu jinoyatchini qidirishning yangicha innovatsion usulimikin?!
Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

twenty − 14 =