Yaxşi körinişni öylaymiz, oqibatni emas…
Prezident avgust oyida ötkazilgan yiğilişda Toşkentdagi kökalamzorlaştiriş holatiga eʼtibor qaratib, “Şaharning hamma joyida köp suv talab qiladigan arça va “gazon” köpayib ketdi. Nahotki, özimizning şaroitga mos köçat navlari bilan taʼminlaş haqida heç kim boş qotirmaydi?”, deya eʼtiroz bildirgandi.
Aqli raso odam bundan darrov xulosa çiqarib, şundoq ham suv taqçil bölgan yurtimizda arça örniga iqlimimizga mos boşqa köçat turlaridan ekişga ötadi. Ammo “davlat rahbari poytaxtni aytdi-ku, bizga indamadi”, deb tor öylaydiganlar “Yangi Özbekistonga yangi arçazorlar yaraşadi”, deb mana bu deputat, senator, ekologçi akalarimizga öxşab arçazorlarni kengaytirişda davom etaveradi.
Nazarimda, Prezident yana bitta selektor ötkazib, qaysi viloyatga qaysi köçat mosligini aniq qilib aytib bermaguniça, arça ekiş davom etaveradi.
Bizda özi köpinça şunaqa: topşiriqni eşitib-eşitmay, hovliqib ijroga kirişiladi. Fikru xayol “oçko” olişda. Oqibati esa umuman qiziqmas…
“platforma.uz”
