Diqqat: “Atirgul” tanlovi qayta tiklandi!
O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mamlakatimizda jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon qilishiga ko'maklashish, erishgan yutuqlarini e'tirof etish va ularni rag'batlantirish maqsadida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida an'anaviy o'tkazib kelingan “Atirgul” tanlovi qayta tashkil etilganini e'lon qiladi. (Ma'lumki, ushbu tanlov so'nggi yillarda ayrim sabablarga ko'ra to'xtab qolgandi).
Tanlovda jurnalistlar va axborot xizmati xodimlari 2021 yilning 1 martidan 2022 yilning 1 martigacha ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan (televidenie, radio orqali efirga uzatilgan, bosma va internet nashrlarida chop etilgan kamida 5 ta) materiallari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov quyidagi sakkizta yo'nalish bo'yicha o'tkaziladi:
“Inson qadri ulug'langan eng yaxshi materiallar uchun”
“Gender tenglik masalasi bo'yicha yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun”
“Yoshlar muammolari keng yoritilgan materiallar uchun”
“Sog'lom turmush tarzi yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun”
“Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”
“Ekologik muammolar keng yoritilgan materiallar uchun”
“Harbiy-vatanparvarlik mavzusida eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”
“OAV bilan faol hamkorligi uchun”
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar 2022 yilning 1 martigacha qabul qilinadi. G'oliblarga diplom va qimmatbaho sovg'alar 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga muallifning professional faoliyati to'g'risida qisqacha ma'lumot, pasport nusxasi, yashash manzili va bog'lanish telefonlari raqami ilova qilinadi.
Ijodiy ishlar “Atirgul” tanloviga deb ko'rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:
100129, Toshkent sh., Navoiy ko'chasi 30-uy,
3-qavat 35- va 37- xonalar.
O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi.
Telefonlar: 71- 244-64-61, 71-244-37-87,
Faks: 244-69-65