Tanlovning eng yaxşi inşosi: «Mening prezidentim»
Maʼlumki, Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida taşkil etilgan “Mening Prezidentim” ijodiy işlar tanlovi yakunlandi. Yaqinda tanlov ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötganligidan esa köpçilik xabardor bölsa kerak.
Yurtimiz umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf öquvçilari örtasida joriy yilning sönggi ikki oyi davomida 4 bosqiçda ötkazilgan mazkur tanlovda 9 ming 872 ta umumtaʼlim maktabida saboq olayotgan 600 ming nafarga yaqin öquvçi iştirok etganligi aytildi.
Quyida uşbu tanlovning mutlaq ğolibasi, Parkent tumanidagi 5-ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabi öquvçisi Raʼno Abduhamidovaning yozgan ijodiy işi eʼlon qilinmoqda.
“Bir ölkaki, tuproğida oltin gullaydi…”.
“Oy bizning qişloqda yerga yaqindir”.
Dilni xuşnud etuvçi yangi hayot nafasi.
“Aytgin, döstim, nima qildik Vatan uçun?!”.
Toki tanda jonimiz, seningdirmiz, seningdirmiz.
Har bir makon-u zamonda maşhur bölgan şunday jumla bor: “Dunyoni gözallik qutqaradi”. Qiziq, gözallik nima özi?! Bahorda qip-qizil lolalar bilan bezangan qirlar gözalmi yoki şu qirlarni bezab turuvçi, şirmoy yuzli qizlar gözalmi?! Erta tongda qölidan issiq sut isi keladigan ona siymosi çiroylimi yoki onasi tomon talpinayotgan gödakning közlaridagi beğubor tabassum çiroyliroqmi?!
Menimça, şularning barçasi birdek çiroyli, birdek gözal! Siz uçun-çi? Siz nimani gözal, çiroyda tengsiz, deya hisoblaysiz. Agar javob topişga qiynalayotgan bölsangiz, qölingizni çap köksingizga qöying. Xöş, u nima deb javob berdi. Mening qalbim: “Senda bir boylik bor. U hamma narsadan betakror, hammasidan aziz. Sening turfa gözalliklar bilan tovlangan boyliging Vataningdir”, dedi.
Vatan… Vatan tuyğusi… Vatan muhabbati… Nimadir bular?! Osmondan baland hislarmi? Bular qanday sehrli qudratki, hali voyaga yetmagan, dunyo körmagan, turmuşning past-balandlaridan bexabar bir ösmirning yuragiga jo bölib, uning butun fikr-u xayolini band qilib turadi. Menimça, yuragimni musiçaday tipirçilaşga, qalbimni esa ismsiz tuyğular ummoniga aylanişga majbur qilgan kuç Vatan tuyğusi bölsa kerak! Negadir şu söz quloğim ostida jaranglaşi bilan öylarim bahor osmonidagi oppoq bulutlar singari har yonga “soçilib” ketadi. Balki bu tuyğuni izohlaş, tuşuntirib beriş imkonsiz bölgani uçundir. Töğrimi?! Bu tuyğuni faqat his qiliş mumkin.
Siz Vatan tuyğusini birinçi marta qaçon his qilganingizni xotirlaysizmi? Men esa bilaman. Bu tuyğuni ilk bor olti yoşimda his qilganman, lekin bu Vatan tuyğusi ekanligini keyin angladim.
Yodimda… Men olti yoş bölgan paytim katta opam şaharda öqir edi. Yoz kunlarining birida buvijonimga ergaşib, birinçi marta Toşkentga keldim. Uç kun opam joylaşgan hovlida turadigan böldik. Birinçi kun yaxşi ötdi. Ikkinçi kun yuragimga heç narsa siğmadi. Özimni hali u yoqqa, hali bu yoqqa taşlab, öyinçoqlar öynadim. Keyin loy qorib, uyça yasamoqçi böldim. Tuproqqa suv sepib, özim yoqtirgan iforni topa olmagaç, alamimdan yiğlab yubordim. Buvijonimning “Sen bilan heç qayerga borib bölmas ekan”, degan dakkisi bilan safarimiz tez “qaridi”… Bu voqea men uçun juda katta saboq böldi. Men-ku Toşkentga kelsam ham Parkentimni juda soğinaman. Vatanidan yiroqda yurgan musofirlar nima qilar ekan-a?!!
Ha, aytgança, öşanda Parkentga qaytganimizdan keyin tuman markazi közimga qandaydir oddiy bölib köringandi. Çunki şahardagi köp qavatli uylardan, baland binolardan köz uzolmay qolgandim-da! Bugun yangiça gözallik kasb etayotgan Parkent tumani azal-azaldan köplab ijodkorlarni ilhomlantirib kelgan ajib diyor hisoblanadi:
Oy bizning qişloqda yerga yaqindir,
Quyoş ham toğlarni öpib yuz oçar.
Parkent osmonida yulduz uçsa gar,
Qirlarning közidan uyqular qoçar.
Bugun Parkent öz mahobati va salohiyati jihatdan poytaxt tumanlaridan sira qolişmaydi. Çunki tumandagi ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktablari soni oltitaga yetkazildi.
Zamonaviy talablarga javob beradigan bolalar va ösmirlar sport maktabi qurildi.
Bu biz uçun köplab imkoniyatlar eşigini oçdi. Toşkent viloyatida 2021 yil Özbekiston Respublikasining mustaqilligini munosib nişonlaş maqsadida yangi “Parkent” ijod uyining oçiliş marosimi bölib ötdi. Ilgari şoiru yozuvçilarning dam olişlari, ijod qilişlari uçun faqat “Dörmon” va “Zomin” ijod uylari mavjud edi. “Parkent” ijod uyining oçilişi adabiyot ahli uçun quvonçli xabar böldi. Qolaversa, Kumuşkon hududida Özbekistonda birinçi “Turizm qişloği”ni taşkil etiş böyiça loyiha ijrosiga kirişilgan edi. Şu bois bir neça yildan buyon bu hududda mehmonxona qurilişi davom etayotgandi. 2020 yilda mazkur mehmonxona öz mahobati bilan tumanimiz körkiga-körk qöşdi va mehmonlarni qabul qila boşladi.
Bugun tumanimizga kirib kelayotgan inson borki, keng va ravon yöllarni, gözal tabiat manzaralarini körib, dili yayraydi. Parkentning iqtisodiy imkoniyatlarini, bunyodkorlik işlarini, betakror tabiati tufayli turizm sohasida erişayotgan yutuqlarini, boşqa tomondan parkentlik öğil-qizlar qölga kiritayotgan ğalabalarni körib, baxt diyorining saodatli insonlariga havas qiladi. Faqat tumanimiz husni emas, unga monand ravişda insonlarning öy-fikrlari ham keçagidan özgaça. Parkent ahli bugun yuksaklarni közlagan parvozga yondoş, hammaslak.
Parkentda tong otar dilbar,
osuda,
Ona farzand kördi. Quyoş jilmayar.
Xudoyim xohlasa, bu gödak elda,
Balki Amir Temur bölib ulğayar.
Ha, tumanimiz ahli farzandu nabiralarining ösib, yetuk inson bölişlari uçun bor kuçini sarflayotgan zahmatkaş insonlardir. Jumladan, men har kuni maktabimiz yonida qurilgan “Kitob olami” dökonini körib, juda xursand bölaman. Buvijonim har gal nafaqa pulidan “kitob olgin”, deya “uluşim”ni berardi. Men “uluşim”ni kötargança kitob dökoniga borardim… Şu örinda muhtaram Yurtboşimizning: “Maktab taʼlimini rivojlantiriş buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanişi zarur”, – degan fikrini keltirib ötmoqçiman. Çunki sönggi yillarda mamlakatimizda maktablar quvvatini oşiriş böyiça bir qança islohotlar amalga oşirildi.
Masalan, men tahsil oladigan maktabning uzoq yillar davomida sport zali bölmagan. Şu maktabni bitirgan opalarim: “Biz jismoniy tarbiya darsini qişda sinf xonasida ötardik”, – deya köp eslaşadi. Opalarimning aytişiça, maktabimizda azaldan sport zali bölmagan ekan. Buni qarangki, uzoq yillar davom etgan “anʼana” 2020 yil öz nihoyasiga yetdi. Endi men ham boşqa hududdagi tengdoşlarim singari maktabimiz sport zali haqida bemalol gapira olaman. Ayniqsa, joriy yilda taʼmirdan çiqarilgan, tumanimizdagi eng katta ilm dargohlaridan biri bölgan 1-sonli maktab közni quvontiradigan darajada özgarib ketgan. “Mening Prezidentim” ijodiy işlar tanlovining tuman bosqiçi şu maktabda bölib ötdi.
Maktabdagi şaroitlarni, u yerdagi öquvçilarning közidagi kuç, ğayrat, quvonçni körib, Prezidentimiz amalga oşirayotgan islohotlarning faqat va faqat biz uçun, bizning yorqin kelajagimiz uçun qaratilganligiga yana bir bor guvoh böldim. Bilasizmi, tumanimiz 1926 yilda taşkil topgan. Öşa vaqtda kimdir mamlakat mustaqilligidan gap oçib, Parkentning bugungi yutuqlari başoratini bersa, turgan gapki, aqlga siğmaydigan röyo aytilgandek bölardi. Odamlar hatto tuşida ham körmagan özgarişlar bugun tumanimiz aholisi hayotini yangilab va yaxşilab bormoqda.
Joriy yilning boşidan şu kunga qadar tumanimizga 412 ming nafar sayyoh taşrif buyurgan. Bulardan 1,2 ming nafari xorijlik sayyohlarni, 410 ming nafari mahalliy turistlarni taşkil etadi. Tumanimiz markazida “Majnuna med” nomli tibbiyot klinikasi ham iş boşladi. Bu klinikaga Toşkent şahridagi yuksak bilim malakaga ega bölgan şifokorlar jalb qilindi. Tumanimiz aholisi şu yerning özida dardlariga davo topişi mumkin.
Men uzoq paytdan buyon öylab kelayotgan fikrlarimni bayon qiliş uçun imkon yaratgan taqdirdan va şu tanlov taşkilotçilaridan juda minnatdorman. Ayni damda: “Bu qiz tanlovda yutiş uçun toza maqtab yozibdi-ku!”, – degan fikr xayolingizdan ötmasligini iltimos qilgan bölardim. Zero, yozayotgan tuyğularimning, yoza olmayotgan keçinmalarimning naqadar samimiy va çin dildan ekanligi yolğiz Allohga hamda menga ayon.
Menimça, “Parilar şahri” deya nom olgan tumanimiz yilning istalgan paytida mehmonlarni qabul qilib olişga tayyor. Erta tongda issiq non isi taraladigan uylarda buvijonu buvajonlarimiz yurtga tinçlik, fayz-baraka sörab, duoda bölişadi. Bahor faslida ismaloq, mador singari kişi taniga quvvat, ruhiga yengillik bağişlaydigan kökatlardan yopilgan issiqqina somsalarni yeyiş uçun, albatta, keling.
Şunda parkentlik qizning inşosidagi gaplar qançalik töğri ekanligiga özingiz guvoh bölasiz. Men hozir tumanimiz çiroyini, unda olib borilayotgan islohotlarni yoziş bilan bandman. Siz esa öqiş bilan maşğulsiz. Ayni damda ikkimizning ham köz oldimizga Zarkent uzumiyu Söqoq kabobining surati kelgan bölsa ne ajab!
Hozir bularni yozayapman, lekin yuragimda: “bu özgarişlarning barçasini yoziş uçun vaqtim yetarmikan?”, degan xavotir bor. Menimça, yetmasa kerak. Naçora, buyuk bobolarimiz sönggi damda ham jang maydonini taşlab ketmaganidek, men ham qölimdagi qalam bilan oq maydon çegarasiga yetib boriş uçun harakat qilaman.
Bilamizki, mamlakatimiz qöşni davlatlar bilan qadimdan döstlik aloqalarini boğlab keladi. Qardoş xalqimiz bilan döstona munosabatlarni, muhim strategik aloqalarni mustahkamlaş maqsadida tumanimizning Qirğizovul hududidagi 33-maktabda qirğiz xalqining faxri bölgan Çingiz Aytmatovning byusti örnatildi. Biz tahsil oladigan maktabda 2021 yilda Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Amerika Qöşma Ştatlarining Şimoliy Jorjiya instituti bilan hamkorlikda taşkil etilgan “Maktablarda liderlik STEAM” kursi iştirokçilari taşrif buyurdi. Bu biz, yoşlar uçun katta mahorat darsi böldi.
Men yozgan sözlarimda heç qanday mubolağaga yöl qöymaslikka harakat qildim. Bu inşoda Millatimiz Sardori olib borgan va olib borayotgan islohotlar özim yaşaydigan hudud misolida qisqaça bayon qilindi.
Baxtim kulib, Yurtboşimiz bilan uçraşişga muşarraf bölsam, ularga şu sözlarni aytardim: “Bilaman, siz mamlakatimizdagi köplab yoşlar bilan yuzma-yuz uçraşgansiz. Şu yoşlar qatorida men ham taqdir bergan qismatimdan minnatdorman. Balki bu keng olamda kimdir men tuğilgan yurtda dunyoga kelişni, men tarbiyalanayotgan oilada voyaga yetişni orzu qilar. Balki oddiy fermer va öqituvçining mendek qizi bölişni kimdir, eng oliy baxt, deya hisoblar.
Aziz Yurtboşim, sahiy quyoş nurlaridan bahramand böladigan tonglarim uçun, jiyanlarimning şodon tabassumi uçun kelajakda yetuk dasturçi bölişni niyat qilgan ukamning orzulari uçun, barça-barçasi uçun Sizga rahmat aytaman. Yaxşiyamki, Siz mening, ha, mening Prezidentimsiz. Öylaymanki, kelajakda men bilan ham faxrlanasiz. Bu uçun qölimdan kelgança harakat qilişga Sizga söz beraman!!!”
Raʼno ABDUHAMIDOVA,
Parkent tumanidagi 5-ixtisoslaştirilgan
davlat umumtaʼlim maktabi öquvçisi,
“Mening Prezidentim” ijodiy işlar tanlovining
respublika bosqiçi 1-örin sohibasi
