“Navbahor” gazetasi faoliyati o'rganildi

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg'ona viloyati bo'limi raisi Muhammadjon Obidov Furqat tumani hokimligi muassisligidagi “Navbahor” gazetasi faoliyatini o'rganish maqsadida tahririyatda bo'ldi.

Hozir Furqat tumanida 120 mingdan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Aholining xolis, ishonchli va shaffof axborotga bo'lgan ehtiyojini ta'minlash uchun Furqat tumani hokimligining ijtimoiy-siyosiy nashri – “Navbahor” gazetasi faoliyatini yanada yaxshilash zarur. Bugungi kunda gazeta 850 nusxada, A3 formatda, bir oyda ikki marta chop etilmoqda.

2023 yilda “Navbahor” gazetasi uchun qo'shimcha obuna tashkil qilingani, muassis tomonidan tahririyat xodimlari doimiy ravishda moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlab kelinayotgani e'tiborga molik. Bundan tashqari, “Nav­bahor” gazetasi tahririyatiga tuman hokimligi binosidan joy ajratilgan,  ijara va kommunal to'lovlardan ham ozod etilgan.

Kelgusida gazeta o'quvchilari sonini ko'paytirish,  tahririyatning iqtisodiy imkoniyatini yaxshilash choralari ko'rilmoqda. Nashrning veb-saytini yaratish uchun mablag' ajratilishi ham rejalashtirilgan.

O'zbekiston

Jurnalistlar uyushmasi

Axborot xizmati

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

five × one =