Kitoblar taqdimoti

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog'is­ton bo'limi tomonidan Respublika axborot-resurs markazida A.Turekeevaning “Jurnalis­tika — mening hayo­timda” va To'rtko'l tumani televideniesi rahbari M.Masharipovning “Qoraqalpog'im” nomli kitoblari taqdimoti o'tkazildi.

Tadbirda jurnalist P.Xojamuratova “Jurnalistika — mening hayotimda”  kitobi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi. Bu kitobda jurnalistning jamiyatda tutgan o'rni, uning fuqarolik pozitsiyasi xususida so'z yuritilgan.

M.Masharipovning “Qoraqalpog'im” essesi haqida jurnalist J.O'teniyazov kitobxonlarga kengroq ma'lumot berdi. Kitobda xalqlar do'stligi, Vatanga sadoqat, tug'ilgan yerga muhabbat, yurt o'g'lonlari va qizlarining g'ayrat-shijoati tarannum etilgan.

Taqdimot marosimi so'nggida kitobxonlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Eng yaxshi savol egalariga kitoblar sovg'a qilindi.

O'zbekiston

Jurnalistlar uyushmasi

Axborot xizmati

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

eight + 14 =