Yangiyo'lda yubiley kechasi o'tkazildi

Yangiyo'l tumanida “Yangiyo'l” gazetasi bosh muharriri Ahmadjon Rixsiboyevning 60 yoshga to'lishi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda ommaviy axborot vositalari xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, ijodkorning yaqinlari, shogirdlari ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqan Yangiyo'l tumani hokimi Ulug'bek Yanglashev, O'zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo'limi raisi Rahmatilla Sheraliyev va boshqalar Ahmadjon Rixsiboyevning hayot yo'li haqida so'z yuritib, uning jurnalistik, xususan, 25 yillik muharrirlik faoliyatiga yuksak baho berdi.

Muharrir eng avvalo ijodkor, so'ngra tashkilotchi bo'lishi kerak, deyildi tadbirda. Bu ikki xislat A.Rixsiboyevda mujassam. U ko'plab publitsistik kitob­lar muallifi. Tavallud sanasi munosabati bilan uning “Jurnalistning noni qattiq, biroq…” nomli kitobi taqdimoti ham bo'lib o'tdi.

O'zbekiston

Jurnalistlar uyushmasi

Axborot xizmati

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

two × 5 =