Surxondaryoda a'zolik guvohnomalari topshirildi

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan yurtimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari, ularda mehnat qilayotgan xodimlarni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Shu bilan birga, qaysi sohada ishlashidan qat'i nazar, ijodga, jurnalis­tikaga mehri baland har bir kishi qadrlanadi.

Xususan, yaqinda hayotini ommaviy axborot vositalari rivojiga bag'ishlagan ikki nafar surxondaryolik jurnalistga a'zolik guvohnomalari topshirildi. Faxriy ijodkor Po'lat Soliyev va tibbiyot sohasida ishlashiga qaramay, doi­miy ijod bilan shug'ullanib, umrini jurnalistikasiz tasavvur qila olmaydigan shifokor-muxbir Chori Qoraqulovga Uyushmaning yangi namunadagi a'zolik guvohnomalari va ko'krak nishonlari tantanali tarzda taqdim etildi. Albatta, bu ham matbuot xodimlari va jonkuyarlariga bo'lgan e'tibordan nishonadir.

Tadbirda “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri, Uyushma boshqaruvi a'zosi Abdurasul Jumaqulov, Uyushmaning Surxondaryo viloyati bo'limi raisi Muhiddin Abdurahmonov ustoz hamkasblarimizni a'zolikka qabul qilingani bilan tabrik­lab, ularga uzoq umr, ijodlariga baraka tiladi.

O'zbekiston

Jurnalistlar uyushmasi

Axborot xizmati

Yangiliklarni do'stlaringizga ulashing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

twenty − fifteen =