Uruş Usmon ota taqdirida
Noxuş xabarni kimdan eşitdi?
1941 yilning 21 iyun subhidamida uruş boşlagani haqida radio xabar berdi. Noxuş voqeadan Özbekiston ham ogoh bölgan. Biroq respublikaning öşa vaqtdagi birinçi rahbari Usmon Yusupov bundan hali bexabar – u Toşkentdan uzoqda, ğalla masalalari böyiça toğli Nurotada edi.
Çöl zonasida uning maşinasi yurib boryapti. Tösatdan öq ovozi eşitildi. Ovçi, deb öyladi birinçi kotib, törğaynimi, yovvoyi eçkinimi nişonga olyapti çoği.
Ammo öq ovozi ustma-ust takrorlangaç, bezovtalandi. Töxtat, dedi haydovçiga. Şoşib maşinadan tuşib, ögirildi-yu…
Ular tomon usti oçiq maşina tez harakatlanar, kimdir tik turgan holda oq furajkasini boşi ustida aylantirardi. Usmon Yusupov uni tanidi – Samarqand viloyati partiya komitetining sekretari Çikovani.
U:
— Uruş, Usmon Yusupoviç, – dedi iztirob bilan. – Sizni Moskva sörayapti.
Bekorga “ota” demasdilar
Uruş ketyapti. Front orti – ikkinçi front. Birinçi kotib goh Toşkentda, goh Angren yo Yangiyölda.
Ana, u baraklar oralab yurib boryapti. Issiq körinarkan: “E, Usmon otamizmi?” – közlariga işonmasdi odamlar.
U işçilar oşxonasiga kirar, çömiç bilan qozonni kovlar va…
Asabi buzilan holatlar köp bölgan: “Kartoşkasi qani? Oşpazni çaqiring!”
Tun böyi işlab, tonggaça Markazqömda qolib ketişiga oila aʼzolari könikib qolişgandi.
Toşkentning Gogol köçasida oddiygina uyi bor edi. Allamahalda eşikni oçganida qizaloği Inna “dadajon!” deb böyniga osilar, bir ahvolda qaytgan otaning çarçoqlarini tarqatardi.
“Sovqotdim!”, derdi qizça.
Eski mebellar bilan jihozlangan nimqoronğu uy haqiqatan sovuq edi. Otaning otaşin bağri isitardi murğak vujudni.
Olovli mehridan köçada qolgan bolalar, yetim-yesirlar ham bahramand bölişgan. Katta öğli Leonid frontda, Sobir Rahimov boşqarayotgan harbiy qismlarda xizmat qilar, özi köçalarda daydib yurgan, vokzal içidagi xaraklarda çözilib yotgan bolalar va ösmirlar, soç-soqoli ösib ketgan daydi-yu bekorçilar qismatiga befarq qaramasdi. “Kimsan, qayerdansan, nima qilyapsan bu yerda? Eh,bolam, eh…”
Kattaroqlar işga, kiçiklar “bolalar uyi”ga jalb etilardi.
U Viktor ismli heç kimi yöq sarson yigitni uyiga olib keldi. Harbiy bilim yurtiga kirişiga kömaklaşdi. Viktor leytenant unvoni bilan frontga jönadi, ğalabaga hissa qöşdi.
Bir kuni temir yöl stansiyasida uxlab qolgan bir qizni kördi. “Qiz bola ham şu ahvolda yotadimi? Qanday zamonlar böldi, a?”
Tojik millatiga mansub qizning onasi ölgan ekan, otasi frontda. Qiynalganidan kelaveribdi boşi oqqan tomonga. “Uni boqqa olib boring, supuruvçi qilib qöya turinglar”.
Sanoat xalq komissariatida xizmat qiladigan rafiqasi Yuliya Leonidovna ham bolajon edi. Ayolning bir qadami – bolalar uyida. Bir qizça onasiga öxşatib “oyi!” deb çaqirdi-yu, uning vujudi his-hayajonga töldi.
Yuliya har bir işni turmuş örtoğining roziligi bilan qilar, ammo bu gal maslahatlaşib ötirmay yetim qizni töğri uyiga olib keldi…
Yetim-yesir va mehrga zorlar bejizga “ota” demasdi Usmon Yusupovni.
Usmon Yusupov va Aziz Qayumov
Usmon otaning bağrikengligi maşhur akademik Aziz Qayumovni ham çetlab ötmagan.
Birinçi rahbar Qöqonga kelganida Çarxiy domla qobiliyatli yoş şoirlar iştirokida “çoyxörlik” uyuştirdi. 18 yoşli Aziz ham bor edi qatorda. Ustozining işorasi bilan u paxtakorlar qurultoyiga bağişlangan öz şeʼrini öqidi. Uzundan-uzoq, ança zeriktirarli edi şeʼr. U. Yusupov dedi: “Biz şoir emasmiz, albatta, lekin tuzukroq urinib körsak, şunga öxşaş narsani yoza olardik. Boşqasini öqi!”
Aziz Qayumov bu gal ğazal öqidi. “Bunisi maʼqulroq, qayerda öqiysan?”
Aziz mahalliy çarm texnikumida öqiyotganini aytgandi: “Ilojsizlikdan öqiyotgani maʼlum, dedi Usmon Yusupov şahar partiya komiteti masʼullariga, adabiyotga şavqi bor, Toşkentga jönating, öz sohasida öqisin…”
Aziz 3 söm pul bilan Toşkentga jönadi, birinçi rahbarning huzurida böldi, uning maslahati bilan Dörmon yordamçi xöjaligida bir muddat boğbon sifatida işlab, hozirlik körib, ToşdU (hozirgi ÖzMU) ning şarqşunoslik fakultetiga öqişga kirdi.
Bir zanjirning ikki halqasi
Hamma narsa frontga!
Janggohlarga qurol-yaroq va öq-dori yetkazib beriş harbiy burçimiz, derdi Usmon Yusupov.
Faqat aslaha kerakmi mamlakatga? Paxta-çi? Ğalla-çi?
Harbiy zavod ham, paxta ham, don ham kerak. Har bir donni hisobga oliş – hayotiy ehtiyoj, paxta hosili uçun kuraş bilan frontda hujumga ötiş – bir zanjirning ikki halqasi, – tuşuntirardi Usmon ota.
Xonasidan joy berarkan deb…
Xonasidan joy berarkan deb, “Toşkent – non şahri” ekan deb hay kelişyapti, azamatlar. Oxiri nima böladi?
Hammasi yaxşi böladi, der edi Usmon ota, bir amallab bu kunlarni ortda qoldirsak, marra bizniki.
U kunlarni ortda qoldiriş oson keçmasdi. Özi yemay yedirgan, kiymay kiydirgan yerli xalq avj olgan kissavurlik, “beboş kelgindilar”ning jabrini ham tortdi.
Toşkent “bedarvoza şahar”ga aylandimi?
— Örtoq Yusupov, Toşkentda keraksiz elementlar tölib-toşib ketdi, eşelonlarni nariroqqa jönataylik?
— Qayoqqa? – lov etib yonardi birinçi kotib, – Rim papasigami?!
Va u darhol özini qölga olar, yonidagilarni vazminlikka çaqirar, şaroit şuni taqozo etayotganini qayta-qayta tuşuntirardi.
Kimdir:
— Şundoqku-ya… – dedi tabassum bilan, – uruş ketyapti deb kelaverişsa, kiraverişsa, kabinetni ham böşatib, özimiz köçada qolmaymizmi?
Birinçi kotib jiddiy edi:
— Idoralarni siqiştiramiz. Stullarimizni yölakka opçiqamiz, loaqal bitta xonani böşatamiz, vaqtinça kapalar quramiz.
— Kapalar quramiz?
— Hammamiz “jangçi”miz hozirça. Mudofaa uçun zarur bölsa Xalq Komissarlari Şörosi bilan MK binosini ham harbiy zavod uçun moslaştirişga tayyor turamiz!
Men arz qilaman!
Umrini dariğ tutmay, köp işlar qilgan – ulgurgan va uddalagan ğamxör siymo öz soğligi haqida öylaşga vaqt topolmasdi göyo…
1944 yilning kuzi, duşman sovetlar çegarasidan quvib çiqarilgan, lekin betanaffus iş va taşvişlarning çek-çegarasi hali körinmayotgandek. MK ning navbatdagi byurosida birinçi kotib huşidan ketib qoldi…
Tibbiyot fanlari doktori Katsenoviç unga qarar, oila aʼzosidek munosabat qilardi. Lekin bir kuni, uç-tört kun ötar-ötmas U.Yusupov yana koridorda paydo bölgaç:
— Men arz qilaman! – dedi asabi buzilib. – MK sekretari bölganingiz uçun istagan narsamni qilişim mumkin, deb öylaysiz şekilli. Yotib dam oliş, muolaja meʼyoriga rioya qiliş kerak-ku?
Past böyli, semizligiga qaramay U.Yusupov çaqqon-tetikligi bilan hammaning havasini keltirardi. Yotib qolişiga nima sabab böldi?
— Undan köra “kasal bölişning mavridimi?” deb jerkib bering. Uruş ketyapti-ku. Uff, bu kasofat qayoqdan ilakişdiykin?
— Balki Bekobodda. Balki Farxodstroyda… Lekin kasallikmas, özimiz aybdormiz, – dedi Katsenoviç. – Aʼzoyi badanning ham uvoli bor.
Toşkent uruş yillarida
Qiyinçilikka qaramay, 1941-1945 yillar adabiyot, sanʼat, madaniyat töxtab qolmadi, kinolar olindi, ilm ravnaq topdi, kitoblar, gazetalar çop etildi. Teatrlar tomoşabinga töla, birinçi kotib premyeralarga qatnar, mulohazalar bildirişga ulgurardi.
Toşkent nafaqat “yirik aslahaxona” – harbiy sanoat markazlaridan biri, balki ilm, adabiyot, madaniyat markaziga ham aylangandi. SSSR Fanlar Akademiyasi bir neça institutlari (400 ta olimi bilan), Belorusiya FA, Leningrad konservatoriyasi, Franko nomidagi Ukraina akademik drama teatri, Moskvadagi davlat yahudiy teatri endi respublikamiz markazi Toşkentda faoliyat olib borar, Aleksey Tolstoy, Anna Axmatova, Yakub Kolas singari buyuk adiblar şu yerda ijod qilar, har bir mehmon özbek xonadonini öz uyidek bilar, oddiy xalq öz mehmoni oldida odamiylik sanʼatini namoyiş etardi.
Muqimiy teatri ham öşa vaqtlar bunyod etilgan. Poydevor qöyilayotganda: “Ğalabaga bölgan işonçnigina yodgorligi bölib qolmay, bu bino arxitektura, binokorlik nuqtai nazardan ham namuna bölişi kerak”, degandi Usmon Yusupov.
Usmon Yusupov bir qança yuksak ordenlar bilan mukofotlangan edi. Tabiiyki bu orden va medallar öşa sobiq Ittifoq davrining eng obröli mukofotlaridan edi. Albatta, Usmon Yusupov ham öşa davrning odami edi. Lekin u xalqimiz uçun tinim bilmay işlagan rahbar, fidoyi zot edi. Bugun istiqlol zamonida özligimizni, tariximizni yanada çuqur biliş uçun ham ularni unutmasligimiz, qançalik qattol siyosat zamonlari bölsa-da, öşa oğir davrlarda ham şu yurt, Vatan, el taqdiri uçun tinim bilmay umrini, hayotini baxşida etgan otalarimizni yod etiş burçimiz.
Muhammad ŞODIY
