Çin yurtida hokim bölgan yurtdoşimiz
Şaxsiy qiziqişim böyiça – ijodkor, xizmat vazifam böyiça esa ilmiy xodimman, şu bois ham, hamişa izlanişda, hamişa boy tariximizning yoritilmagan jihatlarini xalqimizga yetkazişda öz hissamni qöşişga baholi qudrat harakat qilib kelyapman. Keyingi tadqiqotlarim, ayniqsa, buyuk ajdodlarimizning özga davlatlarning taraqqiy etişida amalga oşirgan juda katta işlari köpçilik qatori meni ham hayratga soladi, quvontiradi. Yoş avlod bularni bilişi zarur, çunki bu tarix Vatanimizga bölgan mehrimizni yanada oşirişga, salohiyatli ajdodlarimizdan örnak olişga, özligimizni anglaşga, eng muhimi, ğururimizni kötarişga yordam beradi. Zero, ğurursiz insondan unumdor kesak foydaliroq, degan gap behuda aytilmagan. Bugun arzimagan çoyçaqaga yurt ğururini sotayotgan baʼzi omi kimsalarning millatimiz şaʼnini yerga urayotganlarini esa heç narsa bilan oqlab bölmaydi. Bu juda uyat va şarmandali holat.
Bilʼaks, ötmişda maʼnaviyatsizlik tufayli tamom inqirozga yuz tutgan davlatlar, yöqolib ketgan tillar, tarix sanasidan tuşib ketgan millatlar ham borki, bu voqealar bizni ogohlikka daʼvat etmasdan qolmaydi. Misol uçun, bir zamonlar Andalusiya – eng taraqqiy etgan davlat edi, Eron qoldi-yu, Turon nomi esa öçirib taşlandi. Aççiq haqiqat! Birovlarga hamon yoqmaydigan gaplar! Na iloj, bugungi imkoniyatlardan foydalanib, ortimizga bir qarab qöyişga majburmiz. Çunonçi Xitoyga borib, uning içki va taşqi siyosati, iqtisodi va harbiy sohasida faoliyat yuritgan yurtdoş ajdodlarimiz juda köp. M.Azimov, A.Xöjayev, S.Tursunov, Q.Raşidov singari ijodkor va tarixçilarimiz ular haqida baʼzi qiziqarli manbalarni eʼlon qilişgan. Bizningça, ularni xulosalari ham tadqiqotçi Ş.Madayevaning fikrlariga mosdir, bilʼaks, “Xitoy milliy qadriyatlari, milliy anʼanalari mamlakatning heç bir qismida, heç qaçon zamonaviy qadriyatlar bilan töliq almaştirilmagan”, yaʼni çetdan kirib kelgan har qanday ğoya va taʼlimot “xitoylaşib” ketgan va bu jarayonni haligaça kuzatiş mumkin.
Jumladan, ular buyuk ajdodlarimizning salohiyatidan öz manfaatlari uçun juda örinli foydalanişgan, hatto bir qator qiyin muammo, kamçiliklarni ham ularning yordami bilan hal etişgan.
Ana şunday yurtdoşlarimizdan biri termizlik budda avliyosi Dxarmamitra bölib, öquvçilarimizga bu maşhur vatandoşimiz haqida hali töliqroq maʼlumot ham berilgan emas.
Köhna Termiz milodiy I-VII asrlarda budda dini markaziga aylangan edi. V asrda Termizga kelgan Xitoy sayyohi Syuan Szan bu yerda 12 ibodatxona va 1000 ga yaqin mubod-rohib borligini yozib qoldirgan. Dxarmamitrani “Quyoş yoğdusi”, “Baroqqoş ustod” deya şaraflab, eʼzozda tutişgan. U ötkir aql sohibi, öziga juda talabçan, diniy rasm-rusumlarga qattiq rioya qiladigan, elu yurtning hurmatiga sazovor inson edi. Xitoy poytaxtidagi Siyuan-si ibodatxonasiga kelganda, Sun sulolasidan bölgan imperator Venʼdi rafiqasi – malika Yuan hamda taxt vorisi bölmiş şahzoda va boşqa aslzodalar uni Guygun saroyiga taklif etişib, budda diniga ötganliklariga şohid bölişni söraşgan. Boz ustiga, uni Xitoyda olib qolişib, ilmi va salohiyatidan yetarliça foydalanişgan. U Çan Szin, Çan fa yao, pu yan guan, Syuy kun szan kabi tafsir va şarhlarni Xitoy tiliga tarjima qilgan. Va buyuk xizmatlari evaziga budda dinining butun dunyo böyiça yetuk tarğibotçisi, “Dx-yandagi uluğ ustod” unvoniga muşarraf bölgan.
Şu örinda bir masala xususida jiddiy töxtalişga töğri keladi.
Bizning tarixçilar özga xalqlarning joy va şaxs hamda boşqa soha nomlarini öz şakliday yozişni talab etişadi. Xitoylarda bunday emas. Şu bois, Xitoy manbalari bilan işlaganda, juda ehtiyotkor bölmoq kerak. Ayniqsa, hali katta ilmga ega bölmagan maktab öquvçisi Xitoy manbalarini öqiganda, yurtimizga oid juda köp manbalarni töla özlaştirolmasligi aniq. Masalan, qadimda xitoyliklar Farğonani – “Sao davlati”, Samarqandni – “Kang”, Buxoroni – “An”, Toşkentni – “Şi” deb ataşgan. Farğonadan borib, öşa yerda yaşab qolgan hokim ajdodlarimiz – Sao Syaosyao, Sao Tuliçjini hamda samarqandlik Kang Fu, buxorolik An Xaozi, şoşlik Şi Şölödan, Şi Mopölarning asl ismlarini aniqlaş zarur deb öylayman! Bu işni Xitoy iyerogliflari böyiça maxsus mutaxassislar aniqlaşlari mumkin. Xuddi şuningdek, Muhammad ismli kişilarni “Ma” yoxud “Maxamu” deb talaffuz etişgan. Bunday misollar şunçalik köpki, ular katta bir tadqiqotni talab etadi. Va bu tadqiqotlarni, albatta, amalga oşiriş kerak, çunki endi maʼlum bölyaptiki, yevrotsentrizm, çinparastlik, “dengiz orti” gegemonçiligi va bugungi “ommaviy axloqsizlik” tarğibotlari bizga qimmatga tuşgan, tuşyapti. Dunyoga şunça köp taraqqiyot davrlarini, buyuk ixtirolar, yangiliklarni berganiga qaramay, keyingi bir yuzu ellik yil davomida xalqimizning buyuk ötmişini inkor etib, çalkaştirib, soxtalaştirib, ongi ostini faromuş etgan yovuz kuçlarga qarşi turiş uçun ham tariximizning asl haqiqatlarini yoşlarimizga köproq va töliqroq yetkazişimiz kerak. Aslini olganda ham, ana şu mavzunin özi vatanparvarman, degan yoş tadqiqotçilarimiz uçun eng muhim doktorlik işlaridan biri bölişi mumkin.
Endi ajdodlarimizning Xitoyga ketib qolişganlarining sabablari haqidagi fikrlarga oydinlik kiritadigan bölsak, aytiş kerakki, bu borada bir xillik közga taşlanmaydi, aksinça, ularning köplarini Xitoy imperatorlari taklif etişgan bölsa, ayrimlari sayyoh sifatida borib, ularning nazariga tuşgan, baʼzilari esa yurtning ğirrom kimsalari tufayli uzoqlarga, xususan, Çinga boş olib ketişga majbur bölişgan. Masalan, samarqandlik ikki aka-uka – Halim hamda Rahmon mahalliy din peşvolari bilan örtalarida nizo çiqib qolganda, ular bilan kelişolmay, Şarq tomonga qarab boş olib ketişgan va yaşaş uçun qulay joy qidirişib, oxiri sersuv, havosi möʼtadil, dehqonçilik uçun qulay bölgan Syunxua tumaniga yetib borişib, Jezi degan joyda töxtaşgan. Jezi bizning tilda “köça” maʼnosini berar ekan. Ularning ortidan yana 45 nafar kişi borgan va öşa yerlarda uy-joy qilib, örnaşib olişgan. Iloji bölsa, ana şu joylarga ekspeditsiyalar uyuştiriş lozim, çunki davlatçilikning boşida bunday işlarning amalga oşirilişi juda katta foyda keltiradi, çunonçi rus davlati biz tomonlarga, Sibir va Antartikaga aynan davlatçilikning ilk yillaridanoq köplab ekspeditsiyalar uyuştirgan edi.
Kezi kelganda aytiş lozimki, “Yuan” sulolasining maxfiy tarixi” (“Yuançao bişi”)da keltirilgan maʼlumotlarga köra, hammamiz yaxşi biladigan Mahmud Yalavoçni Çingizxon va uning avlodlari davlat işlariga jalb etişib, rejalarini amalga oşirişda undan örinli foydalanişgan edi. Albatta, öşa paytlarda elçini “yalavoç” deb atardilar. Xitoy manbalarida Maxama, Maxama Yalavaçi, Yalavaşi, Maxamu-Yalavaçi, deya atalgan ajdodimiz mohir elçi bölgani bois ham, “yalavoç” deya eʼzozlangan. Bu zot haqida yetarliça maʼlumotga ega bölganimiz bois, uning haqidagi qaytariqlarni takrorlab ötirmaymiz. Lekin Xitoyda faoliyat körsatgan yana bir qança yurtdoşlarimiz, xususan, Umar Kamoliddin va Mahmud Çjen haqidagi maʼlumotlardan albatta xabardor bölişingiz kerak, deb öylaymiz. Çunonçi Xitoy tarixçilari Yan Xueyçjun, Çjpn Xunglar ular töğrisida qoldirgan muhim manbalari biz uçun juda qimmatbaho hisoblanadi.
Çjan Xung yozadiki, Xitoyning Yunnan hududi muammolar sirtmoğiga tuşgan notinç ölka edi, Umar Kamoliddin ana şu ölkaga hokim etib tayinlanadi. Bu hududni faqat şu inson rivojlantira olişiga töla işonişadi. Bir kuni xitoy dehqonlari bilan suhbatlaşgan Umar Kamoliddin:
— Agar biz sizlarga muşkulingizni oson etib, yer haydaş uçun kerakli jihozlarni hamda ekin uçun uruğ ham bersak, 15 gektardan qança hosil olişingiz mumkin? – deb söraydi.
Dehqonlar:
— 120 kg.dan hosil olişimiz mumkin! – deya javob qilişadi.
Umar Kamoliddin:
— Unda bizga qança soliq tölaysizlar? – deya ularning fikri bilan qiziqadi.
Dehqonlar bu safar:
— Hosilning yarmini topşiramiz! – deydilar.
— Unda sizlar qiynalib qolasizlar! – deydi Umar Kamoliddin. – Bizdan olgan mollaringiz nobud bölsa, örniga mol sotib oliş, uskunalarni taʼmirlaş lozim böladi, buni hisobga oldinglarmi?
Dehqonlar yana katta vaʼda berib yuborişadi:
— Unda hosilning uçdan bir qismini topşiramiz!
— Yöq, bu ham köp! Agar şu hajmda soliq tölab borsangizlar va bu anʼanaga aylansa, kelajakda bolalaringiz va avlodlaringiz qiynalib qolişadi, natijada, hukumatga qarşi çiqişlari mumkin! – deydi Umar Kamoliddin.
Dehqonlar undan mamnun bölişib:
— Hukumatga qança soliq tölasak, adolatli böladi? – deb söraşadi.
Umar Kamoliddin:
— Biz sizlardan hosilning 10 dan bir qismini olamiz. Xohlasangizlar, don yoki pul bilan soliq tölaşingiz mumkin! – deya fikr bildiradi.
Xitoy dehqonlari hozirgi kungaça ham bu haqda mamnun gapirib yurişar ekan.
Xöş, biz nima uçun bu voqeani birinçi örinda keltirdik, vaholanki, yurtdoşimizning tuğilganidan, yaʼni tarjimai holini batafsil keltirib, söng şunday ibratli işlari xususida söz yuritişimiz kerak edi. Aslida esa uning tarjimai holi emas, balki bugungi kunimiz uçun biz namuna oladigan faoliyati muhimdir. Zero, Umar Kamoliddinning bitta şu siyosati bilan butun Yunnan ölkasi gullab, rivojlanib, taraqqiy etgan zaminga aylangan edi.
Ana endi mazkur yurtdoşimiz haqida aytadigan bölsak, u 1211 yilda Buxoroi şarifda tuğilgan edi. Otasi Kamoliddin Sayyid, xitoylar uni Gumalding-Saydyançi, deb ataşgan. Onasi Bibixonim (Bibuyxa) – dono va mehribon ayol bölgan. 1219 yilda Çingizxon Buxoroi şarifni bosib olgaç, Umarning buvasi Sayyid Şamsiddin xalqni qirğindan saqlab qolgan. Otasi Umar Kamoliddin esa yollanma sifatida harbiy xizmatga jalb etilgan.
Umar Kamoliddin noyob qobiliyatli, juda ilmdor, zukko inson edi. Turkiston tamom zabt etilgaç, uni Xitoyga olib ketişadi. Bu yerda u turli sohalarda faoliyat yuritgan va ularni örganar ekanmiz, hayratimiz tobora oşib bordi.
Masalan, Umar Kamoliddin – eng yaxşi hokim.
Öqtoyxon davrida u Içki Mongoliya viloyatlari hokimi etib tayinlangan edi.
Munkexon taxtga ötirgan paytda, Xitoyning juda katta hududiga egalik qila boşlaydi. Ammo bu hududda idora işlari hali yölga qöyilmagan edi. Mazkur işni aynan Umar Kamoliddinga topşiradi. Zimmasiga yuklangan vazifani bajariş jarayonida Umar Kamoliddin davlat qurilişi işlarida yuksak iqtidor egasi ekanligini namoyon etadi. Şu bois, u Pekin hokimi etib tayinlanadi.
Yana bitta jihati – Umar Kamoliddin – mohir taʼminotçi.
1258 yilda Munkexon Xitoyning janubiy viloyatlarini zabt etişga kirişadi va qöşinning taʼminot vazifasini Umar Kamoliddinga işonib topşiradi. Ana şu yerda yurtdoşimizning salohiyati yorqin közga taşlanadi. Xususan, u bu muhim işda “birorta kamçilikka ham yöl qöymagan” va doimo olqişlarga sazovor bölgan.
Umar Kamoliddin – mohir moliyaçi.
U mamlakat pul birligini taʼminladi va inflyatsiyani jilovlay bildi. Uzoq davr mobaynida pulning qadrsizlanişiga yöl qöymadi.
Çingizxonning nevarasi Hubilay esa Xitoyni ön viloyatga bölib, uning muhim qismi bölgan Pekin viloyatini harbiy va maʼmuriy jihatdan boşqarişni Umar Kamoliddin zimmasiga yuklaydi. 1264 yilda esa uni öziga siyosiy maslahatçi etib tayinlaydi. Aslida esa bu lavozimni Xonning iqtidorli farzandi egallaşi kerak edi. Demak, yurtdoşimiz, turkistonlik Umar Kamoliddinning bu masʼuliyatli lavozimga tayinlanişi bizga bir neça jihatdan ibratlidir. Bu jihatlardan biri şuki, hatto möğullar ham “sen falonçining odami, falonçining dumi, falonçi xalq vakili” deya ularni siyosiy maydondan çetga uloqtirib taşlamagan.
Umar Kamoliddin – yirik gubernator.
1264 yilda u birdaniga ikki hududga – Şenşi, Siçuan ölkalariga gubernator etib tayinlanadi va bu vazifada ham 9 yil xizmat qilib, Hubiylayning işonçini oqlaydi: eng muhimi, u xalqni özidan rozi qiladi, yaʼni ikkala hududni ham boğu-roğlarga aylantiradi, maktablar oçadi, ariqlar qazdirib, daştu biyobonlarga ham suv olib keladi, hatto baland toğlar orasida yaşaydigan aholiga qulaylik yaratiş uçun jarliklar uzra osma köpriklar qurib, uzoq yöllarni yaqin qiladi. Uning bu işlaridan mahalliy aholi behad minnatdor bölib, nomini hurmat bilan tilga olişib, özini eʼzozlaşadi.
Yuqorida aytganimizdek, 1267 yillarda Janubiy Xitoydagi Yunnan ölkasida notinçlik hukm sura boşlaydi. Ölkaning kiçik xoni etib tayinlangan Xugeçi, yaʼni Hubilay xonning beşinçi farzandi siyosiy kuraşlarning qurboniga aylanadi. Xullas, Yunnan xon uçun juda katta boş oğriq masala bölib qoladi. Noiloj qolgan Hubilay yana Umar Kamoliddinni huzuriga çorlab, vaziyatni tuşuntirib, undan yordam söraydi.
Ana şu örinda Umar Kamoliddinning usta diplomat ekanligi ham öz tasdiğini topadi.
1247 yilda u hokim sifatida Yunnan ölkasiga keladi. Xuş, u bu yerda qanday yöl tutdi? Biz undan nimalarni örganişimiz mumkin? Odatda, öquvsiz kimsa bir viloyatga boş bölib qolsa, işni nimadan boşlaşni bilmay, har şoxga yurğalay boşlaydi va kulguga qoladi. Bu salbiy holatni biz hozir ham ayrim nönoq amaldorlar misolida körib, bilib turibmiz, xalq esa ulardan rozi emas. Demak, Umar Kamoliddin qanday yöl tutdiki, bu ölka xalqi unga itoatda böldi, degan savol yana oldimizda köndalang böladi. Birinçi galda, u ölkani yaxşi biladigan aqlli kişilarni atrofiga töplab, ularning fikrlarini bosiqlik bilan eşitdi, ikkinçidan, ölka hududlarini, ularning şart-şaroitlarini, xalq anʼanalari va urf-odatlarini, harbiy jihatlarini çuqur örganib çiqdi va söngra harbiy yöl xaritasini tuzdi. Qayerda istehkom quriş, qayerda qöşinni joylaş masalalarini ham teran hal etdi. Lekin u aholi bilan tinçlik borasida muzokaraga kirişdi. Baʼzi mulozimlari: “Nima uçun bu itoatsizlarga bunçalik rahmdillik qilyapsiz?” deb söraşganda, u: “Hoqon meni odam öldirişga emas, xalqni itoat etişga yuborgan. Qon tökiş yöli bilan xalq itoat qildirilsa, bizdan yuz ögirişi mumkin”, deya javob qiladi va bu fikri bilan davlat uçun asosiy najotkor xalqning özi ekanligini isbot etadi.
Umar Kamoliddin – kambağalparvar inson.
Maşhur ajdodimizning olis tarix qöynidan eşitilayotgan sözlari neçun biz uçun saboq bölmasligi kerak?! Çunonçi Umar Kamoliddin kelgunga qadar Yunnan ölkasida tuzukroq maktab ham yöq edi, 1278 yilda u ilk bor Şançan viloyatidagi Uxuaşan toğ qöynida faqat maktab qurib berdigina emas, öquv dargohiga ikki gektar yer ajratib, uni xarajatlari uçun ham imkoniyat yaratdi. Bir qança joylarda şifoxonalar, dorixonalar qurdi, kambağallarni bepul davolaşni yölga qöydi, hatto ularni bepul dori-darmon bilan taʼminlaşni joriy etdi.
Yana eng muhim jihati, Yunnanda ilk bora Rasadxona barpo etdi. “Konfutsiy ibodatxonasi”ni ham qayta qurdi. Ana şu buyuk işlari tufayli Yunnanda ilm-fan rivojlandi, falakşunoslik, qonunşunoslik va tibbiyot taraqqiy etdi, şuningdek, savdo, hunarmandçilikka eʼtibor qaratdi, yöllar, karvonsaroylar qurişga katta ahamiyat berdi. Islom dinini tarğib etişga ham eʼtibor qaratib, adolatli tadbirlar qölladi, çunonçi u masjid qurmoqçi bölgan inson avvalambor, maktab qurmoği lozim, degan ğoyani ilgari surdi va özi ham şu qoidaga amal qildi.
Yurtdoşimiz, uluğ ajdodimiz Umar Kamoliddin 1279 yilda 69 yoşida vafot etdi. Xalq uni izzat-hurmat bilan dafn etdi. Mangu qönim topgan manzili esa ziyoratgohga aylandi.
Uning Nasriddin va Husayn degan öğillari, avlod va köplab zurriyodlari ham Xitoy davlatiga baholi qudrat xizmat qilişdi. Va umuman olganda, bu katta tarix, birgina maqolada ularning amalga oşirgan ulkan işlarini töla körsatişning iloji yöq. Lozim bölsa, keyingi maqolalarda ular haqida alohida töxtalib ötamiz. Ayni paytda esa biz sizlarga yana bir buyuk yurtdoşimiz, Xitoy davlati tarixida katta iz qoldirgan Mahmud Çjen haqida hikoya qilmoqçimiz, zero, bunisi yanada qiziq, yanada hayratlanarlidir.
Mahmud Çjen hozirgi Xitoy Xalq Respublikasining Yunnan ölkasidagi Kunʼyang viloyatida tuğilgan. Ota-bobolarining bari “hoji” bölişganligi bois, ularni “xojamlar” deb ataşgan. Otasini xitoyliklar Milijin, Ma deb çaqirişgan. Maʼlumki, xitoy iyeroglifida Ma şarifini yoziş uçun buyuk ot iyeroglifidan foydalanişadi. Mahmud, Muhammad, Mansur singari musulmonlar ham “Ma” deb ataladi. Şu bois, otasining ismi Muhammad bölgani aniq. 1381 yilda 39 yoşida vafot etgan. Bu paytda Mahmud 12 yoşda edi.
Onasi Venlar avlodidan edi. Oilada oltita farzand bölib, ulardan ikki nafari öğil farzandlardan edi. Mahmudning akasini Venmin, deb ataşgan.
Dastlab Mahmudga Pekin hokimi Çju Li eʼtibor qaratadi. Bir tomondan, alpomişsimon kelbati, serğayrat, farosatli, ötkir zehni va kuçli irodaga ega ekanligi, ikkinçi tomondan, ota-bobolarining Xitoy davlati uçun sadoqat bilan xizmat qilganliklari ham hokim janoblarining nazaridan çetda qolmagan edi. Va xuddi öylaganidek, yoş Mahmud uning hokimiyat uçun olib borgan kuraşlarida juda katta yordam körsatadi. Nihoyat, uzoq kuraşlardan söng Çju Li hokimiyat tepasiga keladi. Va özini ÇENGZU (1404-1424) deb ataydi. 1404 yilning boşida öziga yordam körsatgan barçani mukofotlaydi. Mahmudga öz qöli bilan iyeroglifda “Çjeng”, yaʼni “eng hurmatli”, “olijanob” sözini bitib, unga şu yuksak unvonni beradi. Şu tariqa u Mahmud Çjen nomi bilan tarixga kiradi.
Buyuk vatandoşimiz Mahmud Çjen haqidagi Xitoy manbalarida aytilişiça, Çju Li hokimiyat uçun kuraşayotgan kunlarda Mahmud Çjen jangovar harbiy kemalarni boşqarişda juda uddaburon va qobiliyatli ekanligini namoyon etgan. Şu bois, davlat işlariga kirişgan Çju Li uni Xitoy harbiy flotining qömondoni etib tayinlaydi va unga dastlab 67 ta, söngra 249 harbiy kemalarini işonib topşiradi.
Uning dastlabki dengiz safari 1405-1407 yillarda amalga oşiriladi. 63 ta kemada 27 ming kişi bilan yölga çiqqan Mahmud Çjen Indoneziya orollariga yetib boradi. Kemalarining uzunligi 59,5, eni esa 14,5 edi. 1409-1411 yillarda 250 ga yaqin harbiy kema bilan Hind yarim orolining ğarbiy qirğoqlarigaça, 1413-1415 yillarda Fors körfazidagi yirik savdo markazi Xormosgaça, 1416-1419 yillarda Afrika qitʼasining şarqiy qirğoqlarida joylaşgan davlatlargaça yetib boradi va zimmasiga yuklangan harbiy va savdo xizmatlarini aʼlo darajada bajarib, heç bir talafotsiz holda Xitoyga qaytib keladi. Şu bilan birga, u öz diniga bölgan eʼtiqodini ham örniga qöyadi. Çunonçi 1430-1432 yillarda 61 ta kemada qariyb 28 ming kişi bilan amalga oşirilgan rejasi “Makka safari” nomi bilan atalgan edi. Kemalar Saudiya Arabistoniga yaqinlaşganda, Mahmud Çjen kemalarda xizmatda bölgan bir qança musulmonlarni hajga yuboradi.
Mahmud Çjenning vafoti 1433 yilda deb aniq qayd etilgan. Bu paytda u 64 yoşda edi. Uni juda katta izzat-hurmat bilan Xitoyning Nankindagi qabristonga dafn etişgan. Va unga bölgan hurmat şu bilan tugagan emas. 1985 yilda Xitoyning buyuk dengiz elçisi, yuksak martabali saroy ayoni bölgan Mahmud Çjenning ilk dengiz safariga 580 yil tölişi munosabati bilan uning mangu qönim topgan manzili qayta taʼmirlanib, xotirasiga yuksak ehtirom körsatilgan edi.
Xalq taʼbiri bilan aytganda, bu xamir uçidan patir! Çunonçi Xitoy davlati rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk ajdodlarimizning har biri haqida alohida yozsak arziydi. Va ular haqida qayta-qayta yozişga maʼnan haqlimiz va bu eʼtiroflarimiz bugungi avlod qalbida yangiça ğurur, vatanparvarlik tuyğularini uyğota oladiki, bu jarayonni nazardan çetda qoldirmasligimiz kerak. Çindan ham, Xitoyda faoliyat yuritgan astronom va geograf olimlar Jamoliddin Buxoriy, Kamoliddin Buxoriy, Muhammad Buxoriy, Şayx Muhammad Kosoniy, Şayx Ali Imomaddin Buxoriy, yana bir yurtdoşimiz Ma Ju Çin – Yusuf ismli faylasuf olim hamda yana bir hokim Ahmad Fanokatiy haqidagi maʼlumotlarni örganiş va bu manbalarni xalqimizga yetkaziş uçun ularga jiddiy eʼtibor qaratiş lozim.
Maqolaga nuqta qöyişga oşiqayapman-u, ammo Umar Kamoliddin ajdodimizning xitoy dehqonlari bilan soliq oldi-berdisi haqidagi zukko tadbiri köz oldimdan ketmayapti. Bitta hokimning adolatli qarori butun boşli xalqni Vatanga bölgan mehrini oşirib yuboradi, aksida esa, bitta zulm yurtda katta nafratni vujudga kelişiga sabab böladi. Tarix nima uçun kerak, degan safsata sotayotgan kimsalarga ham bu yaxşigina saboq bölişi kerak deb öylayman. Bizdan keyin taraqqiy etgan Vatan qolsin, xalq bizdan rozi bölsin, degan yurtdoş borki, bunday tarixiy manbalardan saboq çiqara bilişi kerak.
Tölqin HAYIT,
Öz FA Temuriylar tarixi
davlat muzeyining
katta ilmiy xodimi
